TerDU rasmiy kanali
19.9K subscribers
32.2K photos
4K videos
1.04K files
14.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
TerDU rasmiy kanali
🏛 Ikkinchi va undan keyingi oliy ta'lim olish istagini bildirgan talabgorlar diqqatiga! Termiz davlat universiteti rektorining tegishli buyrug'iga muvofiq 2026/2027-o'quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish bo‘yicha barcha (Yurisprudensiya…
#2_OTM #yurisprudensiya #test_sinovi

🏛Yurisprudensiya bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta'lim olish istagini bildirgan talabgorlar diqqatiga!

Termiz davlat universitetida 2026/2027-o'quv yili uchun Yurisprudensiya bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish maqsadida ro'yxatdan o'tgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari test sinovi shaklida o‘tkazilishi belgilangan edi.

🟢 Mazkur test sinovi joriy yilning 25-avgust kuni soat 8:00 da Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan (Bilim va malakalarni baholash agentligining Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi binosida) o‘tkazilishini ma'lum qilamiz.

📍 Test sinovi o'tkaziladigan binoning joylashuv manzili

📍 Eslatma: Barcha talabgorlar imtihon (test sinovi) jarayonlariga o'z vaqtida (imtihon vaqtidan kamida 30 daqiqa avval) va shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) bilan kelishi lozim.

📞Murojaat uchun tel.:+998 95 978 55 95 (Jahonnur Javliyev)
Telegram orqali murojaat: @TerSU_2026
Murojaat vaqti: har kuni soat 8:00 dan 18:00 gacha.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14🔥3🤔2
#№54
#Himoya_2026

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

Termiz davlat universiteti "Psixologiya" kafedrasi o'qituvchisi Normoʻminova Dilafruz Erkinovna Buxoro xalqaro universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda "Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya" ixtisosligidan “Shaxs xavotirlanishi va agrеssivligining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari diagnostikasi” mavzusidagi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan Dilafruz Erkinovnani ushbu yutugʻi bilan qutlab, unga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
1👍41❤15👏9🎉4🔥2
🇺🇿🇰🇷 #xalqaro_hamkorlik

Keyingi manzil Janubiy Koreya!

Janubiy Koreyaning FORONE HR Research Institute tashkiloti Muhandislik bo‘limi rahbari, Youngsan va Inje universitetlari vakili Kong Jung Do universitetimizga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida Koreya tomonining tashabbusi bilan Janubiy Koreyaning ikki oliygohlari va Termiz davlat universiteti o‘rtasida "2+2" shaklda qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish taklifi bildirildi. Mazkur taklif yuzasidan tomonlar ta’lim yo‘nalishlarini belgilash, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda keyingi qadamlar bo‘yicha fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar tegishli hamkorlik hujjatlarini imzolash bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Bizni kuzating

Telegram| Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14❤51🎉31👍28🔥27👏2
Forwarded from Edu.uz
#rasmiy_xabar

⚡️Oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi


2026/2027-o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan boshlanadi.

Oliy ta’lim tashkilotlarida esa:

✅1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
✅2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤13🤔4🎉4👍3🫡2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❓Talabalar turar joyiga joylashish uchun onlayn ariza qanday yuboriladi?

Ariza topshirish tartibi:⬇️

✅️my.gov.uz portal orqali ariza yuborish
✅️Yotoqxonaga navbatni tekshirish

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍5
#kun_hikmati

“Odamning haqiqiy kuchi uning qiyinchilik oldidagi munosabatida namoyon bo‘ladi."


😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
✏️ Viktor Frankl
Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8🔥7👏3
#№55
#Himoya_2026

✅DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

🟢Termiz davlat universiteti "Algebra va geometriya" kafedrasi katta o'qituvchisi Aytuvganov Urol Xudayqulovich Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda "Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika)" ixtisosligidan “Matematika o‘qitish metodikasi fanini o‘qitish jarayonida talabalar ijodiy fikrlashini rivojlantirish metodikasi (geometrik materiallar misolida) ” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

✨Universitet jamoasi nomidan Urol Xudayqulovichni ushbu yutugʻi bilan qutlab, unga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍75❤7🔥5👏3🤔2🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🟢“TECHNO DRIVE - 2026” MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍3
🎙 E’lon: “Tajribaga qadam” – ijtimoiy himoya sohasida stajirovka imkoniyati.

2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarining “Ijtimoiy ish”, “Sotsiologiya”, “Psixologiya” va “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishlari bakalavriat bosqichining so‘nggi ikki kursida hamda magistratura mutaxassisligida tahsil olayotgan talabalarni Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimida stajirovka o‘tash uchun navbatdagi tanlovga arizalar qabuli boshlandi.

❗️ Stajirovka dasturining asosiy maqsadi – talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, kasbiy ko‘nikma va kompetensiyalarini rivojlantirish, ularni kasbiy faoliyatga yo‘naltirish hamda Agentlik uchun istiqbolli va malakali kadrlar zaxirasini shakllantirishdan iborat.

❗️ Tanlovda ishtirok etish shartlari:
oliy taʼlim tashkilotlarining “Ijtimoiy ish”, “Sotsiologiya”, “Psixologiya” va “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishlari bakalavriat bosqichining so‘nggi ikki kursi hamda magistratura mutaxassisligi talabasi boʻlish;
so‘nggi o‘quv yili yakuniga ko‘ra reyting ko‘rsatkichi kamida 71 foiz bo‘lishi;
Eslatma: chet tili bilish darajasi haqidagi sertifikatga ega boʻlgan talabgorlarga ustunlik beriladi.


❗️ Ariza topshirish tartibi va muddati:
tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan talabalar 2026-yil 15-sentabrga qadar Agentlikning https://internship.ihma.uz maxsus platformasi orqali ariza topshirishlari mumkin.

❗️ Tanlov ikki bosqichdan iborat bo‘ladi:
arizalarni qabul qilish va saralash;
mutaxassislikka oid yakka tartibdagi suhbat (intervyu)da ishtirok etish.

❗️ Tanlov gʻoliblariga taqdim etiladigan imkoniyatlar:
Agentlik tizimidagi tashkilotlarda stajirovka o‘tash;
amaliy faoliyat jarayonida kasbiy bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni rivojlantirish;
stajirovkani muvaffaqiyatli yakunlagan taqdirda tegishli sertifikatga ega bo‘lish;
stajirovka natijalariga ko‘ra Agentlik tizimida ish faoliyatini boshlash imkoniyatiga ega bo‘lish.

↗️ Kelajagingiz sari birinchi qadamingizni tashlang!

📝 Ariza topshirish yo'riqnomasi quyidagi havola orqali.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21
#5_yil_ish_stajiga_ega #suhbat

🏛 Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga еgа
bo‘lgan fuqarolar diqqatiga!!!


🟢2026/2027-o‘quv yili uchun Termiz davlat universitetining kechki ta’lim shaklida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga еgа bo‘lgan fuqarolar uchun suhbatlar joriy yilning 24-avgust kuni soat 9:00 da universitet qabul komissiyasi (Axborot texnologiyalari fakulteti) binosida o‘tkazilishini ma'lum qilamiz.

👤 Talobgorlar ro'yxati

📍 Binoning joylashuv manzili

🌟 Eslatma: Barcha talabgorlar suhbat jarayonlariga o'z vaqtida, shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) va tavsiyanomaning asl nusxasini olib kelishi lozim.

📞 Murojaat uchun tel.:+998 95 978 55 95 (Jahonnur Javliyev)
✈️ Telegram orqali murojaat: @TerSU_2026
⏲️ Murojaat vaqti: har kuni soat 8:00 dan 18:00 gacha.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤9🔥7👍1
🏛TerDUda ilmiy-ma’rifiy uchrashuv

🟢Bugun Surxondaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda Termiz shahridagi maktab o‘qituvchilari Termiz davlat universitetiga tashrif buyurdilar.

🟢Mehmonlar TerDU Ilmiy tadqiqot markazidagi ilmiy izlanishlar, loyihalar, zamonaviy laboratoriya jihozlari va istiqboldagi yo‘nalishlar bilan yaqindan tanishdilar.

🟢Ishtirokchilarida TerDUda amalga oshirilayotgan ulkan o‘zgarishlar, yaratilayotgan zamonaviy sharoit va ilmiy salohiyat katta taassurot qoldirdi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11❤7
🟢QIZLARIMIZ ICHKI ISHLAR VAZIRI KUBOGI SARI DADIL ODIMLAMOQDA

🟢Termiz shahri mezbonligida o‘tayotgan “Besh tashabbus Olimpiadasi doirasidagi qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha Respublika final bosqichi ayni damda qizg‘in va murosasiz bahslarga boy kechmoqda.

🟢O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri kubogi uchun kechayotgan nufuzli musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan tashrif buyurgan jamoalar o‘zaro kuch sinashmoqda.

🏛5 kunlik musobaqa bahslari “Surxon Arena”, Termiz davlat universitetining voleybol sport zali hamda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga qarashli sport majmualarida tashkil etildi.

🟢Bugunga qadar asosan Termiz davlat universiteti talabalaridan tashkil topgan voleybolchi qizlarimiz ham munosib ishtirok etib, zafarli odimlarini davom ettirmoqda.

🟢Kuchli zarbalar, keskin vaziyatlar va murosasiz bahslar tobora avjiga chiqmoqda!

🟢Endi barcha nigohlar — kubok sari dadil odimlayotgan qizlarimizda!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍5👏2