TerDU rasmiy kanali
20.1K subscribers
31.8K photos
3.96K videos
1.04K files
14.2K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
🟢TerDUda PF-207-son Farmon ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazildi

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-207-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini o‘rganish maqsadida monitoring ishlari olib borildi.

Monitoring jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligi bosh mutaxassisi, Administratsiya ishchi guruhi a’zosi Ahmadxon Muhammadsaidovich Mahmudov tomonidan universitetda Farmon ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, tegishli hujjatlar hamda belgilangan vazifalarning bajarilish holati atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar tahlil qilinib, mavjud masalalar hamda kelgusida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan yo‘nalishlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👏3👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

📺 TA’LIM VA TARAQQIYOT | TerDUda 28 ta ta’lim dasturi xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazilmoqda.

Universitetda xalqaro ekspertlar ish boshladi. Akkreditatsiya jarayoni uchta klaster doirasida amalga oshiriladi.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤5🔥5👏2🤔1
🟢MILLIY QADRIYATLAR TARG‘IBOTIDA YUKSAK E’TIROF — TERDU VAKILI RESPUBLIKA BOSQICHIDA!

🟢Milliy o‘zlik, ma’naviyat va vatanparvarlik yo‘lidagi fidoyilik o‘z samarasini bermoqda!

🟢Termiz davlat universiteti jamoasi uchun yana bir quvonchli va faxrli natija! Universitetimizning Tarix fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Xidirov Muhiddin “Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi” respublika tanlovining hududiy bosqichida FAXRLI 1-O‘RINNI qo‘lga kiritdi va respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-yanvardagi “Uzluksiz ta’lim tizimida yoshlarni milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligini oshirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 34-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 22-apreldagi 157-son buyrug‘i asosida tashkil etildi.


🟢Tanlovning hududiy bosqichi 2026-yil 13-oktabr kuni Termiz davlat universitetida bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilar milliy qadriyatlarni targ‘ib etish borasida amalga oshirgan ishlari, erishgan yutuqlari, ilg‘or tajribalari, notiqlik mahorati hamda tezkor savollarga javob berish orqali o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.

🟢Muhiddin Xidirovning ushbu g‘alabasi — milliy qadriyatlarimizga sadoqat, yuksak ma’naviyat va fidoyilikning munosib e’tirofidir!

🟢Bu natija universitetimizda yoshlarni milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat va ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalash borasida olib borilayotgan ishlarning ahamiyatini ham namoyon etadi.

🟢G‘olibimizni ushbu yuksak natija bilan samimiy muborakbod etamiz! Oldinda yanada mas’uliyatli bosqich — respublika miqyosidagi bellashuv turibdi. Ishonamizki, Muhiddin Hursanovich ushbu bosqichda ham o‘z bilimi, mahorati va fidoyiligi bilan universitetimiz sharafini munosib himoya qiladi!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤11👏3
#qo‘shma_ta’lim

🏛 TerDUda qo‘shma ta’lim dasturlari talabalari kutib olindi

🟢Termiz davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yilida qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul qilingan talabalar uchun kutib olish va tanishtiruv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

🟢Tadbirda talabalar universitetdagi ta’lim muhiti, qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida yaratilgan imkoniyatlar, xorijiy hamkor universitetlar bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalari hamda o‘quv jarayonining tashkiliy jihatlari bilan tanishtirildi.

Uchrashuv davomida qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olishning o‘ziga xos imkoniyatlari, o‘quv jarayoniga qo‘yiladigan talablar va talabalarning akademik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


🟢Termiz davlat universiteti xalqaro hamkorlik asosida sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish va raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash yo‘lidagi faoliyatini izchil davom ettiradi.

♻️ 4️⃣ 1️⃣ 1️⃣

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤15👍8🎉5🔥4🫡2🤔1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20❤17🔥5🤔1🫡1
#kun_hikmati

«Buyuk ishlarni qilishning yagona yo‘li — o‘z ishingizni sevishdir».

Stiv Jobs

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
❤24👍10🔥4👏1🎉1
🏛TERDU REKTORIGA TELEGRAM ORQALI TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI MUROJAAT

​Hurmatli jamoa a’zolari va talabalar!

​Universitet faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif, fikr-mulohaza va murojaatlaringizni Termiz davlat universiteti rektoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuborishingiz mumkin:

​📞Telegram raqam: +998703267757

​💙 Telegram akkaunt: @terdurektor

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥24❤16👍9🫡5🎉2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo do‘ppilari — milliy merosimiz!

Ko‘rsatuvda do‘ppilar tarixi hamda TerDU professor-o‘qituvchilari va to‘garak rahbarlarining bu boradagi faoliyati haqida so‘z boradi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
👍6❤4
Bugun TerDUda universitet Kengashining navbatdagi 3-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Dastlab, Kengash raisi, rektor A. Toshqulov mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimini joriy etishning ahamiyatiga to‘xtalib, bu jarayonda professor-o‘qituvchilar zimmasidagi mas’uliyat va ularning jamiyat ravnaqi yo‘lidagi daxldorligi yanada ortib borayotganini ta’kidladi. Shuningdek, ustoz va murabbiylar amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ijrochisi va tashabbuskori bo‘lishi lozimligini qayd etdi.

Yig‘ilishni o‘tkazish uchun kvorum yetarli ekanligi tasdiqlangach, kun tartibidagi masalalar muhokamasiga kirishildi.
Dastlab, “Zarya Surxana” gazetasining 2026-yil 24-iyuldagi 27 (14180)-sonida e’lon qilingan vakant ish o‘rinlariga tanlovning yakuniy bosqichi o‘tkazildi. Jarayonda professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi va o‘qituvchi-stajyor lavozimlariga nomzodlar elektron platforma orqali Kengash a’zolarining ovoz berishi natijasida tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun: mazkur tanlovda bir vakant o‘rin uchun 11 nafar nomzod da’vogarlik qildi. Kengash a’zolarining tasdig‘i bilan jami 74 nafar yosh mutaxassis ishga qabul qilindi. Ular orasida xorijiy TOP  universitetlar hamda  AQShning Toshkentdagi Vebster universiteti, Buyuk Britaniyaning Vestminster universitetida tahsil olgan yoshlar ko‘pchilikni tashkil etdi.

Yig‘ilishda  universitet katta o‘qituvchilarini dotsent vazifasini bajaruvchilikka o‘tkazish, dissertatsiya mavzulari va ilmiy rahbarlarni tasdiqlash, professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanmalari hamda monografiyalarni ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, universitet ehtiyojlari uchun zamonaviy kongress zali qurish, mavjud suzish havzasi binosini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, universitet faoliyatini takomillashtirish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

♻️ 4️⃣ 8️⃣ 9️⃣

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17👍12🔥9