Nurafshon shahar hokimligi
2K subscribers
35.8K photos
3.31K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
#seminar
#xotinqizlarfaollari

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-401-son qaroriga muvoffiq Nurafshon shahridagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollariga o'quv seminar bo'lib o'tmoqda.

Nurafshon shahrida joylashgan IT park binosida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti mutaxasislari tomonidan Oila va xotin-qizlar qо‘mitasi xodimlari, mahalladagi xotin-qizlar faollari uchun malaka oshirish о‘quv seminari tashkilashtirildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
7-aprel – Butunjahon salomatlik kuni: Sog‘lom turmush sari dadil qadam!

"Farzandlari sog'lom yurt – qudratli bo‘lur!" shiori ostida Nurafshon shahri "Nurafshon Arena" markaziy o‘yingohida ommaviy yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Toshkent viloyati Kengashi, Yoshlar ittifoqi va Sport boshqarmalari hamkorligida tashkil etilib, jamoatchilikning keng qatlamlarini birlashtirdi. Ayniqsa, Nurafshon shahri Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan turli mahallalardan faol xotin-qizlarning faol ishtiroki tadbirga alohida ruh va ijtimoiy ahamiyat baxsh etdi.

Mahallalarda turmush tarzini sog‘lomlashtirish, ayollarning jismoniy faolligini oshirishga xizmat qiluvchi bu kabi marafonlar xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom hayotga intilish va birlik g‘oyalarini mustahkamlashda muhim vosita bo‘lmoqda.

ButunjahonSalomatlikKuni
#Nurafshon #XotinQizlarFaollari
#NurafshonArena #OmmaviyYurish

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt