Milliylik va tibbiyot — qadriyatlar uyg‘unligi
Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi jamoasi tomonidan tibbiyot sohasida zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash bilan bir qatorda, xalqimizning boy milliy qadriyatlari va an’analarini asrab-avaylash hamda targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Pensiya #IshStaji #PensiyaTizimi #XalqaroTajriba
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Barqaror elektr ta’minoti yo‘lida amaliy ishlar davom etmoqda
Nurafshon shahrining "Hurriyat" MFY hududida aholi xonadonlarini barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash hamda tarmoq quvvatini mustahkamlashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ayni paytda TP 376-sonli transformator beton ustunlarni o‘rnatish hamda elektr uzatish tarmoqlarini yangilash doirasida SIP kabel tortish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur ishlar yakunlangach, hududdagi elektr tarmoqlarining ishonchliligi oshirilib, iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash sifati yaxshilanishi ko‘zda tutilgan.
Nurafshon shahrida aholiga qulay va barqaror infratuzilma yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kambag‘allikni qisqartirish: har bir oila uchun aniq vazifalar belgilandi
Prezident raisligida joriy yil 3-sentabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahar hokimi Qobil Xamdamov Dehqonobod mahallasida bo‘lib, hokimga biriktirilgan kambag‘al oilalarning ijtimoiy va iqtisodiy holatini o‘rgandi.
✔️ O‘rganish davomida oilalarning muammolari va mavjud imkoniyatlari tahlil qilinib, ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha manzilli choralar belgilandi. Jumladan, bir oilaning bog‘cha yoshidagi farzandini imtiyoz asosida maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berildi.✔️ Shuningdek, yana bir oilada mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan fuqaroni doimiy ish bilan ta’minlash, xonadonlardagi bo‘sh yer maydonlaridan unumli foydalanish hamda uy sharoitida daromad keltiruvchi faoliyatni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Shundan so‘ng mahalladagi “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganilib, kambag‘allik darajasini qisqartirish va uni bartaraf etish bo‘yicha aniq va manzilli topshiriqlar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
6 MILLION SO‘MGACHA ISH HAQI: 100 DAN ORTIQ BO‘SH ISH O‘RNI
Nurafshon shahrida ish izlayotgan fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayni paytda Degantepa mahallasidagi NEMO COLLECTION tikuvchilik korxonasida 100 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni mavjud.
Ish haqi 3 million so‘mdan 6 million so‘mgacha bo‘lib, mehnat faoliyati va orttirilgan tajribaga qarab ish haqining oshib borishi ko‘zda tutilgan.
✔️ 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan, ishlash istagidagi fuqarolar ishga taklif etiladi. Muhimi, ishga kirish uchun avvaldan maxsus malakaga ega bo‘lish shart emas. Korxonada malakasiz xodimlarga ham kasb o‘rgatilib, zarur mehnat ko‘nikmalari shakllantiriladi. Mazkur imkoniyatlardan foydalanib, fuqarolar doimiy bandligini ta’minlashi va o‘z daromadlarini oshirishi mumkin.☎️ 95 076 15 84📌 Lokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat ko‘magini yana bir bor his qildim — bir fuqaroning uch muammosi joyida hal etildi
Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahrida Islohotlar shtabi tashkil etilib, har bir mahallaga malakali mutaxassislar biriktirildi. Shahar hokimi rahbarligidagi ishchi guruhlar tomonidan mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar muvofiqlashtirib borilmoqda.
✅ Jumladan, “Obod turmush” mahallasiga biriktirilgan rahbar hamda mahalla yettiligi tomonidan xonadonlar xatlovdan o‘tkazilib, oilalarni daromadli qilish va mavjud muammolarini hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, mazkur mahallada yashovchi fuqaroning uchta muammosi — pasport olish, farzandini maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish hamda ish bilan ta’minlash masalalari joyida o‘rganilib, ijobiy hal etildi.
❗️Bunday amaliy ishlar shaharning barcha mahallalarida davom ettirilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Olmazor tajribasidan poytaxt miqyosiga: mahalla va ko‘chalarni kompleks rivojlantirishning yangi bosqichi.
—
От опыта Алмазара – к масштабу всей столицы: новый этап комплексного развития махаллей и улиц.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
От опыта Алмазара – к масштабу всей столицы: новый этап комплексного развития махаллей и улиц.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X