Nurafshon shahar hokimligi
2K subscribers
35.8K photos
3.31K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
7-aprel – Butunjahon salomatlik kuni: Sog‘lom turmush sari dadil qadam!

"Farzandlari sog'lom yurt – qudratli bo‘lur!" shiori ostida Nurafshon shahri "Nurafshon Arena" markaziy o‘yingohida ommaviy yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Toshkent viloyati Kengashi, Yoshlar ittifoqi va Sport boshqarmalari hamkorligida tashkil etilib, jamoatchilikning keng qatlamlarini birlashtirdi. Ayniqsa, Nurafshon shahri Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan turli mahallalardan faol xotin-qizlarning faol ishtiroki tadbirga alohida ruh va ijtimoiy ahamiyat baxsh etdi.

Mahallalarda turmush tarzini sog‘lomlashtirish, ayollarning jismoniy faolligini oshirishga xizmat qiluvchi bu kabi marafonlar xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom hayotga intilish va birlik g‘oyalarini mustahkamlashda muhim vosita bo‘lmoqda.

ButunjahonSalomatlikKuni
#Nurafshon #XotinQizlarFaollari
#NurafshonArena #OmmaviyYurish

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt