Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
43K photos
3.9K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#Rasmiy

Toshkent viloyati IIBBga yangi rahbar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, polkovnik Abdurazzoqov Abduvosit Abdulxayevich Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Mazkur tayinlovga qadar Abduvosit Abdurazzoqov Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
👏4👎2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangilik

Respublikada ilk bor sunʼiy intellekt asosida ishlaydigan piyodalar oʻtish joyi viloyatimizda oʻrnatildi

Nurafshon shahrida zamonaviy, xavfsiz va yangi ko‘rinishdagi, sunʼiy intellekt asosida ishlaydigan piyodalar o‘tish joyi tashkil etildi.

Ushbu tizim kutilgandek natija bersa kelgusida viloyatimiz va respublikaning boshqa hududlarida ham joriy qilinishi rejalashtirilgan.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
3👍1
#mehnat_yarmarkasi
#Navro'zMFY

“Ishga marhamat!” – Navro‘z mahallasi fuqarolari uchun mehnat yarmarkasi o‘tkazildi


Nurafshon shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi ishchi guruh, shahar hokimligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida “Ishga marhamat!” shiori ostida Navro‘z mahalla fuqarolar yig‘ini hududida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbir aynan mahalla fuqarolari uchun tashkil etilib, ishsizlar, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar uchun ish topish imkoniyatini yaratdi.

Yarmarkada 12 ta korxona va tashkilot tomonidan 409 ta bo‘sh ish o‘rni taklif qilindi. Unda 35 nafar ishsiz fuqaro qatnashdi.

🔹 7 nafari ishga joylashtirildi
🔹 4 nafari kasb-hunarga o‘qishga yo‘naltirildi


Mazkur yarmarka mahalla aholisi bandligini ta’minlashga xizmat qildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
Obodonlashtirish xodimlari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi

Nurafshon shahri obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari ishtirokida Toshkent yo‘li ko‘chasida ekilgan uzum daraxt ko‘chatlarini parvarishlash bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida ushbu ko‘chaga biriktirilgan mas’ul xodimlarga hududlar bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi va tegishli hududlar belgilab berildi.

Mazkur tadbir shahar hokimi o‘rinbosari F. Shomurodov rahbarligida tashkil etilib, obodonlashtirish ishlari sifatini oshirish, daraxt va ko‘chatlarga to‘g‘ri agrotexnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎯 “Ishga marhamat!”

Navro‘z mahallasida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi!

🔹 12 ta tashkilot – 409 ta ish o‘rni
🔹 7 kishi ishga joylashdi
🔹 4 kishi kasbga yo‘naltirildi

📍Mahalla aholisi bandligini ta’minlash yo‘lida amaliy qadam!

#Nurafshon #IshgaMarhamat #Bandlik #YoshlarBandligi #XotinQizlarUchun #MehnatYarmarkasi #MahallaRivoji #IshO‘rni #FoydaliTadbir #ObodMahalla

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#deputat_iqtibosi
#высказывание_депутата

🖍"O‘qituvchi shaxsni shakllantiradi, bilim poydevorini qo‘yadi, fuqaroni tarbiyalaydi. Har bir talabaga individual yondashish esa uning muvaffaqiyati kalitidir."

NAM LIANA SERGEYEVNA
Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashi deputati, Nurafshon shahri 1-umumta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

🖍Учитель формирует личность, закладывает фундамент знаний, воспитывает гражданина. Индивидуальный подход к каждому студенту — ключ к его успеху.

НАМ ЛИАНА СЕРГЕЕВНА
Депутат Кенгаша народных депутатов города Нурафшон,
Заместитель директора по духовно-просветительской работе
государственной общеобразовательной школы №1 города Нурафшон.


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1👍1
#jarayon
#qurilish

Shahardagi qurilish va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Nurafshon shahar hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F. Shomurodov tomonidan shahardagi qurilish va obodonlashtirish ishlari holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Tashrif davomida Navro‘z mahallasi hududida bunyod etilayotgan "Nuroniylar maskani" qurilish jarayoni, shuningdek jamoat ehtiyoji uchun ajratilgan yerlarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Mazkur obyektlarda olib borilayotgan ishlarda belgilangan sifat talablari, xavfsizlik me’yorlari va muddatlarga amal qilinishi bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1👍1