Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.7K photos
4.04K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
#Sport

Nurafshon shahrida Ichki ishlar kubogi uchun voleybol musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi. Qizg‘in va kuchli raqobat ruhida o‘tgan bellashuvlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar tantanali tarzda taqdirlandi.

Mukofotlarni Nurafshon shahar IIB boshlig‘i А.Yuldashov topshirib, sportchilarga muvaffaqiyatlar tiladi hamda bunday musobaqalar yoshlarni intizom, iroda va jamoaviylikka chorlayotganini alohida ta’kidladi.

Nurafshonda sportga e’tibor — yoshlar kelajagiga e’tibor.

https://t.me/Nurafshonpressa
#YoshlarYetakchilari
#Nurafshon

🌿 Nurafshonda ezgu an’anaga aylangan hashar

Ro‘zmatilla Ibragimov Nurafshon shahridagi To‘ytepa mahallasiga yoshlar yetakchisi etib tayinlanganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsa-da, qisqa muddatda mahallada tub o‘zgarishlarga zamin yaratmoqda. Uning yangi tashabbuslari va faoliyati keng jamoatchilik e’tiborini qozonmoqda.

Bugun Yoshlar ishlari bo‘limi tashabbusi bilan “Adham sahoba” ziyoratgohi hududida hashar o‘tkazildi. 🌳🧹

Tadbirda Nodirbek singari fidoyi yoshlar ham faol qatnashib, birlik va hamjihatlik namunalarini ko‘rsatishdi 🤝
🗣 B. Abduqodirov, Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i:
“Hashar – bu nafaqat jismoniy mehnat, balki xalqimizning birligi, ahilligi va mehr-oqibatining yorqin ifodasi. Har birimiz mahallamiz uchun mas’ulmiz. Kelajak avlod uchun toza va obod Vatan qoldirish — barchamizning burchimizdir” deb taʻkidladi.


Hashar davomida hudud tozalandi, atrof obodonlashtirildi, muhit yanada chiroyli ko‘rinishga keltirildi.

https://t.me/Nurafshonpressa
4👍4
#Kuz_Qish

Mahallalarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va chiqindi toʻlovlari boʻyicha targʻibot ishlari davom etmoqda

Nurafshon shahrida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari doirasida aholi bilan ochiq muloqotlar oʻtkazilmoqda. Tadbirlar davomida mavsumga mas’uliyat bilan kirishish, issiqlik, elektr va suvdan oqilona foydalanish hamda chiqindi xizmatlari uchun toʻlovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Mazkur jarayonlarda Nurafshon shahri prokuraturasi va O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi shahar boʻlimi vakillari tomonidan 16 ta mahallada tushuntirish ishlari olib borildi.

Fuqarolarga isitish tizimlari, energiya va suvdan tejamkor foydalanish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, chiqindi toʻlovlari boʻyicha mavjud muammolar eshitilib, ularni hal etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi hamda aholi takliflari o‘rganildi.

https://t.me/Nurafshonpressa
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟠 Ilk marta O’zbekistonda UNESCO Bosh konferensiyasi bo’lib o’tmoqda

Samarqand shahrida o’tkazilayotgan UNESCOning 43-Bosh konferensiyasi doirasidagi tadbirlarni yoritishda yuzlab xorijiy va mahalliy OAV vakillari ishtirok etishmoqda.

Nufuzli anjuman munosabati bilan tashkil etilgan Matbuot markazida media vakillari tezkor va sifatli axborot tayyorlashi, intervyu olib efirga uzatishi hamda samarali ishlashi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi Jahon sammitida ishtirok etish uchun 3-4-noyabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Эмира Государства Катар Шейха Тамима бин Хамада Аль Тани 3-4 ноября посетит эту страну с рабочим визитом для участия во втором Всемирном саммите по социальному развитию.

#Mirziyoyev #tashrif #Qatar #sammit

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Davlat aktivlarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 4 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 4 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 4 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 2 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 6 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 1 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
🎉 TABRIK!

Nurafshon shahri hokimligi jamoasi nomidan

Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassis — Muxamedova Yulduz Azatovnani tug‘ilgan kuni bilan chin dildan tabriklaymiz! 🌸

Yulduz Azatovna o‘zining mas’uliyatli mehnati, fidokorligi va odamlar bilan muloqotdagi samimiyligi orqali jamoamiz hurmatini qozongan.

Sizga sog‘liq-salomatlik, oilaviy baxt, faoliyatingizda muvaffaqiyat va yangi zafarlar tilaymiz!


Hurmat bilan,
Nurafshon shahari hokimligi jamoasi

https://t.me/Nurafshonpressa
👏145👍4🔥1