“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ | RASMIY KANAL
1.59K subscribers
3.44K photos
906 videos
7 files
2.06K links
“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJning rasmiy telegram kanali.

Murojaatlar uchun:
Bot: https://t.me/Toshkentsuvtaminoti_bot
Guruh: https://t.me/uzsuv_chat
Call-center: 12-55
Jamiyatning Call-center 71 202-14-14; 95 063-12-55; 95 142-04-86; 95 479-89-69
Download Telegram
#rasmiy_munosabat

📲Facebook ijtimoiy tarmogʻida Chirchiq shahri "Sugʻdiyona" koʻchasidagi aholi vakilidan ichimlik suvi loyqaligidan shikoyat mazmunida tarqalgan murojaat yuzasidan #munosabat

🔷“Toshkent suv ta’minoti” MChJ Chirchiq shahar boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-51-18-sonli qarori asosida joriy yilning 2-avgustida Chirchiq shahridagi “Yulduz”, “Turon”, “Hayot guli” va “Ahmad Yassaviy” MFYlarida ichimlik suv quvurlarini rekonstruksiya qilish va zulfinlarni almashtirilishi maqsadida 27 ta MFY da ichimlik suv ta’minoti vaqtincha toʻxtatilishi haqida e’lon berilgan.

🏗Rekonstruksiya natijasida ichimlik suvi quvurida yigʻilgan loyqa quvurlar orqali chiqqan va iste’molchida norozilik paydo boʻlgan. Bir necha daqiqa davomida suv oqizilgach quvurdagi loyqalar oqib, odatdagi kabi shaffof suv oqa boshlagan.

❗️Mas'ullar tomonidan murojaat tushgan hudud va xonadondan ichimlik suvini tekshirish maqsadida namunalar olinib iste’molchiga tushuntirish ishlari olib borildi.