Nurafshon shahri hokimligi
3.3K subscribers
42.8K photos
3.85K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#Nurafshon_shahar
#Tadbirkorlikni_rivojlantirish

📢 Tadbirkorlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahar hokimligida tadbirkorlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

💼 Yig‘ilishda O'zbekekspertiza AJ, Savdo-sanoat palatasi, Nurafshon shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi, shuningdek, shahrimizdagi faol tadbirkorlar qatnashib, 712-son qarorning mazmun mohiyati tushuntirib o'tildi.

📊 Tadbir davomida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, biznesni rivojlantirishga oid masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli tavsiyalar berildi.

🔹 Bunday uchrashuvlar kelgusida tadbirkorlikni rivojlantirish, muammolarni joyida hal etish hamda ishbilarmonlar uchun yanada qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
❗️15 ta tuman va shaharda barcha davlat idoralari tumanlar markazidagi bitta ko‘p qavatli binoga ko‘chiriladi. Yangi binolarning 1-2-qavatlari tadbirkorlarga sotiladi.

Ushbu tumanlarda davlat idoralaridan bo‘shaydigan 150 ta bino auksionda tadbirkorlarga taklif qilinadi.

Bu yil kichik va o‘rta biznes loyihalari infratuzilmasiga ajratilishi belgilangan 1 trillion so‘mga qo‘shimcha 500 milliard so‘m ajratiladi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi

15-martdan 15-aprelgacha Respublikamizda "Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi" doirasida turli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirlarning asosiy maqsadi – aholining favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirish va xavfsizlik choralari haqida tushuncha berishdir.

Nurafshon shahridagi Prezident maktabida shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun maxsus targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Bunday tadbirlar aholining xavfsizligini ta’minlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
#FavquloddaVaziyatlar #FuqaroMuhofazasi #Xavfsizlik #FavquloddaOylik #Nurafshon #PrezidentMaktabi #FVB #FavquloddaTarg‘ibot #XavfsizHayot

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍2