Oʻxshash kanallar, hikoyalarni qayta joylash va yana 9 ta funksiya

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Oʻxshash kanallar, hikoyalarni qayta joylash va yana 9 ta funksiya

Bugundan boshlab Telegramda siz obuna boʻlganlarga oʻxshash kanallarni oson topish, doʻstlar va kanallar hikoyalarni qayta joylash va hikoyalarga video xabarlar qoʻshish mumkin. Shuningdek, biz profil ranglari, oʻzingiz va suhbatdoshingiz uchun fon rasmlari, kanallar uchun hikoyalar statistikasi va maxsus reaksiyalar, barcha uchun ovozni matnga aylantirish va boshqa koʻplab imkoniyatlarni qoʻshdik.

Oʻxshash kanallar

Yuz millionlab foydalanuvchilar yangiliklar, kontent va olti panjali mushuklarning AI yaratgan rasmlarini kuzatib borish uchun Telegram kanallariga obuna boʻlgan.

Kanallarni topishni osonlashtirish uchun biror kanalga qoʻshilganingizda siz endi shu mavzudagi oʻxshash ommaviy kanallar roʻyxatini koʻrasiz.

Roʻyxatda faqat ommaviy kanallar chiqadi, ular auditoriya mosligi asosida avtomatik tanlanadi.

Oʻxshash kanallarga kanal profilidan ham kirishingiz mumkin.

Hikoyalarni qayta joylash

Siz doʻstlar va sevimli kanallaringizdan hikoyalarni ularning auditoriyasini oshirish uchun shunchaki ikkita bosishda sahifangizga qayta joylashingiz mumkin.

Hikoyani qayta joylash sizga repostingiz uchun alohida koʻrinuvchanlik sozlamasi bilan birga matn, audio yoki hatto video fikr kabi qoʻshimcha kontent qoʻshish imkonini beradi.

Hikoyani qayta joylash uchun ulashish strelkasini bosing va “Hikoyani qayta joylash” bandini tanlang. Maxfiylikni himoyalash uchun faqat koʻrinuvchanligi “Hamma” qilib sozlangan hikoyalarni qayta joylash mumkin.

Hikoyalarda video xabarlar

Endi hikoyalar ustidan fikrlaringiz bilan yoki shunchaki yuzingizni koʻrsatish uchun video xabarlar qoʻshishingiz mumkin. Video xabarlar hajmini oʻzgartirish va ekranning istalgan nuqtasiga harakatlantirish, shuningdek, boshlanish va tugash vaqtini belgilash mumkin. Ijodiy imkoniyatlar cheksiz — kadr ortida gapirishdan tortib oʻzingiz bilan turli qahramonlarda suhbatlashishgacha.

Hikoyalarda video xabarlar

Siz qayta joylaydigan hikoyalar video xabarlarni ham qoʻllab-quvvatlaydi: trenddagi mavzuda fikrlaringizni ulashishingiz yoki bir-birining hikoyasini qayta joylovchi blogerlar safiga qoʻshilishingiz mumkin.

Video xabar yozish uchun hikoya muharririda kamera belgisini bosib turing. Tovush balandligini boshqarish uchun ekran quyi qismidagi video yoʻlakni bosib turing.

Premium: Profil ranglari

Avvalgi yangilanishimiz Premium foydalanuvchilarga ismi, ular yuboradigan havolalar va javoblar uchun rang tanlash imkonini bergan edi.

Bugundan boshlab Telegram Premium sizga sahifani ajralib turadigan qilish uchun profilingizga logotiplar bilan unikal ranglar kombinatsiyasini (bular yoki bular kabi) sozlash imkonini ham beradi.

Xabarlar yoki profilingizni moslashtirish uchun Android ilovada Sozlamalar > Chat sozlamalari > Rangingizni oʻzgartirish rukniga, iOS ilovada esa Sozlamalar > Koʻrinish > Rangingiz rukniga kiring.

Premium: Siz va suhbatdoshingiz uchun fon rasmlari

Istalgan kishi alohida chatlar uchun maxsus fon rasmlarini belgilashi mumkin. Bu har bir suhbatni turli mavzular va sevimli rasmlaringiz bilan oson tanib olish imkonini beradi.

Endi Premium foydalanuvchilar bir xil koʻrinishni tatbiq qilgan holda oʻzi va suhbatdoshi uchun ham fon rasmini belgilashi mumkin.

Yakkama-yakka chatda maxsus fon rasmi belgilash uchun ⋮ (iOS ilovada foyalanuvchi profilini oching, keyin ⋯ belgisini tanlang) > Fon rasmini oʻzgartirish bandini bosing.

Barcha uchun ovozni matnga aylantirish

2022-yildan boshlab Premium foydalanuvchilar ovozlar va video xabarlarni matnga aylantirish imkoniga ega boʻlishdi. Bu ularga xabarda nima deyilganini tezda koʻrish yoki hatto audioni turli tillarga tarjima qilishga yordam beradi.

Bu yangilanish bilan barcha foydalanuvchilar haftasiga 2 tagacha xabarni matnga aylantirishi mumkin. Uni sinash uchun shunchaki →A belgisini bosing.

Telegram Premium hali ham cheklanmagan miqdordagi ovozli va video xabarlarni matnga aylantirish imkonini beradi.

Kanallar uchun hikoyalar statistikasi

Hikoyalar joylay oladigan kanallar endi qamrovi va unumdorligini kuzatish uchun batafsil grafiklar bilan hikoya tomoshalari, ulashuvlar va reaksiyalar uchun statistikani koʻrishi mumkin.

Kanallar uchun hikoyalar statistikasi

Hikoyalar statistikasini hikoyangizni koʻrayotganda ⋮/⋯ belgisini bosish yoki kanal profilida > ⋮/⋯ > Statistika rukniga kirish orqali koʻrishi mumkin.

Kanal statistikasi, ovozlar va yutuqli oʻyin statistikasiga kanal profili > Tahrirlash > Statistika va ovozlar orqali kirish osonroq.

Kanallar uchun maxsus reaksiyalar

Kanal adminlari reaksiyalarni boshqarish uchun yangi interfeysga ega boʻldi: u yerda muayyan emojini qoʻshish yoki olib tashlashi mumkin.

Standart reaksiyalarga qoʻshimcha ravishda, kanallar maxsus emojilar ham qoʻshishi mumkin. Ular har bir darajasiga 1 ta maxsus reaksiya oladi.

Kanallar uchun maxsus reaksiyalar

Kanal statistikasida endi foydalanuvchilarning postlarga qanday reaksiya bildirganini koʻrsatadigan reaksiya kayfiyati grafigi aks etadi. 👍 / 🔥 va 👎 / 💩 hissiy ekvivalentlari ijobiy va salbiy reaksiyalarga birlashtiriladi, 🦆, 🧞‍♂️ va 🪃 kabi kamroq aniq variantlar esa “boshqa”ga tushadi.

Xabarlarda kodlarni ajratib belgilash

Yaqinda tugagan tanlovimiz gʻolibi tufayli endi barcha Telegram ilovalari ```kod formatida``` yuborilgan xabarlarda ishlatilgan kodlash tilini aniqlay oladi, shuning uchun endi nihoyat Java va C# orasidagi farqni koʻrishingiz mumkin. 😉

Kodlarni ajratib koʻrsatish

Mavzular uchun yaxshilanishlar

Mavzular yoqilgan guruhlarda ilovangiz guruhni qayta ochganingizda Xabarlar sifatida koʻrish yoki Mavzular sifatida koʻrish parametringizni saqlaydi.

Mavzular uchun yaxshilanishlar

iOS ilovada “Tanos chertkisi” effekti

iOS ilovada Avtomatik oʻchadigan xabarlar vaqti tugaganidan keyin ajoyib animatsiyaga ega boʻldi — ular butunlay oʻchib ketishidan oldin millionlab piksellarga bugʻlanishini tomosha qiling.

Siz alohida chatlardagi xabarlar yoki butun hisobingiz uchun avtomatik oʻchirish taymerini yoqishingiz mumkin. Yangi animatsiyani amalda koʻrishning eng tez usuli — Maxfiy chatdagi qisqa oʻchib ketuvchi taymer.

Buguncha shular. Biz yangi funksiyalarga toʻla oʻxshash yangilanishlar ustida ishlashda davom etamiz.


2023-yil, 30-noyabr
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

제휴 프로그램, AI 기반 스티커 검색, 콜라주 등

오늘, 우리는 텔레그램의 콘텐츠 제작자와 미니 앱 개발자를 위한 흥미로운 소식을 전합니다. 제작자는 이제 자신의 노력을 수익화하고 별을 얻을 수 있는 간단한 방법을 가지게 되었으며, 미니 앱 개발자는 새로운 사용자를 유치할 수 있는 강력한 도구를 얻게 됩니다. 또한, 텔레그램 사용자는 이제 AI를 사용하여 스티커를 찾고…
4-dek, 2024

미니 앱 2.0: 전체 화면 모드, 홈 화면 아이콘, 지리적 위치 및 10가지 추가 기능

오늘 우리는 미니 앱 역사상 가장 큰 업데이트를 출시합니다. 미니 앱은 전체 화면 모드, 구독 계획, 홈 화면 바로가기, 선물 보내기, 미디어 공유, 문서 작성, 위치 정보 접근, 모션 트래커, 이모지 상태 설정 등을 지원합니다.
17-noy, 2024

개선된 비디오 및 그 외 다수

오늘 업데이트에서는 영상의 더 빠른 로딩, 더 나은 품질 및 새로운 속도 제어 기능, 마지막 편집 타임스탬프, 보낸 메시지에 미디어 첨부, 미니 앱의 증가된 제한, 개발자를 위한 새로운 수익화 옵션 등 다양한 기능이 추가되었습니다.
31-okt, 2024

선물, 검증 플랫폼 및 기타

사용자들은 이제 친구들에게 선물을 보낼 수 있습니다: 선물의 수신자는 자신의 프로필 페이지에 선물을 표시하거나 별로 전환할 수 있습니다. 추가로, 텔레그램은 기업들이 고객의 전화번호를 인증할 수 있는 플랫폼을 출시했습니다: 이 새로운 인증 플랫폼은 사용자가 텔레그램을 통해 코드를 받아 전화번호를 쉽게 확인할 수 있게 하며…
5-okt, 2024