TerDU rasmiy kanali
20K subscribers
31.9K photos
3.97K videos
1.04K files
14.3K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
🟢TerDUda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi

🟢Termiz davlat universitetida 1-bosqich talabalarining universitet muhitiga moslashuvini qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Tanishtiruv haftaligi” doirasida uchrashuv va muloqotlar davom etmoqda.

🟢Navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida universitetning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Obidjon Shofiyev Tabiiy fanlar fakultetining 1-bosqich talabalari bilan muloqot qildi.

🟢Uchrashuvda talabalik davrida sifatli bilim olish, mustaqil izlanish va oʻz ustida ishlash, universitetda yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, ichki tartib-qoidalarga rioya etish hamda jamoat ishlarida faol va tashabbuskor boʻlish xususida soʻz yuritildi.

🟢Shuningdek, talabalarga universitetdagi ilmiy va ijodiy toʻgaraklar, klublar, madaniy-maʼrifiy va sport loyihalari, yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan imkoniyatlar haqida maʼlumot berildi.

🟢Ochiq muloqot davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, taklif va fikrlarini bildirdilar.

🟢“Tanishtiruv haftaligi” doirasidagi bunday uchrashuvlar 1-bosqich talabalarining yangi muhitga tez moslashishi, universitet hayotida oʻz oʻrnini topishi va talabalikning ilk kunlaridanoq aniq maqsadlar bilan harakat qilishiga xizmat qiladi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👏7👍3🔥3🤔1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🟢Oʻzbekiston-Serbiya aloqalarida yangi bosqich

🟢Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Serbiyaga ilk rasmiy tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik va doʻstlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishi bilan tarixda qoladi.

🟢Ushbu tarixiy voqelik va uning strategik ahamiyati haqida Termiz davlat universiteti professori oʻz munosabatini bildirib oʻtdi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍17🔥5❤4
Xalqaro ta’lim hamkorligi kengaymoqda
 
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiyaning Belarus Respublikasi Ta’lim vaziri Andrey Ivanets bilan ham kengaytirilgan tarkibda uchrashuvi o‘tkazildi.
 
Unda Surxondaryodagi ta’lim muassasalari bilan Belarusning yetakchi ta’lim muassasalari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni kengaytirish, tajriba almashinuvi va kadrlar salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
 
Xususan, Termiz davlat universiteti bilan axborot texnologiyalari, pedagogika va rus tili yo‘nalishlari, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti bilan qishloq xo‘jaligi, agrotexnologiya va texnik yo‘nalishlarda qo‘shma dasturlar hamda professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, Surxondaryodagi "in vitro" laboratoriyalariga Belarus mutaxassislarini jalb qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
 
Muzokaralar natijasida Surxondaryo viloyati ta’lim muassasalari va Belarusning yetakchi ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
❤14👍12👏5
#xushxabar #35_yil_35_natija

🏛 XUSHXABAR! TERDU YANA YETAKCHI!

🟢Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan “Akademik harakatchanlik” dasturining 2026-yil 2-tanlovi natijalari e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, respublika bo‘yicha jami 65 nafar talabgor g‘olib deb topildi. Quvonarlisi, ularning 11 nafari Termiz davlat universiteti vakillari.

🟢Bu ko‘rsatkich ishtirok etgan oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot markazlari orasida eng yuqori natijalardan biri hisoblanadi. TerDU vakillari jami g‘oliblarning 17 foizini tashkil etmoqda.

💰 G‘olib loyihalarning umumiy qiymati 1 milliard so‘mga yaqin.

Bu natija universitetimizda ilm-fan va ilmiy izlanishlarga katta e’tibor berilayotganining yana bir yorqin isbotidir. Termiz davlat universiteti jamoasini ushbu quvonchli natija bilan muborakbod etamiz!

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍46❤29🔥14👏3🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#35_yil_35_natija

Akademik harakatchanlik dasturi — ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni amaliyotga tatbiq etish uchun muhim imkoniyat.


Dastur g‘olibi Xurshid Eshmurodov bilan uning ilmiy faoliyati va dastur doirasidagi imkoniyatlar haqida suhbatlashdik.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍39🔥11🤔2❤1
🇺🇿 HARBIY TAYYORGARLIK O‘QUV MARKAZIGA QABUL BOSHLANDI!

⭐️Termiz davlat universiteti 3-bosqich kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari uchun muhim imkoniyat!

🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-apreldagi PQ-140-son qaroriga muvofiq, Termiz davlat universitetida Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi tashkil etildi.

🟢Shu munosabat bilan 2026/2027-o‘quv yili uchun talabalarni Harbiy tayyorgarlik o‘quv markaziga qabul qilish jarayoni boshlandi. Mazkur markazga Surxondaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 3-bosqich talabalari belgilangan tartib va tanlov asosida saralab olinadi.

➡️Harbiy tayyorgarlik o‘quv markazida tahsil olishning afzalliklari:

🟢Harbiy unvon va guvohnoma
O‘quv markazini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga zaxiradagi leytenant harbiy unvoni beriladi hamda tegishli harbiy guvohnoma rasmiylashtiriladi.

🟢Harbiy xizmat uchun yangi imkoniyatlar
Kelgusida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidagi turli tuzilma va bo‘linmalarda shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tash imkoniyati yaratiladi.

🟢Kelajak uchun muhim imkoniyatlar
Qurolli Kuchlar tizimida faoliyat yuritgan harbiy xizmatchilar uchun davlat tomonidan belgilangan imtiyoz va kafolatlardan foydalanish imkoniyatlari mavjud.

🟢Kelajakda nafaqat malakali mutaxassis, balki Vatan himoyasi yo‘lida xizmat qilishga tayyor harbiy mutaxassis bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

😀Murojaat uchun:
+998 91 574 66 82  Kamol Abdijabborov

❗️Hurmatli 3-bosqich talabalari! Agar sizda harbiy sohaga qiziqish, yuqori jismoniy tayyorgarlik va Vatanga xizmat qilish istagi bo‘lsa — ushbu imkoniyat aynan siz uchun

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18❤13👏2
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Stipendiyalimi yoki stipendiyasiz?
Qay birini tanlashni bilmayapsizmi?

kontrakt.edu.uz platformasi orqali to‘lov shartnomasini yuklab olishda shoshilmang!

🖥 Tizim sizga ikkita variantni taklif etadi:
• stipendiyali;
• stipendiyasiz.

🎥 Qaysi birini tanlashda ikkilanayotgan bo‘lsangiz, videoni oxirigacha tomosha qiling.
🔗 kontrakt.edu.uz

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18👍2
#kun_hikmati

«Oldinga harakat qilishning siri — shunchaki gapirishni toʻxtatib, ishni boshlashdir.»


😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
Uolt Disney

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23❤16👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙 «SURXONDARYO» radiokanalining «Maxsus reportaj» eshittirishida ustozimiz, Termiz davlat universiteti Hududiy tadqiqotlar markazi bosh ilmiy xodimi Omonturdiyev Abdulaziz ishtirok etdilar.

➡️Eshittirishda Surxondaryodagi geografik obyektlar nomlarini davlat tili me’yorlariga muvofiqlashtirish masalalari haqida fikr yuritildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xushxabar
#Utara_universiteti_filiali

😀 ABITURIYENTLAR UCHUN YANA BIR IMKONIYAT!

Bunaqasi oldin bo'lmagan!

🔈 TerDU kampusida "Utara universiteti filiali" (Malayziya 🇲🇾)

🖥 - Axborot texnologiyalari ta'lim yo'nalishi;
📄 - IELTS 5 ball yoki B1 daraja, xorijiy til sertifikati mavjud bo'lmasa, imtihon topshirasiz;
📚 - 7 semestr ta'lim, 1 semestr amaliyot;
🔠 - darslar to'liq ingliz tilida;
📖 - zamonaviy fanlar xilma-xilligi;
✈️ - istalgan 1-2 semestrni Malayziyada o'qish imkoniyati (ixtiyoriy);
🔔 - xorijiy professorlar ishtirokida mashg'ulotlar;
🧑🏻‍💻- Xorij kompaniyalarida amaliyot va ishlash imkoniyatlari;
🎓- Top 500 oliygoh diplomi (O'zbekiston hududida nostrifikatsiya talab etilmaydi);

🌎 Bu oliygoh diplomi bilan sizga dunyo bo'ylab o'qishni davom ettirish va ishlash uchun imkoniyatlar eshigi ochiladi.


ℹ️ Malayziyaning Utara universiteti (UUM) mamlakatning shimolida Sintok shahrida joylashgan bo'lib, 1000 gektardan ortiq maydonni egallaydi. QS Osiyo universitetlari reytingida 65-o‘rin, THE reytingida 401-500 o‘rinni egallaydi. "Osiyoning Silikon vodiysi" deya nomlangan va yiliga milliardlab AQSh dollari aylanmasiga ega Penang orolidan uzoq bo'lmagan oliygoh dunyoning eng mashhur kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi. IT sohasi vakillari uchun esa bu ajoyib imkoniyat.

📹 Youtube platformasida oliygoh tanishtiruv videosi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤26👍8🔥6👏5🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryoning Belarus hududlari bilan hamkorligi chorvachilik, sanoat, qurilish va ta’lim sohalarida kengaymoqda

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👍13❤4👏4🔥1