Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.88K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#Nurafshon
#respublikada
#birinchi

Kuni kecha Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan "Besh tashabbus" Respublika sport musobaqalarida Nurafshon shahar yoshlari faxrli 1-o'rinni egallagani haqida xabar bergan edik.

Ular mazkur musobaqada 16-21 yosh toifasida sportning stritbol turi bo‘yicha ishtirok etishib
Respublikada oliy o‘rinni zabt etishdi.

Bugun Nurafshon shahar hokimi Muzaffar Saliyev boshchiligidagi mutasaddi tashkilotlar vakillari, mahalla faollari va yoshlar musobaqa g‘oliblarini tantanali kutib olishdi.

"Tong" madaniyat markazida o‘tkazilgan tadbirda shahar hokimi ishtirok etib, g‘oliblarni chin dildan tabrikladi. Bayramga munosib tuhfa bilan kelishgani uchun ularga, ustozlariga, ota-onalariga o‘zining samimiy minnatdorchiligini bildirdi.

G'oliblar va murabbiy-ustozlarga "Nurafshon shahrining 5 yilligi" yubiley esdalik ko‘krak nishoni hamda hokimlikning sovg'alari topshirildi.

G‘alaba muborak Nurafshonim!

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
👏1🎉1🏆1