TerDU rasmiy kanali
20.2K subscribers
31.7K photos
3.95K videos
1.04K files
14.2K links
Sayt: www.tersu.uz
Facebook: @tersu340
Instagram: @terdu_rasmiy
You tube: @Termizdavlatuniversitet

Rektor sahifasi: @a_toshqulov
Rektorga murojaat: @terdurektor
Telegram raqam: +998703267757

©Termiz davlat universiteti rasmiy kanali
Download Telegram
Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ōrtasida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.

Mazkur tadbirdan kōzlangan asosiy maqsad — milliy urf-odat va an’analarimizni asrab-avaylaş, yoşlar qalbida milliy qadriyatlarga bōlgan hurmat va ehtiromni kuçaytiriş, talabalar ōrtasida dōstlik va hamjihatlikni mustahkamlaşdan iborat.

Tadbir davomida arqon tortiş, alla aytiş, kelin salom kabi milliy urf-odatlarimizga oid şartlar hamda turli qiziqarli musobaqalar ōtkazildi. Iştirokçilar ōzlarining epçilligi, bilim va mahoratlarini namoyon etib, milliy qadriyatlarimizning naqadar boy va sermazmun ekanini yana bir bor namoyon etdilar.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoş avlodni milliy an’analar ruhida tarbiyalaş, ajdodlardan meros bōlib kelayotgan qadriyatlarni asrab-avaylaş va ularni kelgusi avlodlarga yetkazişda muhim ahamiyat kasb etadi.

♻️ 4️⃣ 1️⃣ 1️⃣

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥40❤30👍13👏6🎉5🫡3
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz tomonidan lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonun imzolandi.

Unga muvofiq, alifbomiz 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi örniga endi 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan taşkil topadi. Asosan «Ö», «Ğ», «Ş» hamda «Ç» harflarining yozilişi özgartirilmoqda. Şuningdek, «Ng» birikmasi alifboning alohida harfi safidan çiqariladi.

Bu özgarişlar yozuvni ixçamlaştiriş hamda kompyuter va raqamli texnologiyalarda özbek tilidan keng foydalanişni qulaylaştirişga qaratilgan.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🔥11👍5❤4🤔3
HUDUDIY MUAMMODAN — ILMIY TADQIQOTGA, ILMIY TADQIQOTDAN — AMALIY YEÇIMGA!

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi hamda Surxondaryo viloyati İqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi hamkorligida birinçi bosqiç magistrantlari uçun “Magistrlik dissertatsiyasi mavzusini hududiy ehtiyojlar asosida tanlaş” mavzusida qōşma seminar taşkil etildi.

Seminarning asosiy maqsadi — magistrantlarni ilmiy tadqiqot mavzularini tanlaşda hududning mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolari va real ehtiyojlaridan kelib çiqib yondaşişga yōnaltiriş, ilmiy izlanişlarni amaliy natijalar bilan boğlaşdan iborat.

Uçraşuv davomida Surxondaryo viloyatidagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, ularning ilmiy tahlilni talab etadigan jihatlari hamda mavjud muammolarga ilmiy asoslangan yeçimlar işlab çiqiş imkoniyatlari haqida fikr almaşildi.

Seminar qizğin savol-javoblar va oçiq muloqot ruhida ōtdi. Magistrantlar ōzlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelgusidagi ilmiy izlanişlarini hudud taraqqiyotiga xizmat qiladigan yōnalişlarga qaratiş bōyiça muhim tavsiyalarga ega bōldilar.

Ta’kidlanganidek, magistrlik dissertatsiyasi nafaqat nazariy ahamiyatga, balki hududdagi muayyan muammoni hal etişga qaratilgan amaliy qiymatga ham ega bōlişi lozim.
«Hududiy muammo — ilmiy tadqiqot — amaliy yeçim» tamoyili asosida taşkil etilgan mazkur seminar ilm-fan, ta’lim va amaliyot ōrtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga xizmat qiladi.

♻️ 4️⃣ 1️⃣ 1️⃣

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍7
#Talabalikka_bağişlov #9

TARIXNI ANGLAŞ — ŌZLIKNI ANGLAŞ, KELAJAKNI YARATIŞDIR!

Termiz davlat universitetida «Talabalikka bağışlov» tadbirlari doirasida rektor, professor Abduqodir Toşqulovning Tarix fakultetining birinçi bosqiç talabalari bilan uçraşuvi bōlib ōtdi.

Samimiy va oçiq muloqotda tarixni çuqur ōrganiş, milliy merosimizni asrab-avaylaş, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy va ilmiy merosni tadqiq etiş hamda yoşlarda milliy ğurur va vatanparvarlik tuyğularini mustahkamlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Rektor tarixçi nafaqat ōtmiş voqealarini ōrganuvçi mutaxassis, balki tarixiy haqiqatni xolis yoritiş, milliy xotirani asraş va uni kelgusi avlodlarga yetkazişdek mas’uliyatli vazifani bajaruvçi ziyoli ekanini ta’kidladi.

Bugungi kunda fakultetda 4 ta bakalavriat ta’lim yōnalişi va 4 ta magistratura mutaxassisligi bōyiça 1 717 nafar talaba tahsil olmoqda. Indoneziya pedagogika universiteti bilan hamkorlikda taşkil etilgan qōşma ta’lim dasturi doirasida esa 27 nafar talaba bilim olmoqda.


Fakultetning xalqaro aloqalari ham izçil rivojlanib, Xitoy, Fransiya, Italiya, Çexiya, AQŞ, Rossiya va boşqa davlatlarning nufuzli universitetlari hamda ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlik yōlga qōyilgan. Mazkur aloqalar talabalar va yoş tadqiqotçilarning akademik mobilligi, xorijiy tajriba almaşinuvi va ilmiy salohiyatini yuksaltiriş uçun yangi imkoniyatlar oçmoqda.

Uçraşuv davomida talabalarning savollari, taklif va taşabbuslari tinglandi. Rektor yoşlarni çuqur bilim olişga, xorijiy tillarni ōrganişga, arxeologik va tarixiy tadqiqotlarda faol iştirok etişga, zamonaviy ilmiy yondaşuvlarni egallaşga çaqirdi.

Oçiq muloqot talabalarning ōz mutaxassisligiga bōlgan qiziqişini kuçaytiriş, ilmiy izlanişlarga intilişini rağbatlantiriş va universitet hayotidagi faolligini oşirişga qaratildi.

Zero, ōz tarixini çuqur anglagan, milliy ildizlaridan kuç olgan avlodgina buyuk kelajakni barpo eta oladi!

♻️ 4️⃣ 1️⃣ 1️⃣

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1❤23👍11🔥3🎉3👏2
#kun_hikmati

«Ğayrat va iştiyoqsiz heç qanday buyuk iş amalga oşmagan».


😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️
Ralf Valdo Emerson

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍10🔥5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟢“KURAŞ — MARDLAR MEROSI!”

🟢Termiz davlat universiteti respublika musobaqasi va seminariga tayyor!

🟢 Milliy sportimiz şukuhi, kuç va mardlik mujassam bölgan nufuzli tadbirga barçangizni çorlaymiz!

🇺🇿 Kuraş — milliy ğururimiz, mardlar merosi!

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14👍7🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyati kōzgusi

Termiz davlat universitetida «Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi ōrni» mavzusida oş çempionati taşkil etildi.


Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
❤49🔥25🎉13👍8👏4🫡2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

🟢TerDU mezbonligida “KURAŞ — MARDLAR MEROSI!” şiori ostida ötkazilayotgan respublika kuraş musobaqasi jarayonidan.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook |You tube | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19❤4