✅ Degantepada dehqonchilik uchun qulayliklar yaratilmoqda
🚧 Nurafshon shahri Degantepa mahallasida aholi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida 1500 metr uzunlikdagi sug‘orish tizimini betonlash va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
💧 Ushbu tashabbus orqali mahalla aholisi tomorqalarda dehqonchilik bilan shug‘ullanishi uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratilmoqda. Eng asosiysi, bu ishlar tabiiy boyligimiz bo‘lgan suv resurslaridan oqilona va tejab-tergab foydalanishga xizmat qiladi.
🌱 Rekonstruksiya ishlari natijasida tomorqa yerlari sug‘orish imkoniyatiga ega bo‘lib, mahalliy oziq-ovqat xavfsizligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
#TomorqaRivoji #DegantepaMahallasi
#SugorishTizimi #SuvniTejaylik
#NurafshonYangilanmoqda
Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt

✅ Chigʻiriq mahallasida tomorqa sugʻorish sharoitlari yaxshilanmoqda
Nurafshon shahrining Chigʻiriq mahallasida aholi tomorqalarini suv bilan taʼminlash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, 1 dona sugʻorish qudug‘i qurilishi va 400 metr uzunlikdagi ariqlarni betonlash ishlari tashkil etildi.
🔧 Ushbu infratuzilma loyihasi orqali mahalla aholisi tomorqalaridan samarali foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ayniqsa, suv tanqisligi kuzatiladigan davrda bu kabi chora-tadbirlar suv resurslarini tejash va hosildorlikni oshirishga xizmat qiladi.
🚜 Aholining qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanishi qo‘llab-quvvatlanayotgani natijasida, mahalla iqtisodiyoti va fuqarolarning turmush darajasi yaxshilanib bormoqda.
#NurafshonYangilanmoqda #ChigiriqMahallasi
#TomorqaRivoji #SuvTejash
#MahallaInfratuzilmasi #QishloqXojaligiRivoji

7-aprel – Butunjahon salomatlik kuni: Sog‘lom turmush sari dadil qadam!
"Farzandlari sog'lom yurt – qudratli bo‘lur!" shiori ostida Nurafshon shahri "Nurafshon Arena" markaziy o‘yingohida ommaviy yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Toshkent viloyati Kengashi, Yoshlar ittifoqi va Sport boshqarmalari hamkorligida tashkil etilib, jamoatchilikning keng qatlamlarini birlashtirdi. Ayniqsa, Nurafshon shahri Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan turli mahallalardan faol xotin-qizlarning faol ishtiroki tadbirga alohida ruh va ijtimoiy ahamiyat baxsh etdi.
Mahallalarda turmush tarzini sog‘lomlashtirish, ayollarning jismoniy faolligini oshirishga xizmat qiluvchi bu kabi marafonlar xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom hayotga intilish va birlik g‘oyalarini mustahkamlashda muhim vosita bo‘lmoqda.
ButunjahonSalomatlikKuni
#Nurafshon #XotinQizlarFaollari
#NurafshonArena #OmmaviyYurish