Sardor Bazarbaev
7.61K subscribers
2.74K photos
220 videos
590 files
1.3K links
Hamkorlik masalalari uchun: uzedu.bazarbaev@gmail.com

Prezidentning fan olimpiadalarini rivojlantirish bo‘yicha vakili: 👉 t.me/bazarbaevs/4451
Download Telegram
Forwarded from INNO Technopark
⚡️ 1-avgust kuni “Ulug`bek Izdoshlari” olimpiadasining final bosqichi yozgi maktabi ochilish marosimi Inno Texnoparkida o`tkazildi.

Unda Innovatsiyalar Milliy ofisi Bosh direktori Olimjon To`ychiyev va Tojikiston Respublikasi Fan va ta`lim vazirligi vakili Farruh Karimov so`zga chiqib ishtirokchilarni ushbu bosqichgacha yetib kelganliklari bilan qutlashdi.

✔️Yozgi maktabda 40 nafar ishtirokchi Tojikiston Respublikasidan, 20 nafar ishtirokchi O`zbekistondan ishtirok etmoqda.

“Ulug`bek izdoshlari” olimpiadasi so`ngi bosqichi yozgi maktab tarzida tashkil etildi. Qatnashchilarga 5 kun davomida xalqaro olimpiadalar dasturi bo`yicha darslar, va texno-turlar o`tkaziladi. Shuningdek ishtirokchilarga Innovatsion rivojlanish vazirligiga, INNO texnoparkga, Astrum IT akademiyasiga, Matematika institutiga, tashriflar tashkillashtirilgan.

Yozgi maktab 1-5 avgust kunlari bo`lib o`tadi.

❗️“Ulug`bek Izdoshlari” olimpiadasining final bosqichi 6-7 avgust kunlari matematika va fizika fanidan o`tkaziladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sardor Bazarbaev
Olimpiada dasturi (final).pdf
FINAL RESULTS.pdf
171.9 KB
“ULUG‘BEK IZDOSHLARI” olimpiadasining final bosqichi natijalari.

Taqdirlash marosimi
ertaga (6-avgust kuni) soat 14:00 da INNOTEXNOPARK da boshlanadi.

INNOTEXNOPARK lokatsiyasi: 👉 t.me/mu627/101

Mas’ullar bilan bogʻlanish:
📞 +998932825657
📞 +998939290006
Sardor Bazarbaev
FINAL RESULTS.pdf
MATEMATIKA 9-11 sinf.pdf
588.9 KB
“ULUG‘BEK IZDOSHLARI” olimpiadasining matematika fanidan 9-11 sinf o‘quvchilariga berilgan topshiriqlar, yechimlari va baholash mezoni.

Boshqa sinflarga berilgan testlar khiso.uz saytida ham (bepul) onlayn olimpiada ko‘rinishida o‘tkaziladi.

Olimpiadani sevadiganlarga ulashing👉 @bazarbaevs
Sardor Bazarbaev
Chellenjga siz ham qoʻshiling! #bazarbaev_bilan_10000_qadam 🏃🏻Soʻnggi bir hafta davomida har kuni kamida 10.000 qadam yurishga bel bogʻlagan edim. Xabaringiz bor, Prezidentimiz tashabbusi bilan kuniga 10.000 qadam yurganlarga 3.000 soʻmdan toʻlash amaliyoti…
Chellenj hali ham davom etmoqda!

#bazarbaev_bilan_10000_qadam

🏃🏻Oldinroq 10.000 qadam yurish orqali kuntesti mobil ilovamiz uchun kundalik 30 ta bepul tanga beradigan chellenj boshlagan edim.

Ushbu chellenj davom etmoqda.

Bugungi natijamni rasmini ulashmoqdaman.

Kimda kim har kuni davomida 10.000 dan ortiqroq qadam bosib oʻtsa Kuntesti mobil ilovasi uchun har kuni 30 ta bepul tanga beriladi. Ham sogʻlom boʻling, ham testlarda bepul qatnashing.

Buning uchun (istalgan dasturdagi) kunlik qadamlar soni 10.000 dan oshgani haqidagi skrinshotni instagram tarmogʻida istoriyangiz mening profilimni belgilagan holda qoʻyishingiz kerak.

Mening profilimni instagramdan bazarbaev_sardor_urinbaevich deb qidirishingiz yoki quyidagi havola orqali topishingiz mumkin:

👉 INSTAGRAM
Sardor Bazarbaev
FINAL RESULTS.pdf
Sovgʻalar egalarini kutmoqda🤩
“Ulug’bek izdoshlari olimpiadasi final bosqichi g’oliblari taqdirlandi

Joriy yilning 1-6-avgust kunlari “Ulug’bek izdoshlari olimpiadasi”ning so‘ngi bosqichi yozgi maktab tarzida tashkil etildi. Mazkur yozgi maktabda ishtirokchilarga 5 kun davomida xalqaro olimpiadalar dasturi bo’yicha darslar va texnoturlar tashkil etildi.

“Ulug‘bek izdoshlari” olimpiadasida jami 100 ga yaqin yoshlar, jumladan 40 nafar ishtirokchi Tojikiston Respublikasidan, 60 nafar ishtirokchi O’zbekiston Respublikasidan ishtirok etdilar. Olimpiadaning final bosqichi 5-avgust kuni matematika va fizika fanidan bo’lib o’tdi.

Olimpiadaning final bosqichi g’oliblarini taqdirlash marosimi 6-avgust kuni INNO texnoparkida bo’lib o’tdi. Taqdirlash marosimida yuqori o’rinlarni egallagan ishtirokchilarga qimmatbaho esdalik sovg’alari va sertifikatlar topshirildi.
Men uchun oʻtgan olimpiadaning haqiqiy qahromi mana shu yigitcha!

Karimjonov Daler 3-sinf boʻlishiga qaramasdan 5-6 sinf oʻquvchilari oʻrtasida kurashdi.

Bobosiga alohida tashakkur izhor etaman. Toʻy hasham, choyxona va hakazo maishiy tashvishlarni emas, (Prezidentimiz tilidan aytganda millatimizning oltin fondi boʻlgan yoshlar) nabirasining ilmini birinchi oʻringa qoʻygan inson ekanlar!

Hech qachon harakatdan toʻxtama Dalerjon!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mu627
#summercamp_2022

1-6 avgust kunlari Innovatsiya vazirligi - Мининновации, Innovatsiyalar Milliy ofisi, V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika Instituti, A.Avloniy nomidagi ITI va Khwarizmi International School of Olympiads hamkorligida “Ulugʻbek izdoshlari” olimpiadasining final bosqichi yozgi maktab shaklida tashkil etildi.

“Yozni ilm bilan, innovatsiya bilan oʻtkazing” shiori ostida oʻtkazilgan yozgi maktabga 35 nafar Tojikistonlik oʻquvchilar va 5 nafar oʻqituvchilar ham qatnashganini alohida e’tirof etishimiz kerak.

Olimpiadaning final bosqichi g’oliblarini taqdirlash marosimi 6-avgust kuni INNO texnoparkida bo’lib o’tdi. Taqdirlash marosimida yuqori o’rinlarni egallagan ishtirokchilarga qimmatbaho esdalik sovg’alari va sertifikatlar topshirildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Олимпиада ғолиблари тақдирланди
#9aug #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv