Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.88K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#Nurafshon
#hokim
#sayyor_qabul
#birinchi_sektor

Ayni daqiqalarda Nurafshon shahar 1-sektor rahbari, shahar hokimi Muzaffar Saliyev 57-maktabda sayyor qabul o‘tkazmoqda.

Qabulda shahardagi mahallalar fuqarolari ishtirok etmoqda.

Shahar hokimi murojaatlarning aksariyatini joyida hal qilib, yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar vakillariga topshiriq berib, har bir muammo jiddiy nazoratga olinishini alohida ta'kidlab o‘tdi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook
👍4👏1💯1
#Nurafshon
#energiya_tejamkor
#birinchi_uy
#Yoshlik_MFY

Bugun Nurafshon shahar "Yoshlik" MFYda O'zbekistonda ilk bor tajriba-sinov tariqasida qurilgan, energiya sarfi deyarli nolga teng bo'lgan uy bilan tanishuv bo'lib o'tdi.

Tadbirda BMT Bosh kotibi yordamchisi, BMT Taraqqiyot Dasturi Administratorining yordamchisi Xaolyan Shu boshchiligidagi delegatsiya vakillari ishtirok etishdi.

Energiya tejamkor uy BMT Taraqqiyot dasturi, Qurilish vazirligi hamda Global atrof-muhit fondining moliyaviy ko'magida amalga oshirilayotgan "O'zbekistonda energiya samarador qishloq uy-joy qurilishini rivojlantirish" qo'shma loyihasi doirasida qurilgan.

Mazkur uy qurilishida ishlatilgan texnologiyalar
birinchi marta qo'llanilganligi bois ham energiya sarfi deyarli nolga teng bo'lib, uy birlamchi sinov uchun ommaga taqdim etilmoqda.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook
👍6👏1🎉1💯1
#Nurafshon
#respublikada
#birinchi

Kuni kecha Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan "Besh tashabbus" Respublika sport musobaqalarida Nurafshon shahar yoshlari faxrli 1-o'rinni egallagani haqida xabar bergan edik.

Ular mazkur musobaqada 16-21 yosh toifasida sportning stritbol turi bo‘yicha ishtirok etishib Respublikada oliy o‘rinni zabt etishdi.

Bugun Nurafshon shahar hokimi Muzaffar Saliyev boshchiligidagi mutasaddi tashkilotlar vakillari, mahalla faollari va yoshlar musobaqa g‘oliblarini tantanali kutib olishdi.

"Tong" madaniyat markazida o‘tkazilgan tadbirda shahar hokimi ishtirok etib, g‘oliblarni chin dildan tabrikladi. Bayramga munosib tuhfa bilan kelishgani uchun ularga, ustozlariga, ota-onalariga o‘zining samimiy minnatdorchiligini bildirdi.

G'oliblar va murabbiy-ustozlarga "Nurafshon shahrining 5 yilligi" yubiley esdalik ko‘krak nishoni hamda hokimlikning sovg'alari topshirildi.

G‘alaba muborak Nurafshonim!

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
👏1🎉1🏆1
#Birinchi_qo‘ng‘iroq

🔔Yurtimizdagi maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq sadolari jarangladi

Yoz bo‘yi maroqli hordiq chiqargan bolajonlar uchun yana hayajonli, quvonchli va mas’uliyatli damlar boshlandi. Birinchi qo‘ng‘iroq sadolari jaranglab, umumta’lim maktablari yigit-qizlarni yana o‘z bag‘riga chorladi.

Bu damlar, ayniqsa, maktab atalmish muqaddas dargohga ilk bor qadam qo‘ygan kichkintoylar uchun yanada hayajonli, orziqib kutilgan va unutilmasdir.
Ilk qo‘ng‘iroq sadosi ko‘zlari charaqlab turgan birinchi sinf o‘quvchilari qalbida bong uradi. Endi ular aka-opalariga o‘xshashga, ulardek «a’lo» o‘qishga intiladi...

Nurafshon shahridagi 13-umumta’lim maktabida ham 🔔«Birinchi qo‘ng‘iroq» tadbiri ana shunday ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Bayramona bezatilgan ta’lim dargohi o‘quvchilarga yana o‘z eshiklarini ochdi.

Tadbirga shahar hokimi I.Klichxanov tashrif buyurib, bolajonlarning quvonchlariga sherik bo‘ldi.

⚡️Yangi o‘quv yili — yangi qadamlar barchamizga muborak bo‘lsin!

@Nurafshonpressa