NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#InnoWeek_2023

⚡️Joriy yil 16-20-oktabr kunlari Navoiy viloyatida eng yirik innovatsion tadbir “Innoweek.uz-2023” hududiy innovatsion g’oyalar haftaligi start oladi

2023-yil 17-oktyabr kuni soat 9:00 da Navoiy shahar Yoshlar markazida “Kreativ ta’lim va innovatsiyalar - Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi‘ shiori ostida InnoWeek.Uz-2023 hududiy innovatsion g‘oyalar haftaligining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Haftalik doirasida viloyat hududidagi oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot institutlari, professional ta'lim muassasalari, yosh ixtirochilar va tadbirkorlar o‘zlarining innovatsion g‘oyalari, ishlanmalari hamda mahsulotlari bilan ishtirok etadi.

Ko’rgazmada o’z ixtirolari bilan barcha startaplar asoschilari, ixtirochi va innovatsion g’oyaga ega yoshlar ishtirok etishlari mumkin.
Ishtirok eting va aynan sizning ixtiroyingiz eng yaxshi bo‘lishga loyiq ekanligini isbotlang
.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
“InnoWeek.uz – 2023” hududiy innovatsion gʻoyalar haftaligiga start berildi

⚡️Navoiy shahridagi Yoshlar markazida “Kreativ taʼlim va innovatsiyalar – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi “InnoWeek.uz – 2023” hududiy innovatsion gʻoyalar haftaligining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati boshchiligida professor-oʻqituvchilar hamda ilmiy-innovatsion loyihalarga, startap gʻoyalarga ega talaba-yoshlar oʻz yaratmalari bilan faol ishtirok etdilar.

“Kreativ taʼlim va innovatsiyalar – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi “InnoWeek.uz – 2023” hududiy innovatsion gʻoyalar haftaligi 20-oktyabrga qadar davom etadi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2023

📹“InnoWeek-2023”: Navoiy shahrida ham innovatsion gʻoyalar haftaligining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
———

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2023

⚡️“InnoWeek-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligida Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasi faol ishtirok etmoqda.

Xususan, talaba Sanobar Abdisalomovaning loyihasi istiqbolli deb baholanib, Navoiy shahar hokimi tomonidan loyihani amalga oshirish uchun 30 sotix yer ajratildi.

🎞Tafsilotlar “Diyor 24“ axborot dasturida
@Navoiy_MTRK

👀Bizni kuzatishda davom eting

Telegram | Web🌎 | Facebook | Instagram | You tube
#InnoWeek_2023
#Navoiy

“Kreativ taʼlim va innovatsiyalar – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi “InnoWeek.uz – 2023” hududiy innovatsion gʻoyalar haftaligining ikkinchi kuni Qiziltepa tumanida davom etmoqda.

Viloyatda amalga oshirilayotgan “start-up“ loyihalar, innovatsion va investitsion loyihalar ko‘rgazmasida NavDPI jamoasi ham o‘z ishlanmalari bilan faol qatnashmoqda.

Jarayonlar davom etyapti

———

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍1
#Sport

⚡️Oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-innovatsion, sport va koʻngilochar tadbirlarni tashkil etish, bu boradagi ishlarni tizimli ravishda yoʻlga qoʻyish maqsadida Navoiy davlat pedagogika institutida ham amaliy ishlar olib borilmoqda.

Birgina sportni oladigan boʻlsak, institutimiz sportchilari nafaqat respublikada, balki jahon arenalarida ham munosib ishtirok etib, yurtimiz bayrogʻini yuksaklarga koʻtarishda jonbozlik koʻrsatishmoqda.

Kuni kecha professor-oʻqituvchilar hamda ishchi-xodimlar oʻrtasida “Rektor kubogi“ uchun futbol sport turidan qurʼa tashlash marosimi boʻldi. Unda 11 ta fakultetdan masʼullar qatnashib, guruh oʻyinlari uchun yoʻllanmaga ega boʻldilar.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy