Nurafshon shahar hokimligi
2.05K subscribers
36K photos
3.33K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
Yashil makon doirasida atirgul ko‘chatlari ekilmoqda

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent yo‘li ko‘chasi bo‘ylab atirgul ko‘chatlari ekilmoqda.

Shaharimiz yanada obod va ko‘rkam bo‘lishi yo‘lida ishlar davom etmoqda.

#YashilMakon #Obodonlashtirish #Atirgul #Ekologiya #YashilHudud #ToshkentYo‘li #Gul

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Парламентлараро иттифоқнинг 150-юбилей Ассамблеяси Ўзбекистонда ўтказилаётгани – юртимизда олиб борилаётган кенг кўламли демократик ислоҳотлар, парламентаризм ва вакиллик ҳокимиятини ривожлантириш борасида эришилаётган катта натижаларнинг эътирофи.

Проведение 150-й юбилейной Ассамблеи Межпарламентского союза в Узбекистане – признание больших достижений в масштабных демократических преобразованиях, развитии парламентаризма и представительной власти в нашей стране.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Nurafshonda DXX Kubogiga start berildi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Mahalla uyushmasi hamkorligida an’anaviy tarzda tashkil etilayotgan DXX Kubogining Nurafshon shahri bosqichi tantanali tarzda boshlandi.

Musobaqaning ochilish marosimida futbol va mini-futbol bo‘yicha ishtirokchilar o‘rtasida qur’a tashlash jarayoni o‘tkazildi. Unda jamoalar musobaqa tartib-qoidalari bilan tanishtirildi va rasmiy guruhlar shakllantirildi.

Mazkur musobaqa sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yoshlar orasida futbolni ommalashtirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

Bellashuvlarda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigitlar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazadilar.

Musobaqa bahslari shahar sport maydonlarida davom etadi.

#DXXKubogi #Nurafshon
#MiniFutbol #Futbol

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hushyor bo’ling - himoya o’z qo’lingizda!

Bank xodimlari Sizga bank karta ma’lumotlarini so’rab qo’ng’iroq qilmaydi.

Ilova orqali hyech qanday harakatlar bo’lmaganini tekshiring! Biror nima bo’lsa o’zingiz bankka telefon qiling!

Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Chig‘iriq mahallasida o‘rdakchilik orqali daromad topayotgan faol fuqaro

📍Toshkent viloyati, Nurafshon shahri Chig‘iriq mahallasida yashovchi Rixsiyev Erkin Ergashevich o‘z mehnati bilan o‘rdakchilikni yo‘lga qo‘yib, barqaror daromad topmoqda.

🦆 Faoliyatini 2 yil avval bir necha bosh o‘rdak bilan boshlagan Erkin aka bugunga kelib ularning sonini 600 taga yetkazdi. Mahalladagi qarovsiz zovur bo‘ylarini obodonlashtirib, ishini kengaytirmoqda.

💰 O‘rdaklarning erkaklari 200 ming, urg‘ochilari 150 ming so‘mdan sotilmoqda. Bu yil u sonini 1000 taga yetkazishni rejalashtirgan.

💼 “Har bir oila — tadbirkor” dasturi orqali ajratilgan 33 million so‘m kredit evaziga faoliyatini kengaytirgan.

🌱 Bu tashabbus mahalla yoshlari va aholisiga o‘rnak bo‘lishi bilan birga, mavjud imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanishning samarali namunasidir.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt