TerDU rasmiy kanali
19.9K subscribers
32.2K photos
4K videos
1.04K files
14.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
#Chellenj
#YagonaVatanYagonaXalq
#Mustaqillik35

🟢YAXSHILIK ZANJIRI DAVOM ETMOQDA!

Bir ezgu niyat — bir quvonch.
Bir e’tibor — bir umid.
Bir yaxshilik esa — yana bir yaxshilikka sabab bo‘ladi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyatida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida davom etayotgan ezgulik va mehr-oqibat chellenjiga Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari ham o‘z hissasini qo‘shmoqda.

🟢Bu galgi ezgu tashabbus doirasida Termiz shahridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga maktab sumkalari va zarur o‘quv qurollari topshirildi.

🟢Balki biz uchun oddiygina maktab sumkasi bo‘lib ko‘ringandir. Ammo bir bola uchun u — yangi o‘quv yilidagi katta quvonch, yangi orzular va kelajakka tashlangan yana bir qadamdir.

🟢Eng muhimi, bu faqatgina sovg‘a ulashish emas. Bu — “Siz yolg‘iz emassiz!” degan e’tibor, mehr va dalda ifodasidir.

🟢Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Hamidovich Toshqulov boshchiligida universitet jamoasi tomonidan boshlangan va qo‘llab-quvvatlanayotgan bunday ezgu tashabbuslar bundan buyon ham izchil davom etadi. Chunki yaxshilikning chegarasi yo‘q.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤9🔥2🫡2
Forwarded from Edu.uz
#Magistratura2026 #Tahrirlash

⚡️26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin


✅2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlari magistraturasiga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalari koʻrib chiqildi.


▪️Koʻrib chiqish natijasida ayrim arizalar turli sabablar, jumladan, tanlangan mutaxassislik bitiruvchining taʼlim yoʻnalishi boʻyicha mos yoki turdosh emasligi, xorijiy tilni bilish boʻyicha sertifikat, shuningdek, SAT sertifikati tasdiqlanmagan yoki belgilangan darajada boʻlmagan, soʻralgan hujjat oʻrniga boshqa hujjat yuklangan yoki toʻliq yuklanmagan, xorijiy tildagi ta’lim dasturini yakunlaganligi tasdiqlanmagan, hujjatlar sifatsizligi hamda boshqa sabablarga koʻra rad etilgan.

❇️Shuni inobatga olib, arizasi yuqoridagi kabi kamchiliklar sababli rad etilgan talabgorlarga 2026-yil 26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar my.edu.uz elektron tizimi orqali arizalarini qayta tahrirlash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyati beriladi.

❗️ E’tibor bering: 26-avgust kuni soat 14:00 dan so‘ng arizalarni tahrirlash imkoniyati berilmaydi. Aniqlangan kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

☝️Muhim eslatma!

❌Xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha talab etilgan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega emasligi yoxud mavjud sertifikat talab darajasiga javob bermaganligi sababli rad etilgan arizalarni qayta tahrirlash tavsiya etilmaydi.

🚫Bunday holatda qayta tahrirlangan arizalar ham ko‘rib chiqilmaydi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Yagona Vatan, yagona xalq — yangi hayot va buyuk kelajak sari!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida TerDU professori bilan istiqlolimiz, bugunimiz va porloq kelajagimiz haqida samimiy suhbat.

⏰ Bugun soat 20:00
📹 To‘liq suhbat havolasi: https://youtu.be/3lVK7KO6yAg

Bizni kuzating

Telegram| Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥18❤6👍1
#kun_hikmati

“Hech kim kelib hayotingni o‘zgartirib bermaydi. Bu vazifa o‘zingniki."


😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
✏️ Stiv Jobs
Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20❤9🔥1
🏛QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIGA QABUL MUDDATI UZAYTIRILDI

🟢Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning qo‘shma ta’lim dasturlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari muhokama qilindi.

🟢Yig‘ilishda universitetning xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori G‘. Tog‘ayev tomonidan qo‘shma ta’lim dasturlariga hujjat topshirish ko‘rsatkichlari, mavjud kvotalar hamda ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi ayni holati yuzasidan tahliliy ma’lumotlar taqdim etildi.

🟢Muhokamalar davomida aksariyat ta’lim yo‘nalishlariga talab yuqori ekani, ayrim yo‘nalishlarda esa abituriyentlarga hujjat topshirish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratish zarurligi qayd etildi.

🟢Shu munosabat bilan, abituriyentlarning murojaatlari va mavjud talabni inobatga olgan holda, universitet rektorining tegishli ko‘rsatmasi va topshirig‘iga asosan, Termiz davlat universitetining qo‘shma ta’lim dasturlariga hujjat qabul qilish muddati 2026-yil 5-sentabrga qadar uzaytirildi.

🟢Qo‘shma ta’lim dasturlarida tahsil olish istagida bo‘lgan abituriyentlarni yaratilgan ushbu qo‘shimcha imkoniyatdan foydalanib, belgilangan muddatga qadar hujjatlarini topshirishga taklif etamiz.

❗️Hujjat topshirishning so‘nggi muddati: 5-sentabr, 2026-yil.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔18👍14❤7
#qabul_2026

❓SAVOLLARINGIZ BORMI? TerDU "Maslahat markazi" (CALL-CENTER) SIZGA KO'MAKLASHADI!

🟢Abituriyentlar va ularning ota-onalari (yaqin qarindoshlari) diqqatiga!

Termiz davlat universitetida 2026/2027-oʻquv yili qabul jarayonlari boʻyicha oʻzingizni qiziqtirgan barcha savollarga tezkor, aniq va ishonchli javob olishingiz uchun "Maslahat markazi" (Call-center) oʻz faoliyatini olib bormoqda.

✅Hujjat topshirish, ta'lim yoʻnalishlar, mutaxassisliklar, qabul qoidalari hamda tabaqalashtirilgan va super kontraktlar boʻyicha mutaxassislarimiz sizga toʻgʻri yoʻl koʻrsatishga tayyor!

📞Murojaat uchun (asosiy raqam):
👉 +998 (76) 228-03-40


Qoʻshimcha bogʻlanish uchun:
👤Nazarov Bekzod: +998 (93) 638-06-72
👤Qurbonov Furqat: +998 (90) 168-45-16
👤Toshmurodov Farrux: +998 (90) 521-11-17
👤 Qurbonov Asliddin: +998 (90) 417-67-06
👤 Qo‘shayev Qo‘shahakim: +998 (91) 579-19-26

⏰ Ish tartibi va vaqti:
Ish vaqti: 08:00 dan 17:00 gacha
Tushlik vaqti: 13:00 — 14:00
Dam olish kuni: Yakshanba


🏛Sizning kelajagingiz — bizning maqsadimiz. Qoʻngʻiroq qiling va oʻz yechimingizni toping!

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤21👍8🔥6
🏛2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul suhbatlari o‘tkazildi

🟢Termiz davlat universitetida 2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari doirasida 10 ta ixtisoslik bo‘yicha suhbatlar tashkil etildi.

🟢Suhbatlar tegishli sohalar bo‘yicha malakali mutaxassislardan iborat qabul komissiyalari tomonidan o‘tkazildi.

📊 Bugungi kunga qadar daraja.ilmiy.uz axborot tizimi orqali jami 134 ta ariza ko‘rib chiqildi. Shundan:
🟢40 nafar talabgor suhbat bosqichiga o‘tkazildi;
🟢suhbatlar 10 ta ixtisoslik bo‘yicha tashkil etildi.

🟢Suhbat jarayonlarida talabgorlarning ilmiy salohiyati, tanlangan tadqiqot yo‘nalishi bo‘yicha tayyorgarligi hamda ilmiy izlanish olib borish imkoniyatlari soha mutaxassislari tomonidan baholandi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17❤9🔥2
🏛TerDU tarixida muhim ilmiy voqea!

🇺🇿🇩🇪Myunster universiteti doktoranti PhD dissertatsiyasini Termiz davlat universitetida muvaffaqiyatli himoya qildi

Termiz davlat universiteti Roman-german tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi Sanjar Islomov Germaniyaning nufuzli Myunster universitetida olib borgan doktorlik tadqiqotini muvaffaqiyatli himoya qilib, Dr. phil. (Doctor philosophiae) ilmiy darajasiga sazovor bo‘ldi.
Dissertatsiya “Madaniyatlararo narratologiyaga empirik yondashuvlar: nemis va o‘zbek narrativlarining qiyosiy tahlili” mavzusiga bag‘ishlangan.

➡️Mazkur himoya Termiz davlat universiteti uchun alohida ahamiyatga ega. Ilk bor xorijiy oliy ta’lim muassasasining ilmiy rahbarlari — Myunster universiteti professori Silvia Royvekamp va Vuppertal universiteti professori Matias Martines Termiz davlat universitetiga tashrif buyurib, doktorlik dissertatsiyasi himoyasida bevosita ishtirok etdilar.

📊 Ma’lumot uchun: Myunster universiteti dunyoning nufuzli oliygohlaridan biri bo‘lib, 2026-yilgi xalqaro reytinglarda THE World University Rankings’da 195-o‘rin, QS World University Rankings’da 370-o‘rin, ARWU reytingida esa 151–200-o‘rinlar oralig‘idan joy olgan.

✨ Ushbu yutuq — Sanjar Islomovning shaxsiy muvaffaqiyati bilan bir qatorda, Termiz davlat universiteti va O‘zbekiston ilm-fani uchun ham katta faxr!

✨ Sanjar Ro‘ziqulovich Islomovni ushbu yuksak ilmiy yutuq bilan chin dildan muborakbod etamiz!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤48👍48🔥15👏4