Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
44.5K photos
4.1K videos
61 files
12.6K links
Download Telegram
#AyollarDaftari

📌 “Ayollar daftari”ning 7-bosqichiga start berildi

Bugun shahrimizda “Ayollar daftari”ning 7-bosqichi rasman boshlandi.
Ushbu muhim jarayonga Respublika kasaba uyushmalari federatsiyasidan biriktirilgan vakil U. Rashidov, viloyat kasaba uyushmasidan biriktirilgan vakil J.Xidirov, shahar hokimi o‘rinbosari N.Djumanova, Mahallalar uyushmasi shahar bo'limi boshlig‘i Z.Maxsudova, shuningdek, shahar bandlikka ko'maklashish markazi va "Inson" ijtimoiy himoya bo‘limi hamda MK bank vakillari hamkorlikda kirishdilar.

Mazkur bosqich doirasida aniq “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, rejali va manzilli ishlar boshlab yuborildi. Asosiy maqsad — ehtiyojmand xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda ijtimoiy muammolariga amaliy yechim topishdan iborat.

“Ayollar daftari” — bu nafaqat ro‘yxat, balki ayollarning ertangi kuniga ishonch, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan tizimli harakatdir. Yangi bosqich esa yanada samarali, ochiq va natijador ishlar bilan davom etadi.


https://t.me/Nurafshonpressa
1
#TinchlikVaBarqarorlik

📌 Nurafshon shahri prokurori Dehqonobod mahallasida o‘rganish olib bordi

Respublika mahallalarida xavfsiz muhit yaratish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda aholi tinchligini ta’minlashga qaratilgan 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1 va PQ-2-sonli qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahri prokurori T. Karimov o‘ziga biriktirilgan Dehqonobod mahallasida bo‘ldi.


Tashrif davomida prokuror mahalla “yettilligi” va mas’ullar bilan uchrashib, hududdagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika ishlarini kuchaytirish masalalarini atroflicha muhokama qildi. 🤝

Shuningdek, mahalla hududi ko‘zdan kechirilib, aholini tashvishga solayotgan muammo va kamchiliklar o‘rganildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. 📝

Bunday manzilli o‘rganishlar aholi xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda mahallalarda tinch va osoyishta muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

https://t.me/Nurafshonpressa
1
#AdliyaKuni


📌 “Adliya kuni” – aholiga huquqiy ko‘mak va tushuntirishlar berildi

Bugun, 2026-yilning 11-fevral kuni Nurafshon shahri adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Birlik” MFYda “Adliya kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida aholiga huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi hamda sayyor qabul tashkil etildi. ⚖️

Sayyor qabul jarayonida fuqarolarning murojaatlari tinglanib:
🔹 2 nafar fuqaroning murojaati ish yurituviga qabul qilindi;
🔹 5 nafar fuqaroga joyida huquqiy tushuntirish berildi;
🔹 7 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ta’minlandi.


Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-sonli qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli qarori, “Mulk huquqlari kafolatlari” hamda boshqa yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga batafsil tushuntirildi va targ‘ibot materiallari (flayerlar) tarqatildi. 📄

Bundan tashqari, fuqarolarga oilaviy nizolarni bartaraf etish, oilaviy ajrimlarning oldini olish hamda ajrimlarning kelgusidagi salbiy oqibatlari yuzasidan huquqiy tavsiyalar berildi. 👨‍👩‍👧‍👦


https://t.me/Nurafshonpressa
1
#Murojaat

Nurafshon shahar IIB boshlig‘i A.Yuldashevning kiberjinoyatlardan ogoh bo‘lish yuzasidan shahar aholisiga MUROJAATI

Nurafshon shahar Ichki ishlar bo'limi tomonidan kiberxavfsizlikni ta’minlash, firibgarlik jinoyatlarining oldini olish va aholining ogohligini oshirish bo‘yicha doimiy profilaktik tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu jarayonda fuqarolarning hushyorligi, ongli yondashuvi va hamkorligi eng muhim omil hisoblanadi.

Hurmatli fuqarolar!

Ogoh bo‘ling, axborot madaniyatingizni oshiring, o‘zingizni va yaqinlaringizni kiberfiribgarlardan asrang!

➡️ BATAFSIL..

https://t.me/Nurafshonpressa
3👍1
Xavfsiz mahalla — osoyishta hayot garovi. “Favqulodda vaziyatlardan xoli mahalla oyligi” doirasida yong‘in xavfsizligi, texnika xavfsizligi va favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Beparvo bo‘lmang, o‘zingiz va yaqinlaringiz xavfsizligini ta’minlang!

https://t.me/Nurafshonpressa
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ro‘yxat_2026

Ro‘yxatga oluvchilar pul yoki SMS-kod so‘rashlari mumkinmi?

Batafsil videoizohdan bilib olishingiz mumkin.

Ro‘yxatga olish 28-fevralga qadar davom etadi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM