NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Forwarded from 🇺🇿 NavDU_YI 🇺🇿 (Nodirbek UMAROV (NavDPI))
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yovvoyi fillarni qo'lga o'rgatgan Hindlar haqida ibratli voqea...

Telegram: @Nodirbek_Umarov
instagram: nodirbek.umarov.395
+998941894848

@NavDPI_YI
NAVDPIda OTA-ONALAR KONGRESSI DAVOM ETMOQDA

Tarix fakulteti 1-kurs talabalarining ota-onalari ishtirokida “Ota-onalar kongressi” bo’lib o’tdi.

Unda rektor maslahatchisi B.Abdullayev, komplayens-nazorat bo‘limi boshligʻi A.Xalikov, institut xotin-qizlar kengashi raisi N.Tursunova va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Bunda asosiy masala:
1️⃣Institut va ota-onalar hamkorligi;
2️⃣Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashish;
3️⃣Talabalar o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish choralari va boshqa turli masalalar.

✅Shuningdek, oliy ta’limdagi islohotlar, erishilgan yutuqlar, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, talabalarning darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda olib borilayotgan ishlar, institut ichki-tartib qoidalari, “Odob-axloq kodeksi”, kredit-modul tizimi, talaba yoshlarning maʼnaviy-axloqiy holatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillar to‘g’risida axborot berildi.

Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyiga sayohat tashkil etildi.
“InnoWeek.uz – 2023” hududiy innovatsion g‘oyalar haftaligining ikkinchi kuni Qiziltepa Innovatsion tumanida davom etdi.

Yakuniga yetgan haftalikning ikkinchi kunida ham NavDPI professor-o‘qituvchilari hamda talabalar o‘z loyihalari bilan faol qatnashdilar.

Ushbu faollik uchun talabalar Navoiy viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig’i O‘.Mirzoyevning sertifikati bilan taqdirlanishdi.

👀Bizni kuzatishda davom eting

Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
#Sport

⚡️18-oktyabr kuni Navoiy davlat pedagogika institutida “Intellektual olimpiada“ doirasida Shaxmat sport turinining 2-bosqich o‘yinlariga start berildi.

Musobaqa natijalari quyidagicha:
O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin Matematika-informatika fakulteti 4-kurs talabasi Q.Toshmurodov;
2-o‘rin Ingliz tili va adabiyoti fakulteti (kechki) 3-kurs talabasi A.G'aybullayev;
3-o‘rin Tabiiy fanlar fakulteti 3-kurs talabasi E.Eshonqulov.

Qiz bolalar:
1-o‘rin Matematika-informatika fakulteti 1-kurs talabasi M.Choriqulova;
2-o‘rin Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 1-kurs talabasi O‘.Norqulova;
3-o‘rin San'atshunoslik fakulteti 2-kurs talabasi S.Sirojiddinova.

Birinchi oʻrinni olgan talabalar viloyat bosqichiga chiqishdi.

👏Keyingi bosqichda ham sportchilarimizga omad yor boʻlsin.

Bizni kuzating:
Telegram | nspi.uz | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Magistrantimiz OAV nigohida

🎞Koʻrsatuv qahramoni — 6 yil avval Navoiy davlat pedagogika institutiga oʻqishga kirgan Davronbek Qurbonov, bakalavr bosqichida Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sohibiga aylandi. Ilm olishga boʻlgan muhabbati uni magistratura sari yetakladi.

Hozirda Oʻzbek tili va adabiyoti fakultetining 2-bosqich magistranti boʻlaroq, Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasida oʻz faoliyatini olib bormoqda. Shu bilan birga fakultet koordinatori sifatida ham talabalarning oʻz salohiyatlarini namoyish etishlariga hissa qoʻshib kelyapti.
#Navoiy_MTRK

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHI

🎞“Assalom, Yangi Kun!”| 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan dasturda Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti dekan o‘rinbosari Qilich Bozorov Davlat tilini rivojlantirish borasida olib borilayotgan isloholar haqida fikrlarini bildirdi.

Bizni kuzating:
Telegram | nspi.uz | Facebook | Instagram | You tube
📣🗣 “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” koʻkrak nishonining 2023-yilgi gʻoliblari e’lon qilindi

Respublika miqyosida 504 ta loyihalar ko‘rib chiqilgan bo‘lib, yakunda Respublika Komissiyasi aʼzolari tomonidan har bir hududdan eng munosib 14 nafar nomzodlar “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni g’olibi deb topildi.

Quvonarlisi, shu 14 nafar sovrindorlar qatorida NavDPI Fizika-texnologiya fakulteti dotsenti Gulhayo Sayfullayeva ham bo‘lib, “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni sohibasi bo‘ldi.

Bundan oldin ushbu mukofot bilan Fizika-texnologiya fakulteti professori Dilnavoz Kamalova hamda Tabiiy fanlar fakulteti talabasi Nargiza Shonazarovalar taqdirlangan edi.

Bizni kuzatishda davom eting

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#LIVE

“InnoWeek.uz – 2023” hududiy innovatsion g‘oyalar haftaligining uchinchi kuni Karmana tumanida bo‘lib o‘tmoqda.

Bugungi tadbirlarda ham tashkilot va idoralar vakillari qatorida NavDPI professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishmoqda.

Jarayonlar davom etyapti

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#chellenj

21-oktabr — Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun

Shu munosabat bilan Navoiy davlat pedogogika instituti Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti talabalari tomonidan “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, Ona tilim” shiori ostida tayyorlangan she’riy chellenj

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#InnoWeek_2023

⚡️Xabar berganimizdek, bugun “Kreativ taʼlim va innovatsiyalar – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi “InnoWeek.uz – 2023” hududiy innovatsion gʻoyalar haftaligining uchinchi kuni Karmana tumanidagi Madaniyat markazida bo‘lib o‘tdi.

Bu galgi tadbirda ham NavDPI professor-o‘qituvchilari hamda talabalar o‘zlarining ixtirolari, innovatsion g‘oyalari, ishlanmalari va mahsulotlari bilan ishtriok etib, bir qator taklif va tavsiyalarni ilgari surdilar.

Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram