Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.86K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#Nurafshon
#trening
#hamkorlik

Moliya vazirligi huzuridagi "XT-XARID TEXNOLOGIYALARI" MCHJ hamda Nurafshon shahar hokimligi hamkorligida seminar-trening o'tkazildi.

Unda (
https://xt-xarid.uz ) davlat xaridlarini amalga oshiruvchi platformaning qulayliklari, tezligi, ishonchli va qulayligi borasida ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, treningda shahar hududida faoliyat olib borayotgan 40 ga yaqin davlat buyutrmachilarining davlat xaridlarini amalga oshirishdagi muammolari, yangi tashkilotlar bilan ishlash strategiyalari, davlat xaridlari to'g'risidagi qator qonun va qonun osti hujjatlar bilan ishlash kabi mavzularida ham fikrlar almashildi.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook
👍21👏1
#Nuroniylar_maskani

Nurafshon shahar markazida "Nuroniylar maskani" ishga tushadi

Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Nurafshon shahri markazida namunaviy loyihalar asosida "Nuroniylar maskani" qurilishiga start berildi. Mazkur majmuada nuroniylar uchun dam olish, shaxmat-shashka, sport-sog'lomlashtirish, tibbiyot xonalari, choyxona tashkil etiladi. Boy kitob fondiga ega kutubxona ham faoliyat ko'rsatadi.

– Viloyatimizda 340 mingdan ziyod nuroniylar istiqomat qiladi, – deydi viloyat "Nuroniy" jamg'armasi raisi F.Omonov. – Ular davlatimiz e'tiborini kundalik hayotida his qilib turibdi va bundan minnatdor. Ayni paytda katta hayotiy tajribaga ega faxriylarimiz ijtimoiy hayotda, ayniqsa, yoshlar tarbiyasida faol ishtirok etmoqda.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook
👍3👏1
#tayinlov

Prezident farmoyishi bilan Saida Shavkatovna Mirziyoeva Prezident Аdministratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati boʼyicha shoʼba mudiri lavozimiga tayinlandi.

Ushbu shoʼba yangidan tuzilgan boʼlib, Prezident Аdministratsiyasi rahbarining jamoatchilik fikrini oʼrganish va axborot siyosati uchun masʼul oʼrinbosari tizimi tarkibiga kiradi.

Shuningdek, S.Sh.Mirziyoeva ijtimoiy soha, madaniyat va taʼlim sohalaridagi islohotlar ijrosining borishini ham nazorat qiladi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook
👍4👏2🤔1🎉1
Hurmatli hamshaharlar!!!

Bugun, 15 noyabr kuni ayrim hududlarda kuchli yogʼingarchilik bo'lishi, shuningdek, (qor, yomgʼir), tuman tushishi kutilmoqda.
👍2🔥1👏1
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkent shahrida oʼtayotgan YUNESKOning Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berishga bagʼishlangan Butunjahon konferensiyasi ochilishida ishtirok etib, nutq soʼzlaydi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari konferensiya doirasida YUNESKO bosh direktori Odri Аzule bilan uchrashuv oʼtkazadi.

✍️ Prezident matbuot kotibi.
👍1👏1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг Кичик ёшдаги болаларни тарбиялаш ва таълим бериш бўйича иккинчи Бутунжаҳон конференцияси очилиш маросимидаги нутқи

Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the World Conference on Early Childhood Care and Education

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на Всемирной конференции по воспитанию и образованию детей младшего возраста

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
👏2👍1
#Nurafshon
#FVV
#oylik
#evalak

🚒 Xabaringiz bor joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar mamlakatimizda yongʼin xavfsizligi oyligi oʼtkazilishi belgilangan.

💁‍♂️ Shu munosabat bilan Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar boʼlimi tomonidan "Evalak" MFY aholisi hamda 25-maktab oʼqituvchi va oʼquvchilari bilan uchrashuv oʼtkazildi.

🔥 Tadbir jarayonida Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining "targʼibot avtobusi"da mavjud boʼlgan yongʼin oʼchirish asbob anjomlari, himoya kostyumlari va qiziqarli videoroliklar ular eʼtiboriga havola etildi.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook
👏3👍1
#tayinlov

📝 Prezident farmoni bilan Ruslanbek Quroltaevich Davletov Prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari boʼyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʼzbekiston Respublikasi adliya vaziri lavozimidan ozod etildi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook
👍2👏1🎉1
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Senat aʼzosi etib saylandi

Bu haqda viloyat hokimligining matbuot xizmati ma'lum qildi.

Xalq deputatlari Toshkent viloyati, tuman va shaharlari Kengashining qoʻshma majlisida deputatlarning 641 nafari nomzodni yoqlab ovoz bergani maʼlum qilindi va Zoyir Mirzayev mutlaq koʻpchilik ovoz bilan Oliy Majlis Senati aʼzosi etib saylandi.

Qoʻshma yigʻilishda Z.Mirzayev soʻz olib, bildirilgan ishonch uchun xalq vakillariga minnatdorlik bildirdi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook
👍6👏2
#Nurafshon
#g‘alaba
#muborak

Chirchiq davlat pedogogika universitetida Xalq taʼlimi vazirligining "5 ta muhim tashabbus festivali"da gʼoliblikni qo‘lga kiritgan bir guruh o‘quvchilar taqdirlanishdi.

E'tirof etilgan yoshlar safida nurafshonlik o‘quvchilar ham bor.

Jumladan, Nurafshon shahar 1-IDUM o‘g‘il bolalar jamoasi sport yo‘nalishining stritbol sport turida respublikada 1-o‘rinni va qizlar jamoasi sportning shu yoʼnalishida respublikada 2-o‘rinni egallab, qimmatbaho sovgʼalarni qo‘lga kiritishdi.


✍️ Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook
👍3👏2🎉2
Hurmatli nurafshonliklar!!!

Bugun Toshkent viloyatining ayrim hududlarida qor yogʻishi mumkin

Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, bugun, 16-noyabr kuni Toshkent viloyatida havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi hududlarda qorga aylanishi mumkin. Joylarda tuman tushishi mumkin.
👍21👏1
#tayinlov

Prezident farmoni bilan Xudaybergenov Tursinxan Аydarovich Prezidentning Orolboʼyi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari buyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari boʼyicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.

U mahalla va nuroniylarni qoʼllab-quvvatlash vaziri vazifasini bajaruvchisi lavozimidagi faoliyatini davom ettiradi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook
👍2👏1🎉1
Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Toshqulov Аkbar Joʼrabaevich nomzodi adliya vaziri lavozimiga maʼqullandi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook
👍2🎉2👏1