Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
49.3K photos
4.87K videos
69 files
14.2K links
Download Telegram
#mustaqillik
#35yil

Bayram shukuhi: Nurafshon osmonida bayramona mushaklar

Nurafshon shahridagi "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram marosimi o‘zining eng yorqin va ta’sirchan lahzalari bilan yakunlandi.

Vatan madhi, milliy san’atimiz va istiqlol tuyg‘usi bilan yo‘g‘rilgan rang-barang konsert dasturi tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Tantanada dronlar shousi barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Musaffo osmonimizni bezagan mushakbozlik bayramga o‘ziga xos fayz va unutilmas zavq bag‘ishladi.

Osmondagi rang-barang shu’lalar go‘yo xalqimizning ezgu orzu-niyatlari, ertangi kunga ishonchi va yurt kelajagiga bo‘lgan umidlarining yorqin timsoliga aylandi.

Yashasin mustaqil O‘zbekiston!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


NURAFSHON, FINAL MUSHАKBOZLIK!

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#РЕСПЕКТ!

МЕҲНАТ ҚАДР ТОПГАН КУН...

Бугун Тошкент вилоятида Мустақиллигимизнинг 35 йиллиги муносабати билан "Янги Ўзбекистон боғи" да байрам тадбири жуда кўтаринки ва унутилмас руҳда нишонланди.
Байрамда вилоятимизнинг барча туман ва шаҳарларидан турли касб эгалари — ўз меҳнати билан юртимиз тараққиётига ҳисса қўшаётган инсонлар таклиф этилди.

Табиийки, байрамга мезбонлик қилган Нурафшон шаҳридан ҳам турли соҳа вакиллари иштирок этди. Аммо бугун мен учун энг қувонарлиси — одатда кўзга ташланмайдиган, аммо ҳар куни ўзининг ҳалол меҳнати билан таълим муассасаларимиз тозалиги, тартиби ва хавфсизлигини таъминлаб келаётган фаррош ва қоровулларнинг ҳам байрам меҳмони сифатида эъзозлангани бўлди.

Нурафшон шаҳар ҳокими Қ.Хамдамов ташаббуси билан таълим муассасаларида фаолият юритаётган фаррош ва қоровуллар ҳам байрам иштирокчилари рўйхатига киритилди. Яъни, байрамни ташкил этишда меҳнат қилган ходимлар байрамнинг ўзида ҳам меҳмон сифатида қатнашиши керак, деган эътибор ва инсоний ёндашув намоён бўлди.

Тадбирда бир фаррош аёл билан суҳбатлашиб қолдим. Унинг кўзларидаги қувонч, ҳаяжон ва миннатдорликни сўз билан ифодалаш қийин эди. У оддий, самимий сўзлар билан ўз миннатдорчилигини билдирди.
Шунда яна бир ҳақиқатни ҳис қилдим:
Инсонни қадрлаш учун катта нарса шарт эмас. Баъзан унинг меҳнатини кўриш, исмини тилга олиш, байрамга таклиф қилишнинг ўзи ҳам қалбига катта қувонч берар экан.
Бу миннатдорчиликни етказиб қўйишни лозим топдим.

Ҳар бир инсоннинг меҳнати қадрли. Айниқса, кундалик оғир меҳнати билан бошқаларга қулайлик яратиб келаётган инсонларнинг меҳнати эътибордан четда қолмаслиги керак.

Меҳнатни қадрлаган, инсонни улуғлаган бундай эътибор учун ташаккур.

Мустақиллик байрами барчамизга ана шундай қувонч, эътибор ва қадр ҳиссини улашсин! 🇺🇿

Телеграм | Instagram  | Youtube | Tik tok | Facebook
👍6👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#shukuh

Toshkent viloyatida mustaqilligimizning 35 yillik tantanalari ko‘tarinki ruh, yuksak badiiy-g‘oyaviy saviyada nishonlandi!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


KATTA BAYRAM DASTURIGA MARHAMAT

Aziz Nurafshon ahli va mehmonlari!
Barchangizni bugun soat 19:00 da Nurafshon City markazidagi amfiteatrda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etiladigan bayram tantanasiga taklif etamiz!

Tadbir dasturidan Vatanimiz va istiqlolimizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, favvora shousi, shuningdek, estrada yulduzlarining yorqin chiqishlari o‘rin olgan.

🎟 KIRISH MUTLAQO BEPUL!

⚠️MUHIM ESLATMA!

❗️Tadbirga bayramona va rasmiy libosda kelish so‘raladi.
❗️ Xavfsizlik talablari sababli yosh bolalar bilan kirishga ruxsat etilmaydi.
❗️ 18:30 da kirish to'xtatiladi. Shu bois, tashrif buyuruvchilardan belgilangan vaqtdan oldin yetib kelish so‘raladi.


🇺🇿Yurtimiz mustaqilligining 35 yillik to‘yini birgalikda munosib nishonlaylik!

Bayramga — Nurafshon Cityga marhamat!

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍4🔥2


ESTRADA YULDUZLARI — NURAFSHONDA!

Aziz Nurafshon ahli va mehmonlari! Barchangizni bugun soat 19:00 da Nurafshon City markazidagi amfiteatrda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etiladigan bayram tantanasiga taklif etamiz!

Siz uchun estradamizning porloq yulduzlari Mirjalol Ne'matov, VIA Maroqand, Avazbek Olimov, Nargiz, Janze kuylaydi. Tadbir dasturidan Vatanimiz va istiqlolimizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, favvora shousi ham o‘rin olgan.

🎟 KIRISH MUTLAQO BEPUL!

⚠️MUHIM ESLATMA!

❗️Tadbirga bayramona va rasmiy libosda kelish so‘raladi.
❗️ Xavfsizlik talablari sababli yosh bolalar bilan kirishga ruxsat etilmaydi.
❗️ 18:30 da kirish to'xtatiladi. Shu bois, tashrif buyuruvchilardan belgilangan vaqtdan oldin yetib kelish so‘raladi.


🇺🇿Yurtimiz mustaqilligining 35 yillik to‘yini birgalikda munosib nishonlaylik!

Bayramga — Nurafshon Cityga marhamat!

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3


Ayni vaqtda Nurafshon shahrida Mustaqilligimizning 35 yillik shodiyonalariga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov shahrimiz ahlini qutlug‘ ayyom — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi.

Bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyat, ezgu tilaklar va tantanali lahzalarga boy tarzda davom etmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1