Nurafshon shahri hokimligi
3.3K subscribers
42.8K photos
3.84K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Nurafshon shahar hokimi I. Klichxanov raisligida navbatdagi ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishda shahar hokimining o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar. Kun tartibidan qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining  borishi, kommunal to‘lovlardan yuzaga kelayotgan debitor qarzdorliklarni so'ndirish, ko‘p qavatli uylarning ichki issiqlik tizimlarini sozlash hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish masalalari o‘rin oldi.

Yig'ilish  tanqidiy va tahliliy ruhda o‘tdi. Shahar hokimi I. Klichxanov  muhokama qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha aniqlangan muammolarni hal etish,   mavjud kamchiliklarni bartaraf qilishda rahbarlar mas’uliyatini oshirish zarurligini alohida ta’kidladi.

Yakunda esa mas’ullarga  aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. Ushbu topshiriqlarning ijrosi nazoratga olindi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍41
Hurmatli fuqarolar!

Nurafshon shahrida qish mavsumida aholining mavjud muammolarini oʻrganish hamda ularni oʻz vaqtida bartaraf etishga qaratilgan SHTAB faoliyati yoʻlga qoʻyilganini bildiramiz!

🔻 Agarda xonadoningiz yoki mahallangizda kommunal sohalarda muammolar yoki favqulodda avariya holatlari yuzaga kelsa, zudlik bilan shtab a’zolariga xabar berishingizni so’raymiz.

📌 Shtabning asosiy vazifasi – aholidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor (operativ) ravishda bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat.

📞 Murojaat uchun tezkor shtab tarkibi va telefon raqamlari:

🔹 Shtab rahbari – Nurafshon shahar hokimining qurilish, to'siqlarsiz muhit yaratish kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko’kalamzorlashtirish masalalari bo’yicha o’rinbosari
Farhod Shomurodov
;
☎️ Tel.: (55) 903-21-58
📱 Tel.: (90) 022-01-03

🔸 Shtab rahbari o’rinbosari – Nurafshon shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Shohrux Inomxonov;
📱 Tel.: (99) 849-15-14

🔹 Shtab kotibi – Nurafshon shahar hokimligi bosh mutaxasissi
Ergashev Doston
;
📱 Tel.: (97) 460-62-51
☎️ Tel.: (55) 903-21-58

🔥Nurafshonshahargaz” gaz ta’minoti bo’limi boshlig’i Laziz Karimov;
📱 Tel.: (90) 336-71-12
☎️ Tel.: (99) 004-81-04 (dispetcher)

⚡️ Nurafshon shahar Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig’i Anvar Urazaliyev;
📱 Tel.: (98) 001-10-40.
☎️ Tel.: (95) 195-14-67.
(95) 195-14-60 (dispetcher)

🚰 Nurafshon shahar Suv ta’minot bo’limi boshlig’i Mirvohid Xoliqov;
📱 Tel.: (90) 112-40-60.
☎️ Tel.: (71) 76-26-371 (dispetcher)

🚒 Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo’limi boshlig’i Xalilov Maqsud;

📱 Tel.: (90) 916-34-40.
☎️ Tel.: (70) -202-20-21:
(70) 76-26-101:
101: 1050 (dispetcher)

♻️ Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig’i Azizxodjayev Saidburxon;
📱 Tel.: (93) 444-83-81.
☎️ Tel.: (70) 76-25-359 (dispetcher)

📐 Davlat kadastr palatasi Nurafshon shahar filiali boshlig’i Shuxrat Shukurxonov;
📱 Tel.: (90) 906-91-81.

☎️ Shahar Telekommunikasiya bog’lanmasi;
📱 Tel.: (99) 007-14-94
☎️ Tel.: (70) 76-27-008
(70) 76-27-006 (dispetcher)

🏗 Nurafshon shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo’limi Sirojiddin Yusupov;
📱 Tel.: (98) 999-95-51, (94) 424-58-51.


🏗Bekzod-Servis 777 MCHJ. Bekzod Karimov;
📱Tel.:90-023-03-70.
(dispetcher) 90-038-77-12.

🏗To‘ytepa Yuksak Servis MCHJ. Jalol Donayev;
📱Tel.: 99-890-49-47.
(dispetcher) 77-073-10-55.

🏗Yangiobod Aholiga Xizmat MCHJ. Ixtiyor Rahimov;
📱Tel.: 99-123-61-61.
(dispetcher) 90-480-68-82.

🛣 O'rta Chirchiq tumani Yo’llardan foydalanish unitar korxonasi rahbari Rasul To'xtasinov;
📱 Tel.: (98) 000-11-77,
(90) 128-64-41.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
4👍1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Naqdsiz hisob-kitoblar ommalashtiriladi


“Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–246-son, 10.12.2025-y.) qabul qilindi.

🔰 Farmonga ko'ra, quyidagilar 2030-yilgacha yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishning asosiy maqsadli ko'rsatkichlari etib belgilandi, jumladan:

🔹 yalpi ichki mahsulotga nisbatan kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushini 1,3 baravarga qisqartirish;

🔹 savdo va xizmat ko'rsatish sohalarida aholi tomonidan to'lovlarni naqd pulsiz amalga oshirish ulushini 75 foizga yetkazish.

2026-yil 1-apreldan quyidagilar uchun to'lovlar faqatgina bank kartalari yoki elektron to'lov tizimlari orqali amalga oshiriladi:

▪️ davlat organlari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar;

▪️ elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvidan foydalanganlik uchun to'lovlar;

▪️ alkogol va tamaki mahsulotlari;

▪️ transportlarga yoqilg'i quyish shoxobchalari orqali aholiga neft-gaz mahsulotlarini sotish va elektrda harakatlanadigan transportlarni zaryadlash bo'yicha xizmatlar;

▪️ qiymati 25 mln so'mdan oshadigan tovar va xizmatlar;

▪️ ko'chmas mulk obyektlari, ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan M, N, O va G toifaga kiruvchi transportlar hamda maxsus avtotransport vositalarini sotish va sotib olish.
#muhim

🗓12.12.2025.

"Siyosiy-ma'rifat soati" o'tkazildi


Siyosiy-ma'rifiy hamda huquqiy savodxonlikni oshirish, davlat fuqarolik xizmatchilarini vatanga sadoqat, kasbiga hurmat, mehnat faoliyatiga munosabat va mas'uliyatni yanada oshirishga xizmat qilayotgan navbatdagi "Siyosiy-ma'rifat soat"i Nurafshon shahar hokimligi majlislar zalida o'tkazildi. Unda hokim o'rinbosarlari, apparat xodimlari, Respublika ishchi guruhi a'zolari hamda korxona, tashkilot vakillari doimiy ravishda ishtirok etib kelishmoqda.

2025 - yilning 12 - dekabr kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-maʼrifat soati"da eng muhim va dolzarb mavzular haqida maʼlumotlar tinglandi.

Tadbirda mahallalarda olib borilayotgan ishlar, kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Qolaversa, ishchi-xizmatchilarining siyosiy ongi hamda fuqarolik mas’uliyatini yanada yuksaltirishga alohida e’tibor qaratildi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2
Forwarded from Мирзохиджон Исмоилов
“Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida profilaktik tadbir o‘tkazildi

Mamlakatimizda 1-dekabrdan 30-dekabrgacha “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilmoqda. Nurafshon shahrida Oʻzbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi xodimlari hamda Nurafshon shahar FVB inspektorlari tomonidan mahallalarda keng qamrovli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tadbirlar davomida aholiga yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, gaz ballonlari va elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, isitish moslamalarining texnik holatini muntazam nazorat qilish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berilmoqda.

Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi "Ma'rifat" mahalla fuqarolar yig'ini hududida tashkil etildi. O'zaro muloqotlarda xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish, nosoz jihozlardan foydalanmaslik va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish tartibi yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
3👍1
🎺🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇺🇿Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Milliy statistika qo‘mitasi, UNFPA'ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan hamkorlikda ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar o‘rtasida “Eng yaxshi targ‘ibot materiali” tanlovini e’lon qiladi.

🔝Tanlovga taqdim etiladigan materiallar aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonining maqsad va vazifalari, bosqichlari, ahamiyati hamda ushbu tadbirning jamiyat hayotidagi o‘rnini yoritishi talab etiladi.

Ijodiy ishlar quyidagi shakllarda qabul qilinadi:
➡️maqola
➡️teleko‘rsatuv
➡️radio lavha
➡️blog posti
➡️videorolik
➡️ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan targ‘ibot materiali


🗓Materiallar 2026-yil mart oyiga qadar qabul qilinadi.

🎁Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

📩Ijodiy ishlarni yuborish uchun manzil:
@UsmonAbdurasulov

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish masalasiga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi

Bugun Nurafshon shahar hokimligi majlislar zalida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o'tkazildi. Mazkur yig‘ilishga shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev raislik qildi. Tadbirda shahar prokurorining katta yordamchisi Elyor Abdualiyev, mahalla “yettiligi” a’zolari hamda mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarini samarali tashkil etish, yuzaga kelayotgan muammolar va ularni hal etish yo‘llari muhokama qilindi. Mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👍1🔥1
“Cho‘lponning qotili” spektakli

Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi Prezident maktabi faollar zalida Abdulhamid Cho‘lpon hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Cho‘lponning qotili” sahna spektakli Cyber Universityning “Kiber Nur” teatr jamoasi tomonidan namoyish etildi. Ushbu spektakl Cyber Universiteti bilan hamkorlikda tashkil qilindi.

📝 Asarda jadidchilik harakati, milliy uyg‘onish g‘oyalari hamda totalitar tuzumning ziyolilar taqdiriga ko‘rsatgan ta’siri yorqin sahnalashtirildi.

✏️ Milliy o‘zlik, adolat, vijdon, ma’rifat va ijod erkinligi kabi dolzarb masalalar ko‘tarildi.


🫥 Tadbir o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tarixiy haqiqatni anglash va ma’naviy merosga hurmat tuyg‘usini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

Qatag‘on qurbonlari xotirasini yod etish, ularning ruhini shod aylash maqsadida tashkil etilgan ushbu spektakl o‘tmish saboqlarini eslatib, yosh avlodni adolat va ma’naviyatga chorlovchi muhim tadbir bo‘ldi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
4👍3