Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Nurafshon Business City’da Navro‘z sayli bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston bo‘ylab Navro‘z bayrami katta tantanalar bilan nishonlanmoqda. Nurafshon shahrida ham ushbu bahoriy bayram keng ko‘lamda o‘tkazilib, asosiy tadbirlar Nurafshon Business City hududida bo‘lib o‘tmoqda.

Bayram dasturida milliy kuy-qo‘shiqlar, teatrlashtirilgan chiqishlar, baxshilar va estrada xonandalarining konsertlari namoyish etilmoqda. Shuningdek, mehmonlar uchun sumalak va boshqa milliy taomlar tayyorlanib, barchaga tarqatilmoqda.

Shaharliklar va mehmonlar milliy sport o‘yinlari, turli ko‘rgazmalar va qiziqarli tanlovlardan bahramand bo‘lishmoqda. Bolalar uchun maxsus o‘yin-kulgi maydonchalari tashkil etilgan.

Navro‘z shukuhi barchani o‘ziga rom etmoqda!

#Navro‘z2025 #Nurafshon #BayramShukuhi #BahorFasl #MilliyAn’ana #YangiKun

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1🔥1
#mehnat_yarmarkasi
#Navro'zMFY

“Ishga marhamat!” –
Navro‘z mahallasi fuqarolari uchun mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Nurafshon shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi ishchi guruh, shahar hokimligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida “Ishga marhamat!” shiori ostida Navro‘z mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbir aynan mahalla fuqarolari uchun tashkil etilib, ishsizlar, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar uchun ish topish imkoniyatini yaratdi.

Yarmarkada 12 ta korxona va tashkilot tomonidan 409 ta bo‘sh ish o‘rni taklif qilindi. Unda 35 nafar ishsiz fuqaro qatnashdi.

🔹 7 nafari ishga joylashtirildi
🔹 4 nafari kasb-hunarga o‘qishga yo‘naltirildi


Mazkur yarmarka mahalla aholisi bandligini ta’minlashga xizmat qildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1