TerDU rasmiy kanali
20K subscribers
31.9K photos
3.96K videos
1.04K files
14.2K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
🟢Malakaviy amaliyot oldidan talabalarga muhim ko‘rsatmalar berildi.

🟢Sport faoliyati fakultetining futbol, voleybol, kurash, dyuzdo, yengil atletika yo‘nalishida tahsil olayotgan 93 nafar 4-kurs talabalari malakaviy amaliyotga chiqish oldidan ularga amaliyot jarayonlari bo‘yicha seminar tashkil etildi.

🟢Seminar universitet akademik faoliyat bo‘yicha prorektori O‘.Axmedov rahbarligida o‘tkazilib, unda malakaviy amaliyotni tashkil etilish tartibi, jumladan haq to‘lanadigan amaliyot bo‘yicha tartib-qoidalar, amaliyot davomida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar bo‘yicha ma’lumotlar berilib, amaliyot rahbarlariga, kafedra mudiri va fakultet dekaniga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

🟢Ma’lumot uchun: Malakaviy amaliyotga yuborilayotgan 93 nafar talabalarning 72 nafari (77%) haq to‘lanadigan amaliyot bo‘yicha shartnomalar asosida amaliyotga yo‘llanmoqda. Bu esa ushbu bitiruvchilarning amaliyot davrida qo‘shimcha stipendiya olishini va universitetni tamomlagandan so‘ng mazkur tashkilotda mehnat faoliyatini tashkil etish imkonini beradi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👏5🔥3
💡💡💡💡💡

“QALQON” JAMOATCHILIK GURUHI: YAKUNIY SUHBAT BOSQICHI YAKUNLANDI! 🇺🇿

📢 “Qalqon” jamoatchilik guruhiga a’zolik uchun saralash jarayonlarining navbatdagi bosqichi ham muvaffaqiyatli yakunlandi!

Talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamoat tartibini saqlashga ko‘maklashish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida faoliyat yurituvchi “Qalqon” jamoatchilik guruhi safiga qabul jarayonlari davomida bugun psixologik test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar bilan yakuniy suhbat o‘tkazildi.

🎓 Suhbatda 100 ga yaqin faol talabalar ishtirok etib, o‘zlarining bilimlari, dunyoqarashi va ruhiy tayyorgarliklarini sinovdan o‘tkazdilar.

📌 Keyingi bosqich:
Yakuniy suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar bilan mas’ullar tomonidan bog‘laniladi hamda ular “QALQON” jamoatchilik guruhi a’zoligiga taklif etiladi.

📲 Barcha ishtirokchilardan bog‘lanish ma’lumotlarini muntazam kuzatib borishlarini so‘raymiz.

✔️ “QALQON” jamoatchilik guruhi a’zoligiga qabul qilingan talabalar maxsus kiyim-bosh, “Qalqon” guvohnomasi hamda radioaloqa vositasi bilan ta’minlanadi.

🇺🇿 Yoshlar — yurt tayanchi!
🛡 Qalqon — tartib va xavfsizlik yo‘lida!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12🎉6👍3🔥3🤔1
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
АQSh Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Ben Blek bilan uchrashdik.

Muloqot davomida transport va sog‘liqni saqlash sohalarida amalga oshirilishi boshlangan yirik qo‘shma loyihalarni muhokama qildik.

O‘zbekiston DFC bilan hamkorlikni bundan keyin ham kengaytirib borishga tayyor.

—

Встретилась с главным исполнительным директором Корпорации международного финансового развития США (DFC) Беном Блэком.

Обсудили крупные совместные проекты в сфере транспорта и здравоохранения, реализация которых уже началась.

Узбекистан готов и дальше расширять сотрудничество с DFC.
❤12👏7🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿HARBIY TAYYORGARLIK — YUKSAK MAS’ULIYAT!

🟢Termiz davlat universiteti Harbiy tayyorgarlik o‘quv markaziga saralash jarayonining navbatdagi bosqichi — jismoniy tayyorgarlik sinovlari o‘tkazilmoqda.

🟢Nomzod talabalar sinovlarda o‘zlarining kuchi, chaqqonligi va chidamliligini namoyon etmoqda.
Har bir sinov — harbiy tayyorgarlik sari muhim qadam!


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👏9❤7🔥6👍5
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Google vitse-prezidenti Karan Bhatiya bilan uchrashuvda O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasini ishga tushirish masalasini muhokama qildik.

Biz so‘nggi yillarda shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash va raqamli to‘lovlar sohasidagi qonunchilikni takomillashtirdik. Buning natijasida O‘zbekistonda xalqaro to‘lov tizimlaridan erkin foydalanish uchun keng yo‘l ochilmoqda.

Kompaniya bilan juda ko‘p yo‘nalishda hamkorlik qilish imkoniyati bor. Oldimizda esa katta va muhim vazifalar turibdi.

—

На встрече с вице-президентом Google Караном Бхатией обсудили возможность запуска в Узбекистане монетизации YouTube.

В последние годы мы улучшили законодательство в сфере обработки персональных данных и цифровых платежей, благодаря чему в Узбекистане будут доступны международные платёжные системы.

Возможностей для партнёрства с компанией — огромное количество. Впереди много работы.
👍16❤5🔥2🫡1