TerDU rasmiy kanali
20K subscribers
31.9K photos
3.96K videos
1.04K files
14.2K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdik.

O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildik.

Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman.

—

Сегодня в Нью-Йорке началась 81-я сессия Генеральной Ассамблеи ООН. На её полях встретилась с Генеральным секретарём организации Антониу Гутерришем.

Обсудили все важнейшие направления, которые Узбекистан и ООН развивают вместе.

В это сложное для международной системы время благодарю господина Гутерриша за столь сильное глобальное лидерство и поддержку нашей страны во всех ключевых сферах безопасности.
🔥10👍4❤3🫡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅ TA’LIM SIFATI VA MAZMUNI — USTUVOR YO‘NALISH

🟢 Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va mazmuni xalqaro standartlar hamda zamonaviy mehnat bozori talablari asosida yangilanmoqda. Mazmunan yangilangan ta’lim dasturlari orqali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga ustuvor maqsad.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥20👍15❤7🎉5👏3
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SavolJavob

Pedagog xodimlar farzandlariga 30 foizlik kontrakt chegirmasi qanday qo‘llanadi❓


Chegirma kimlarga beriladi❓

Mazkur imtiyoz Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyul bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 3849-raqami qo‘shma qarorda belgilangan Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatidagi xodimlarning farzandlariga tatbiq etiladi.

Ma’muriy-boshqaruv, texnik va xo‘jalik xodimlari mazkur pedagogik lavozimlar ro‘yxatiga kirmaydi.

Chegirmadan qanday foydalaniladi❓

1️⃣ Talaba kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali to‘lov-kontrakt shartnomasini olish bo‘yicha ariza yuboradi.
2️⃣ Tizim orqali talabaning pedagog farzandi ekanligi elektron tarzda tekshiriladi va tasdiqlanadi.
3️⃣ Tasdiqlanganidan so‘ng 30 foizlik chegirma qo‘llaniladi.

Ariza 2 ish kun ichida ko‘rib chiqiladi va chegirma bir o‘quv yili davomida bir marotaba qo‘llaniladi.

Endi eng muhim savol: qancha to‘lanadi❓
Agar kontrakt summasi 100 foiz bo‘lsa:
30 foizi — chegirma;
70 foizi — talabaning to‘lovi.

Ya’ni talaba kontraktning to‘liq 100 foizini emas, faqat 70 foizini to‘laydi.

70 foizlik to‘lovni ikki xil usulda amalga oshirish mumkin:
1-usul — summani to‘liq to‘lash.
Talaba chegirmadan keyingi 70 foizlik summani bir martada to‘laydi.

2-usul — bo‘lib-bo‘lib to‘lash.
1-bosqich: 25 foiz
— 1-kursga tavsiya etilganlar uchun — 15-oktyabrgacha;
— 2-kurs va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 1-oktyabrgacha.

2-bosqich: yana 25 foiz — 1-yanvargacha.
Shunda jami to‘lov 50 foiz bo‘ladi.

3-bosqich: qolgan 20 foiz — 1-martgacha.

Shunda jami to‘lov 70 foizga yetadi.

Qolgan 30 foiz nima bo‘ladi❓

Kontrakt summasining chegirmaga to‘g‘ri keluvchi 30 foizlik qismi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 1-maygacha oliy ta’lim tashkilotiga qoplab beriladi.

Arizalar qachon topshiriladi❓

Hozirda kontrakt.edu.uz axborot tizimida vazirlik va idoralar o‘rtasida ota-onaning pedagogik faoliyatini avtomatik aniqlash bo‘yicha maʼlumotlar bazalarini tizimga integratsiya ishlari olib borilmoqda. Arizalarni qabul qilish imkoniyati tez kunlarda ishga tushiriladi. Ariza topshirish jarayoni boshlanganligi haqida qo‘shimcha e’lon beriladi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❤10🔥4👏3
❓ ANONIM SO‘ROVNOMA

🟢Hurmatli Termiz davlat universiteti jamoasi!

🟢O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan adliya organlari xodimlari o‘tkazayotgan o‘rganishlarning qonuniyligi va xolisligini baholash hamda korrupsion xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida maxsus anonim so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

🛡 So‘rovnoma to‘liq anonim bo‘lib, shaxsiy ma’lumotlar talab etilmaydi.

🔗 SO‘ROVNOMADA ISHTIROK ETISH UCHUN: https://forms.gle/WHUNsP2mdqzPy3ua7

👤 Sizning xolis fikringiz muhim!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👏3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟢ILM-FAN VA YANGI G‘OYALAR BIR MAYDONDA!

🟢 Termiz davlat universitetida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyadan yorqin lahzalar.

🟢Ilmiy muloqot, tajriba almashinuvi va xalqaro hamkorlik!

🟢Konferensiya jarayonlaridan videolavha.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍6🔥2🎉1
📢 DIQQAT! TANLOV!

🎓 Termiz davlat universiteti O‘zbek filologiyasi va jurnalistika fakulteti Mirzo Kenjabek ijodi va adabiy merosini targ‘ib qilish maqsadida 3 ta tanlov e’lon qiladi:

📝 1. Esse tanlovi
Mirzo Kenjabek hayoti va ijodiga bag‘ishlangan esselar qabul qilinadi.
📅 Muddat: 5-oktabr

🎬 2. Videoroliklar tanlovi
Shoir hayoti, ijodi, she’riyati va adabiy merosiga bag‘ishlangan videoroliklar qabul qilinadi.
📅 Muddat: 5-oktabr

📖 3. “Bahri bayt” tanlovi
Ishtirokchilar she’riyat bo‘yicha bilim, hozirjavoblik va ijodiy salohiyatlarini namoyon etadilar.
📅 Tanlov sanasi: 19-oktabr

✨ Barcha adabiyot va she’riyat ixlosmand talabalarni faol ishtirok etishga chorlaymiz!

📩 Murojaat uchun: Mahfuza Muxtorova
Telegram: @mahfuzamuxtorova

📌 Termiz davlat universiteti, O‘zbek filologiyasi va jurnalistika fakulteti
1❤12👍10🔥3
#kun_hikmati

“Vaqtni qadrlagan inson o‘z kelajagini qadrlaydi.”


😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
Benjamin Franklin

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤20👍5🔥3
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
BMT bosh qarorgohi Bosh Assambleyaning 81-sessiyasi doirasida 130 ga yaqin davlatdan kelgan delegatsiyalarga mezbonlik qilmoqda. Ular qatorida, jumladan, O‘zbekiston ham bor.

Mamlakatimiz delegatsiyasi umumiy munozaralar davomida qator davlat rahbarlarining nutqlarini tingladi.

—

Штаб-квартира ООН в рамках 81-й сессии Генеральной Aссамблеи принимает делегации почти 130 стран, включая Узбекистан.

Делегация нашей страны в ходе общих прений заслушала доклады ряда глав государств.
❤9🔥8👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎙 SO‘ZGA QANOT, FIKRGA MAYDON!

🟢O‘z fikrini ravon ifodalash, tinglovchini ishontirish va so‘z orqali ta’sir ko‘rsatish — bu haqiqiy notiqlik mahoratidir.

🟢O‘zbek filologiyasi va jurnalistika fakultetida yangi loyiha — NOTIQLIK KLUBI!

Klubimizda siz:
🟢 Omma oldida erkin va ishonchli so‘zlashni;
🟢Fikrlarni aniq, ravon va ta’sirchan ifodalashni;
🟢Badiiy hamda publitsistik matnlarni ifodali o‘qishni;
🟢 Bahs-munozaralarda o‘z fikringizni asoslashni;
🟢Nutq madaniyati va sahna mahoratini rivojlantirishni o‘rganasiz.

Notiqlik klubi — so‘zning kuchi, fikrning teranligi va mahoratning uyg‘unligi!
➡️ Murojaat uchun:@marjonaxon_olimjonovna
➡️ So‘zingizga ishonchingiz bo‘lsa, biz bilan birga bo‘ling!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍3🔥3