Oʼzsanoatqurilishbank matbuot kotibi | Behzod Bozorov
2.4K subscribers
1.56K photos
506 videos
4 files
1.14K links
Oʼzsanoatqurilishbank Аxborot xizmati rahbarining rasmiy kanali - Официальный канал руководителя пресс-службы Узпромстройбанка. Murojaat uchun/Для обращения @bbozarovbot
Download Telegram
#live

Xabar berilganidek, bugun OAV vakillari Oʻzsanoatqurilishbankning moliyaviy koʻmagida yangi loyiha – polipropilen va poliyetilendan quvurlar, fitinglar hamda turli roʻzgʻor buyumlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan “Asia polyplast” korxonasiga tashrif buyurdi.

“Asia polyplast” korxonasi tomonidan yiliga 112,5 mlrd. soʻmlik 5 million kvadrat metr polimer materiallaridan mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Shundan 700 ming dollar qismi qoʻshni davlatlarga eksport qilinmoqda.

– Bizning sohada sinov-laboratoriya ishlari juda muhim, – deydi “Asia polyplast” MCHJ rahbari Umid Abulov. – Mahsulotlarimizning xalqaro andozalarga javob berishini korxonamiz negizida tashkil etilgan zamonaviy va sertifikatlangan laboratoriya markazi faoliyati kafolatlab berayapti. Doimiy monitoring ishlari orqali esa, assortimentni yangilab borish va sifatni bir maromda ushlashga erishayapmiz.

Press-tur davom etmoqda.
#live

Xabar berilganidek, bugun OAV vakillari Oʻzsanoatqurilishbankning moliyaviy koʻmagida yangi loyiha – polipropilen va poliyetilendan quvurlar, fitinglar hamda turli roʻzgʻor buyumlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan “Asia polyplast” korxonasiga tashrif buyurdi.

Press-turda taʼkidlanganidek, “Asia polyplast” polipropilen va poliyetilen quvurlari hamda fiting mahsulotlarining yaroqlilik muddati 50 yilgacha. Ulardan foydalanish soddalashtirilgan boʻlib, ogʻir uskunalarga ehtiyoj sezilmaydi. Bu isteʼmolchilar xarajatlarini sezilarli darajada tejaydi.

Press-tur davomida ishtirokchilar korxonaning roʻzgʻor buyumlarini ishlab chiqarish sexidagi ish jarayonini ham koʻzdan kechirdi. Turli yorqin rangdagi idishlar sifati va dizayni boʻyicha tushunchalarga ega boʻldi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#press_tur
#live

O'zsanoatqurilishbank tomonidan Farg'ona viloyatida navbatdagi press-tur o'tkazilmoqda.

Unda ishtirokchilar mintaqadagi yirik paxta tolasini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona "Fergana Global Textile" faoliyati bilan tanishadi.

Bizni kuzatishda davom eting.

📨 SQB Yangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#press_tur
#live

Press-tur ishtirokchilari "Fergana Global Textile" korxonasining ip-kalava ishlab chiqarish bo'limida

Ma'lumotlarga ko'ra, mazkur bo'limda sutkasiga 33-35 tonnagacha tayyor mahsulot ishlab chiqariladi.

Birozdan so'ng ularning qay tariqa tayyor matoga aylanishi haqida ma'lumot beramiz.

Bizni kuzatishda davom eting!

📨 SQB Yangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#press_tur
#live

Avval xabar berganimizdek, jurnalist va blogerlar ishtirokida Farg'ona viloyatida O'zsanoatqurilishbank tomonidan navbatdagi press-tur o'tkazilmoqda.

Ishtirokchilar "Fergana Global Textile" korxonasida bo'lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.

Bugungi kunda korxona mahsulotlariga "Zara", "Bershka", "Oysho", "Stradivarius", "Massimo Dutti", "Pull and Bear" kabi jahonning mashxur brendlari qiziqish bildirmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

📨 SQB Yangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#press_tur
#live

Avval xabar berganimizdek, jurnalist va blogerlar ishtirokida Farg'ona viloyatida O'zsanoatqurilishbank tomonidan navbatdagi press-tur o'tkazilmoqda.

Press-tur doirasida Oʻzsanoatqurilishbankning Fargʻona mintaqaviy bank xizmatlari ofisida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda transformatsiya ishlaridan keyin bank tarmogʻidagi oʻzgarishlar haqida soʻzlab berildi.

Taʼkidlanganidek, joriy yilning 1-dekabr holatiga koʻra, BXO tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlar oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 2 baravarga oʻsgan. 55 ta loyihani moliyalashtirish maqsadida 510,3 mlrd. soʻm miqdorida kredit ajratilgan. Buning hisobiga 360dan ziyod ish oʻrni yaratilgan.

Anjuman davomida jurnalistlar shu va boshqa savollar yuzasidan mutaxassislardan atroflicha javob olishdi.

📨 SQB Yangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live

O’zsanoatqurilishbankda Yoshlar ishlari agentligi direktori, O’zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi Alisher Sa’dullayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📨 SQB Yangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live 🔴

O’zsanoatqurilishbank tomonidan jurnalist va blogerlar uchun Surxondaryo viloyatiga press-tur tashkil etildi

Press-tur ishtirokchilarining ilk manzili Muzrabot tumanida bank kredit mablagʻlari yordamida faoliyatini boshlagan va ayni vaqtda qamishdan yogʻoch-qirindili plitalar (DSP mahsulotlari) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “SURXON KSP-GRAND” masʼuliyati cheklangan jamiyati bo’ldi.

Korxona va bank hamkorligida 2020-yilda 205 mlrd. 864 mln. soʻmga teng loyiha amalga oshirilgan. Buning hisobiga chetdan yangi liniya keltirib oʻrnatilgan.

Natijada esa mahsulot sifati ortib, ishlab chiqarish kengayadi, ishchilar soni 600 nafarga yetadi.

Press-tur davom etmoqda.

SQB Yangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live 🔴

O’zsanoatqurilishbank tomonidan Surxondaryo viloyatiga tashkil etilgan press-turning navbatdagi manzili Qumqo’rg’on tumanidagi un va un mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Business capital” korxonasi bo’ldi.

Korxonaga Turkiyadan texnologik uskunalar olib kelib, o’rnatish uchun bank tomonidan 1 mln. 64 ming yevro kredit ajratiladi.

Buning natijasida hududda xalqaro standartlar asosida mahsulot ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi. 30 nafardan ziyod mahalliy aholining bandligi ta’minlanadi.

Ayni vaqtda bu yerda ichki va tashqi bozorga yiliga 54 million tonna tayyor mahsulot yetkazib berilmoqda.

SQB Yangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live 🔴

Xabar berganimizdek, 21-22-fevral kunlari O’zsanoatqurilishbank tomonidan jurnalist va blogerlar uchun Surxondaryo viloyatiga press-tur tashkil etildi. Uning doirasida bugun ishtirokchilar Surxondaryo mintaqaviy bank xizmatlari ofisida o’tkazilgan matbuot anjumanida ham qatnashdi.

Tadbirda oʻtgan yil bankning Surxondaryo hududiy boshqarmasi mijozlari bazasi 1,2 baravarga, kredit ajratish 2,2 baravarga, masofaviy bank mahsulotlaridan foydalanish 115 foizga ortgani qayd etildi.

Joriy yilda aholiga 75,5 mlrd. soʻm, yirik korxonalar va tadbirkorlik subyektlariga 175,76 mlrd. soʻm miqdorida kredit mablagʻlari ajratish rejalashtirilgani maʼlum qilindi.

SQB Yangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live

Joriy yilning 28-mart kuni ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Navoiy viloyatiga press-tur tashkil etildi.

Unda jurnalistlar bank koʻmagida ishga tushirilgan avtomobil va sanoat filtrlarini ishlab chiqaruvchi “Navpromlitmash” korxonasi faoliyati bilan tanishtirilmoqda.

50 kishi mehnat qiladigan korxonada sutkasiga 3 ming dona tayyor mahsulot (gaz, salon, havo va moy filtrlari) ishlab chiqariladi.

Press-tur davom etmoqda.

SQB Yangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live

Navoiy viloyatiga tashkil etilgan press-tur doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing ham oʻtkazildi.

Brifingda Bankning Navoiy hududiy boshqarmasi tomonidan mijozlarga yaratilayotgan qulayliklar tufayli uning asosiy koʻrsatkichlari sezilarli darajada oʻsgani ma'lum qilindi.

Xususan, joriy yilning 1-yanvar holatiga koʻra, boshqarma kredit portfeli oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 5 foizga ortib, 1,3 trln. soʻmni, depozit bazasi 34 foizga oshib, 336,2 mlrd. soʻmni tashkil qildi. Masofaviy bank xizmatlaridan foydalanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar soni mingtaga yetdi. 2022-yilda oʻtgan davrga nisbatan 260 foizga koʻp sof foyda olindi.

SQB Yangiliklari
#live

Бугун, 12 июнь куни Ўзсаноатқурилишбанк томонидан Бухоро вилоятидаги ишлаб чиқариш корхоналарига пресс-тур ташкил этилди.

Пресс-турнинг биринчи манзили - маҳаллий хомашё - мармар ва гранитдан замонавий пардозбоп қоплама тошлар ишлаб чиқарувчи “BUKHARA GOLD GRANIT” корхонаси бўлди.

Корхонага Ўзсаноатқурилишбанк кўмагида 1,5 млн. доллар ҳажмидаги хорижий кредит линияси ажратилиб, Туркиядан илғор технологик мажмуа келтириб ўрнатилган.

Тўлиқ “яшил” мезонларга жавоб берадиган мазкур технологиялар ёрдамида йилига 21 фоиз энергия самарадорликка эришиш ва атроф-муҳитга 8 тонна зарарли газлар чиқишининг олди олинади.

Пресс-тур давом этмоқда.

SQB Yangiliklari
#live

Хабар берилганидек, бугун Ўзсаноатқурилишбанк томонидан Бухоро вилоятида пресс-тур ўтказилмоқда.

Оммавий ахборот воситалари вакиллари парранда ва парранда озуқасини етиштириш билан шуғулланувчи “Golden food” масъулияти чекланган жамиятига ҳам ташриф буюришди.

– Ҳудуддаги етакчи тадбиркор сифатида “маҳаллабай” асосида кооперация тизимида ишлашни йўлга қўйдик, – дейди “Golden food” МЧЖ директори ўринбосари Эркин Жўраев. – Унга кўра, хўжалигимизда инкубатор ёрдамида бир йилда 350 минг бош бройлер жўжа олиниб, 150 та хонадонга тарқатилмоқда, катта бўлгач яна қайтариб сотиб олинмоқда.

Корхона томонидан банк кўмагида парранда озуқасини ишлаб чиқариш йўналишида умумий миқдори 750 минг долларлик лойиҳа ишга туширилган. Натижада, қўшимча 20 та иш ўрни яратилган, йилига 24 минг тонна маҳсулот ишлаб чиқариш йўлга қўйилган.

SQB Yangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#press_tur
#live

📹 O'zsanoatqurilishbank tomonidan tashkil etilgan navbatdagi press-turda jurnalistlar hamda blogerlar Buxoro viloyati Kogon tumanidagi "KOGON NUR TEKS" korxonasi faoliyati bilan tanishmoqda.

Buxorolik tadbirkor ayol Adolat Maxsudova tomonidan ta'sis etilib, bank moliyaviy ko'magida ish boshlagan mazkur korxona mahsulotlari bugun Rossiya, Polsha, Italiya va Vengriya bozorlarini zabt etmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live
#press_tur

Jurnalist va blogerlar Navoiy viloyatidagi vodorod peroksidi ishlab chiqaruvchi “Uzbekistan hydrogen peroxide” korxonasi faoliyati bilan tanishmoqda.

MDH hududida yagona hisoblangan ushbu zavod O’zsanoatqurilishbank tomonidan moliyalashtirilgan.

SQB Yangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live

Ayni paytda jurnalistlar Forish tumanidagi “Basalt Uzbekistan” klasteri faoliyati bilan tanishmoqdalar.

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan Jizzax viloyatiga tashkil etilgan navbatdagi press-tur davomida jurnalistlar, oʻz yoʻnalishida Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan mazkur zavoddagi ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulot turlari, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, kelgusida amalga oshiriladigan loyihalari bilan tanishadilar.

SQB Yangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live

Toshdan geosetka!

Forish tumanidagi “Basalt Uzbekistan” klasterida o'tkaziyotgan press-tur davomida zavod mutaxassisi toshdan geosetka olish jarayonlari haqida gapirib berdi. Qizig'i, ushbu geosetkalar avtomobil yo'llarini, hattoki, aeroportlar uchish-qo'nish yo'laklarini qurishda ham foydalaniladi.

SQB Yangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live

Jizzax viloyati Forish tumanidagi “Bazalt Uzbekistan” klasterida “Bazalt asosli mahsulotlarni iqtisodiyotning turli sohalarida qo‘llash samaradorligi” mavzusida xalqaro forum boshlandi.

Forumda yirik buyurtmachilar, qurilish korxonalari, loyihalash institutlari va boshqa manfaatdor vazirlik, idoralar vakillari, mahalliy va xorijiy ishbilarmonlar, shuningdek, Janubiy Koreya, Italiya, Chexiya, Turkiya, Rossiya kabi davlatlardan mutaxassislar ishtirok etmoqda.

SQB Yangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live
#press_tur

O’zsanoatqurilishbank tomonidan Xorazm viloyatida navbatdagi press-tur tashkil etildi. Unda jurnalist va blogerlat Xonqa tumanidagi “Red Star Oxus” korxonasiga tegishli 5-avlod tipidagi issiqxonada bo’lib, mahsulot yetishtirish va eksport jarayonlari bilan tanishtirildi.

Ma'lumot uchun, 6 gektarli issiqxona Oʻzsanoatqurilishbankning imtiyozli kreditlari hisobiga barpo etilgan bo'lib, 2023-yilgi hosildan 6,5 mlrd. soʻmlik mahsulot ichki bozorga, 800 ming dollarlik mahsulot esa, xorijga eksport qilingan.