Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotidagi nutqidan asosiy firklar:
📌 Besh yilda biznes uchun ajratilgan kredit portfeli qariyb 3 karra oshib, 450 trillion so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi;
📌 Yangi tadbirkorlar uchun “Biznes start”, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganlar uchun “Biznes lift”, yangi o‘sish bosqichiga o‘tayotganlar uchun “Biznes yuksalish” dasturlari joriy etiladi;
📌 Davlat aktivini sotib olishda avans 30 foizdan 15 foizga tushiriladi, olti oyda to‘liq to‘lov qilganlarga 25 foiz chegirma beriladi;
📌 ASKUE va ASKUG tizimiga ulangan, to‘lov intizomini buzmagan korxonalar uchun avans 15 foiz bo‘ladi;
📌 Tashqi bozorga chiqishning barcha bosqichlarida kompleks xizmat ko‘rsatadigan “eksport navigator” tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
📌 Iqtisodiyotni “soya”dan chiqarish tekshirish bilan emas, tadbirkorga yo‘l ko‘rsatib, to‘g‘ri ishlashga o‘rgatish orqali bo‘lishi kerak;
📌 Kichik biznesda inson sog‘lig‘i va boshqa tadbirkorlar manfaatiga zarar yetkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday tekshirish uchun uch yil muddatga moratoriy eʼlon qilinadi;
📌 Barcha turdagi jarimalar miqdori o‘rtacha 2 barobar kamaytiriladi;
📌 Kelasi yildan tadbirkor va davlat o‘rtasidagi nizolarda “Tadbirkorning haqlilik prezumpsiyasi” joriy etiladi;
📌 Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi “sukut – rozilik” tamoyiliga o‘tkaziladi;
📌 Tez orada 30 dan ziyod faoliyat turi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinadi, yana 35 tasini berish muddati 2-3 karra qisqaradi. 10 ta ruxsat xabardor qilish tartibiga o‘tkaziladi;
📌 Odamlarimiz hayotini yanada yaxshilash uchun yuqori iqtisodiy o‘sishni saqlab qolishimiz zarur.
Facebook|Instagram|X
Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤3
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26❤13👏2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob
🟢 Oliy ta’limga oid savollarga javob beramiz!
🟢 Qabul, imtihon, grant, kontrakt va talabalar hayotiga oid yangiliklardan doimo xabardor bo‘ling!
🔗 Termiz davlat universitetida tabaqalashtirilgan (super) to'lov-kontrakt MIQDORLARI (YUKLAB OLISH).
Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9❤5
TerDUda 2026/2027 o'quv yili qabuli bo'yicha o'tish ballari!
Termiz davlat universiteti bakalavriatining kunduzgi, kechki va masofaviy ta'lim shakllari bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari kesimida 2026/2027-o‘quv yili qabuli uchun o‘tish ballari bilan tanishing
Fayl ko'rinishida yuklab olish
✅ Call markaz raqami: 76 228 03 40
🏪 Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha
Telegram| Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Termiz davlat universiteti bakalavriatining kunduzgi, kechki va masofaviy ta'lim shakllari bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari kesimida 2026/2027-o‘quv yili qabuli uchun o‘tish ballari bilan tanishing
✅ O‘tish ballari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz rasmiy veb-saytidan olingan ma’lumotlar asosida shakllantirildi.
Fayl ko'rinishida yuklab olish
✅ Call markaz raqami: 76 228 03 40
🏪 Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha
Bizni kuzating
Telegram| Instagram | Facebook | You tube | Sayt
🔥19❤17👍6🤔2🎉2
#№53
#Himoya_2026
✅ DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti "Psixologiya" kafedrasi o'qituvchisi Abdullayeva Zuhra Ismoilovna Buxoro xalqaro universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda "Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya" ixtisosligidan “Iqtidorning shaxs muloqot uslubiga ta’sirining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
💫 Universitet jamoasi nomidan Zuhra Ismoilovnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, unga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!
Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
#Himoya_2026
Termiz davlat universiteti "Psixologiya" kafedrasi o'qituvchisi Abdullayeva Zuhra Ismoilovna Buxoro xalqaro universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda "Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya" ixtisosligidan “Iqtidorning shaxs muloqot uslubiga ta’sirining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍37❤21🎉4🔥2👏2
TerDU Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Bugun Termiz davlat universitetida rektor raisligida Universitet Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish oflayn va onlayn shaklda tashkil etildi.
Yig‘ilishda universitet faoliyatiga oid bir qator muhim masalalar muhokama qilindi.
🔹 2026/2027-o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan (super) kontrakt miqdorlari muhokama qilindi. Yangi o‘quv yilida abituriyentlarga yanada qulay imkoniyat yaratish maqsadida super kontrakt miqdorlari ishlab chiqilgani, bunda o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan kontrakt summasi kamaytirilgani ta’kidlandi.
Muhokamalardan so‘ng 2026/2027-o‘quv yili uchun belgilangan super kontrakt miqdorlari Kengash a’zolari tomonidan tasdiqlandi. Shuningdek, super kontrakt mablag‘larini ikki yilga bo‘lib to‘lash taklifi ham bir ovozdan ma’qullandi.
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PQ–110-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Tabiiy fanlar fakulteti tarkibidagi Ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi negizida “Barqaror rivojlanish” kafedrasini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilib, ma’qullandi.
🔹 2026/2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik, ta’lim sifatini oshirish, universitetning ilmiy salohiyatini yanada yuksaltirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ilmiy darajali kadrlarga ehtiyoj mavjud yo‘nalishlarga xorijiy professor-o‘qituvchilarni jalb etish va xalqaro akademik vakansiyalarni e’lon qilish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
🔹 Universitetda yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash ko‘lamini kengaytirish maqsadida oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida yangi ixtisosliklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasi ham ma’qullandi.
Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

👍17❤10🔥4👏1