Nurafshon shahri hokimligi
3.3K subscribers
42.9K photos
3.86K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
🔹 E’LON

Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i, general-mayor Tohir Aripov tomonidan viloyat aholisining murojaatlarini o‘rganish maqsadida shaxsiy qabuli o‘tkaziladi. Qabul joriy yilning 29-mart kuni soat 10:00 da Toshkent viloyati IIBB binosi (Nurafshon shahri, Yangiobod ko'chasi)da bo‘lib o‘tadi.
__

🔹 ЭЪЛОН


Тошкент вилояти ИИББ бошлиғи генерал-майор, Тоҳир Арипов томонидан вилоят аҳолисининг мурожаатларини ўрганиш мақсадида шахсий қабули ўтказилади. Қабул жорий йилнинг 29 март куни соат 10:00 да Тошкент вилояти ИИББ биноси (Нурафшон шаҳри, Янгиобод кўчаси)да бўлиб ўтади.


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
👍2
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қозоғистон Республикаси Президенти Қасим-Жомарт Тоқаевнинг таклифига биноан амалий ташриф билан Олмаота шаҳрига жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Республики Казахстан Касым-Жомарта Токаева отбыл с рабочим визитом в город Алматы.

#Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🌿 "Yashil makon vijdonimiz bo‘lishi kerak" – Sh. Mirziyoyev


"Yashil makon" loyihasi doirasida Nurafshon shahrida keng ko‘lamli ko‘chat ekish ishlari olib borilmoqda.

🌱 Bugun erta tongdan "Nurafshon Business City" hududida shahardagi korxona-tashkilotlar, mahalla raislari va yoshlar tomonidan qarag‘ay va dub daraxtlari ekildi.

🌍 Ushbu ekotashabbus atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlarni kengaytirish va shaharning ekologik barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.

#YashilMakon #Ekotashabbus #Nurafshon #TabiatniAsraylik #Ko‘chatEkilmoqda
#Bildirish
#Diqqat

Nurafshonda qatnov harakati vaqtincha cheklanadi

⛔️ Nurafshon shahrida “Ramazon hayit” namozi tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish, jamoat tartibini saqlash, aholi xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport harakatini tartibga solish, turli favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida

📍Oppoq
mahallasi hududida joylashgan "Ismat ota" jome masjidi yonidagi chorrahadan 4P 19 A yo‘lining 5 kmdagi 4K 712 A yo‘li bilan tutashgan chorraha oralig‘i;

📍Birlik mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Said ibn Vaqqos” jome masjidiga olib boruvchi Birlik ko‘chasi;

📍 Uchqun mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “To‘y-tepa” jome masjidiga olib boruvchi To‘y-tepa ko‘chasidan Nurobod ko‘chasigacha 1 km masofa uzoqlikda joriy yilning 29-mart kuni soat 20:00 dan 30-mart kuni soat 08:00 ga qadar avtotransport vositalari qatnovi vaqtincha cheklanadi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
"Yashil makon" loyihasi doirasida keng ko‘lamli ishlar davom etmoqda

Nurafshon shahrida ekologik muhitni yaxshilash va yashil hududlarni kengaytirish maqsadida "Yashil makon" loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari jadal olib borilmoqda. Bugun erta tongdan "Nurafshon Business City" hududida shahardagi korxona va tashkilotlar, mahalla raislari hamda yoshlar faol ishtirok etib, qarag‘ay va dub daraxtlari ko‘chatlarini ekishdi.

Shahar hokimi I. Klichxanov ushbu jarayon bilan tanishib, shaharda yashil hududlarni kengaytirish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

"Yashil makon vijdonimiz bo‘lishi kerak", – deb ta’kidlagan edi davlatimiz rahbari. Ushbu ezgu tashabbusga qo‘shilgan har bir fuqaro shahar obodonligiga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

#YashilMakon #Nurafshon #Ko‘chatEkilmoqda #TabiatniAsraylik #Ekotashabbus

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt