“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ | RASMIY KANAL
1.59K subscribers
3.44K photos
905 videos
7 files
2.06K links
“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJning rasmiy telegram kanali.

Murojaatlar uchun:
Bot: https://t.me/Toshkentsuvtaminoti_bot
Guruh: https://t.me/uzsuv_chat
Call-center: 12-55
Jamiyatning Call-center 71 202-14-14; 95 063-12-55; 95 142-04-86; 95 479-89-69
Download Telegram
#rasmiy_munosabat

➡️Facebook ijtimoiy tarmogʻi orqali Yangiyoʻl tumanida- “Shodlik” va “Saxovat” MFY larida sogʻliqqa xavf soluvchi holatlar mavjud,- deya ichimlik suvining sifati talab darajasida emasligi aytilgan murojaat tarqaldi.

🔷Holat yuzasidan “Toshkent suv ta'minoti” MChJ bosh muhandisi R.Hokimboyev va Yangiyoʻl tuman boʻlimi mas’ullari murojaat yuzasidan hududga tashrif buyurishdi va holatni oʻrganishib quyidagilarni ma’lum qiladi:

❗️Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi tomonidan ichimlik suvi tahlil uchun namuna olinganda yomon chiqqanligi aytilgan-u xulosa ilova qilinmagan. Shuningdek oʻzi yashash xonadoni yertoʻlasidagi oqova suv quvurlaridagi nosozlik aks etgan suratlar ilova qilinib “fakt” sifatida koʻrsatilgan, vaholanki 2014-yil 15-iyuldagi Vazirlar mahkamasining 194-sonli qaroriga asosan ushbu holat uchun shirkat tashkilotlari javobgar hisoblanishadi.

Mas’ullar oqova suv quvuridagi ushbu nosozlikni keltirib chiqargan ehtimol bilan barcha oqova suv quduqlarini nazoratga olishdi, jumladan hududdagi “Samarqand” koʻchasida asfalt qoplamasi ostida qolgan ikki nazorat qudugʻidagi oqova suv tarmoqlari ham tozalandi.

“Shodlik” MFY dagi tahlil uchun olingan ichimlik suv namunasi
31-may 2022-yil holatida ichishga yaroqliligi xulosalangan, shuningdek bugun ushbu hududdagi xonadonlardan ichimlik suvi namunasi tekshirish uchun olindi.

❗️Shu o'rinda iste'molchilardan oqova suvdan foydalanish madaniyatiga rioya qilishlarini so'rab qolardik.

https://t.me/uzsuvtoshkentviloyati
#rasmiy_munosabat

📲Facebook ijtimoiy tarmogʻida Chirchiq shahri "Sugʻdiyona" koʻchasidagi aholi vakilidan ichimlik suvi loyqaligidan shikoyat mazmunida tarqalgan murojaat yuzasidan #munosabat

🔷“Toshkent suv ta’minoti” MChJ Chirchiq shahar boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-51-18-sonli qarori asosida joriy yilning 2-avgustida Chirchiq shahridagi “Yulduz”, “Turon”, “Hayot guli” va “Ahmad Yassaviy” MFYlarida ichimlik suv quvurlarini rekonstruksiya qilish va zulfinlarni almashtirilishi maqsadida 27 ta MFY da ichimlik suv ta’minoti vaqtincha toʻxtatilishi haqida e’lon berilgan.

🏗Rekonstruksiya natijasida ichimlik suvi quvurida yigʻilgan loyqa quvurlar orqali chiqqan va iste’molchida norozilik paydo boʻlgan. Bir necha daqiqa davomida suv oqizilgach quvurdagi loyqalar oqib, odatdagi kabi shaffof suv oqa boshlagan.

❗️Mas'ullar tomonidan murojaat tushgan hudud va xonadondan ichimlik suvini tekshirish maqsadida namunalar olinib iste’molchiga tushuntirish ishlari olib borildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot

📆Maʼlumki, ilgari tashkilotlar va muassasalar tomonidan o‘z xodimlaridan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar ish haqidan ushlab qolish ko‘rinishida qabul qilinar edi.

❗️Bu tartib 2019-yilning 7-oktabridan bekor qilingan. Biroq, ayrim tashkilotlarning ishchi-xodimlari ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv xizmatlari uchun to‘lovlarni hanuz shu tartib asosida amalga oshirib kelayotgani isteʼmolchilar va suv taʼminoti korxonalari o‘rtasida turli tushunmovchiliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘layotgan edi.

💧2023-yil 1-yanvardan boshlab, yuqoridagi tartib asosida amalga oshirilgan to‘lovlarni isteʼmolchilar hisob raqamiga biriktirishda “O‘zsuvtaʼminot” AJ va hududiy suv taʼminoti korxonalari javobgarlikni o‘z zimmasiga olmasligini maʼlum qilamiz.

💰Isteʼmolchilar to‘lovlarni "Shaxsiy kabinet" xizmati, “UzWater” telegram boti, elektron to‘lov tizimlari, tijorat banklarining shahobchalari va mobil ilovalari yordamida mustaqil ravishda amalga oshirishlari lozim.

Batafsil “O‘zsuvtaʼminot” AJ Axborot xizmatining rasmiy bayonotida👆

🌐Cabinet 💧Bot 🌐Website 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube 📨Chat
#rasmiy_munosabat

📰"Yoshlar ovozi" gazetasining 2022-yil 10-dekabrdagi 90-sonida Yangiyoʻl tumani "Qora tepa" MFYda ichimlik suvi taʼminotidagi muammolar yoritilgan.

📌Haqiqatda hududda ichimlik suv muammosi mavjud boʻlib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi "2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-408-sonli qaroriga muvofiq 2.5 km suv tarmoqlari yotqizilishi rejalashtirilgan.


Murojaatlaringizni quyidagi bot manziliga yo'llashingiz mumkin:

👉🏻 BOT
#Rasmiy_munosabat

📲Telegramm ijtimoiy tarmogʻi orqali Yangiyoʻl tumani hokimiyati orqa tomoni, tuman FHDYo binosiga kiraverish oldidagi kuzatuv qudugʻi qopqogʻi oʻrnida temir boʻlagi yotqizib ketilganligi haqidagi xabar tarqaldi.

Holat yuzasidan joyiga chiqib oʻrganildi va standart qopqoq oʻrnatildi.

Murojaatlaringizni quyidagi bot manziliga yo'llashingiz mumkin:

👉🏻 BOT
rasmiy munosabt
"Toshkent suv ta'minoti"
#Rasmiy_munosabat

📲Telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali “Toshkent tumanida tashiladigan suv narxi oshirildi” sarlavhasi ostida e’lon qilingan xabarga munosabat

❗️Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-sonli qarori 118-bandiga asosan: “Mahalliy davlat hokimiyati organlari lokal suv ta’minoti manbalaridan foydalangan holda, yetkazib berilayotgan suv sifatini me’yoriy hujjatlarda qayd qilingan darajaga yetkazib ta’minlash yuzasidan qat’iy chora-tadbirlar ko‘rishlari shart.

🔷Bunda mahalliy davlat hokimiyati organlari:

🔹ichimlik suvni lokal suv ta’minoti tizimlaridan maxsus avtotransport bilan yetkazib berish tartibini, aniq muddatlarini, miqdorini, punktlarini belgilash (tasdiqlash);

🔹har bir punktga maxsus avtotransport yordamida ichimlik suvni yetkazib beruvchi mas’ul tashkilotni belgilash;

🔹narxlarni tartibga solish organlari bilan kelishgan holda lokal suv ta’minoti tizimlaridan va avtotransport vositasida yetkazib berilgan ichimlik suv uchun narxlarni belgilashga majbur.

Davomi👇🏻
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

📲Telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali tarqalgan "Yo‘llar yomonligidan "Tez yordam" yetib kelolmadi, yaqinda bir mahalladoshimizning bemor farzandi vafot etdi..." sarlavhali murojaat yuzasidan rasmiy munosabat

Murojaatlaringizni quyidagi bot manziliga yo'llashingiz mumkin:

👉🏻 BOT
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

🖥2023-yilning 24-yanvarida  “Milliy” telekanali “Millar” dasturida Yuqori Chirchiq  tumani “Qursoy” MFY dagi ichimlik suvi muammosi tanqid ostiga olingan. 

📌Holat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:

👉🏻Buyurtmachi tashkilot: “Suv taʼminoti va oqova obʼektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” UK Toshkent hududiy boshqarmasi

👉🏻Bosh pudratchi: “Sayin suv inshootlari” MChJ yordamchi pudratchi “Maksimum story elit” MChJ

❗️Qurilish ishlari 2021-yilda “Obod qishloq dasturi” asosida boshlangan boʻlib 99% ishlar bajarilgan, ammo “Toshkent suv ta’minoti” tasarrufiga oʻtkazilmagan.

Batafsil ma’lumot videolavhada☝🏻

Murojaatlaringizni quyidagi bot manziliga yo'llashingiz mumkin:

👉🏻 BOT
Forwarded from Suv ne'mati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 594-F-sonli farmoyishiga asosan Boʻstonliq tuman “Sijjak” MFY ichimlik suvi tizimlarini yaxshilash maqsadida hududda “Oʻzbekkomunalloyihaqurilish” DUK buyurtmasi asosida “Oqtoshloyiha” xususiy korxonasi tomonidan loyihalash ishlari amalga oshirilgan. “Toshkent suv taʼminoti” MChJ bosh pudrat tashkiloti, "WELL STORY BUILDING" MChJ subpudrat tashkiloti etib belgilangan.

Hudud iqlimi va gidravlik bosim inobatga olinmagan holda loyihaga asosan 7,5 km polietilen tarmoq tortish ishlari boshlangan va yakuniga yetmasdan toʻxtatilib quvurlarni temir quvurga almashtirish ishlari boshlangan. Mazkur jarayon ham yakuniga yetmasdan toʻxtatilgan.

👇🏻davomi...
#rasmiy

Tayinlov

Aminov Noʻmon Miraxmatovich – "Toshkent suv taʼminoti" MChJ direktori lavozimiga tayinlandi.

N. Aminov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar "Toshkent suv taʼminoti" MChJ rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat
Forwarded from Suv ne'mati
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Bo’stonliq tuman suv ta’minoti korxonasi rahbarining noma’lum sababga koʻra ishdan olindi” mazmunidagi murojaatga rasmiy munosabat.

“Toshkent suv ta’minoti” MChJ Boʻstonliq tuman filialida rahbarlik lavozimida faoliyat yuritib kelgan Rashidov Mirshoxid joriy yilning 15-fevralida jamiyat kadrlar boʻlimiga kelib oilaviy sharoiti tufayli bajarib turgan lavozimidan ozod qilishlarini soʻrab murojaat qilgan. Kadrlar boʻlimi rahbari F. Nuriddinova esa jamiyat rahbariyati bilan maslahatlashib qaror qabul qilishni so`raganida M.Rashidov taklifni rad etib oʻz xohishiga ko`ra ishdan bo’shash toʻgʻrisida ariza yozgan.

Mazkur arizaga asosan hamda Mehnat kodeksining 99-moddasi 2-qismiga muvofiq Rashidov Mirshoxid Rishod oʻgʻli bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning oʻz tashabbusiga ko’ra bekor qilingan.

Murojaatlaringizni quyidagi bot manziliga yo'llashingiz mumkin:

👉🏻 BOT
#Rasmiy_munosabat

🤳🏻Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan Chirchiq shahar “Gʻalaba” MFY 12-, 14- va 18-domlarni 4-qavatida qariyb 10 kundan beri suv chiqmayotgani haqidagi murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:

🏗Murojaatga binoan Chirchiq shahar suv ta’minoti xodimlari tomonidan hududdagi diametri-300 mm bo’lgan ichimlik suv quvuridagi nosozlik bartaraf etildi va suv ta’minoti tiklab berildi.

📲Murojaatlaringizni quyidagi bot manziliga yo'llashingiz mumkin:

👉🏻
BOT
#Rasmiy_munosabat

🤳Ijtimoiy tarmoqlarda Boʻstonliq tumani "Xondoyliq" MFYda markaziy ichimlik suv quvurida yuzaga kelgan nosozlik haqidagi murojaat yuzasidan “Toshkent suv taʼminoti” MCHJ Bo'stonliq tuman filiali xodimlari tomonidan holat zudlik bilan oʻrganildi.

🙆🏻‍♂️“Birlik” MFY Xondoyliq koʻchasida joylashgan nazorat qudugʻidagi Vantuz (vodoprovod, isitish quvurlarida yigʻilib qolgan havo chiqarib yuboriladigan klapan)da nosozlik aniqlangani ma’lum boʻldi.

Mazkur ehtiyot qism yaroqsiz holatga kelganligi sababli yangisiga almashtirildi.

❗️Shu oʻrinda nosozlik haqida xabar bergan befarq boʻlmagan fuqarolarga jamiyat tomonidan minnatdorchilik bildiriladi.

📲Murojaatlaringizni quyidagi bot manziliga yo'llashingiz mumkin:

👉🏻
BOT
#rasmiy

Tayinlov

Norboev Ozodjon Sharofiddinovich– "Toshkent suv taʼminoti" MChJ Bosh muhandisi lavozimiga tayinlandi.

O.Norboyev ushbu lavozimga tayinlangunga qadar "Toshkent suv taʼminoti" MChJ Tarmoq va inshootlardan foydalanish boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Bo‘stonliq suv ta'monoti xodimlarining oylik maoshlari kechikayotganidan shikoyat mazmunida tarqalgan murojaati yuzasidan rasmiy munosabat.

Holatga Bo‘stonliq suv ta'minoti filiali rahbari tomonidan munosabat bildirilmoqda.

📲Murojaatlaringizni quyidagi bot manziliga yo'llashingiz mumkin:

👉🏻
BOT
Forwarded from O‘zsuvta'minot
🟥🟥🟥🌐

#Rasmiy_bayonot

Ijtimoiy tarmoqlarda: O‘zbekistonda ertadan ichimlik va oqova suv narxlari 2 barobar qimmatlaydi. Jumladan, ichimlik suvi narxlari (1 metr kub) aholi uchun hozir 750 so‘mdan 1500 so‘mgacha ko‘tariladi”, mazmunida tarqatilayotgan xabarlar asossiz hisoblanib, ichimlik va oqova suv narxlari hozircha faqat Andijon viloyatida oshirilishi belgilangan va qaror e'lon qilingan kundan boshlab 15 kun o'tgach kuchga kiradi.

👉Batafsil https://t.me/uzsuv/14072
——————————————————————
❗️❗️❗️❗️ 🌐

#Официальное_заявление

Распространяемая в социальных сетях информация о том, что: "
В Узбекистане с завтрашнего дня тарифы на услуги питьевого водоснабжения и водоотведения увеличатся вдвое. В частности, 1 кубический метр воды будет повысится с 750 сумов до 1500 сумов" является необоснованной, повышение тарифов на услуги питьевого водоснабжения и водоотведения предусмотрено пока лишь в Андижанской области, решение вступает в силу через 15 дней после его провозглашения.

👉 Подробнее: https://t.me/uzsuv/14072

|
🗝Cabinet       |🌐Website
|🤖Bot                |Telegram
|💬Facebook    |🌐Instagram
|
📹YouTube      |🕊 Twitter
|💬Chat | TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from O‘zsuvta'minot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Yangiyoʻl tumani kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-iyuldagi “2024-2025-yillarda Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori mazkur hudud hayotida oʻziga xos tarixiy voqea boʻldi.

Bugun Xalq deputatlari Yangiyoʻl tumani Kengashi deputatlari, tuman faollari va mutasaddilar ishtirokida mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosiga doir kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

Aytish mumkinki, 2024-2025-yillarda tumanda 49 ta loyiha bajariladi, shu maqsadga jami 1,6 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi.

Zoyir Mirzayev qaror doirasida bajariladigan ishlarga toʻxtalib, bunda jamoatchilik nazorati instituti faol boʻlishi muhimligiga eʼtibor qaratdi.

Tuman hokimi Odiljon Ataullayev mazkur qaror ijrosiga doir taqdimot qilib, qarorda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va yuqori saviyada bajarish chora-tadbirlari xususida axborot berdi.

Yigʻilish tafsilotlari haqida bugun qoʻshimcha axborot beriladi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Bugun Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi oʻtkazildi


Unda viloyat Hududiy saylov komissiyasi raisi Ulugʻbek Toʻxtayevning joriy yil 27-oktyabrda boʻlib oʻtgan saylov yakunlari toʻgʻrisidagi axboroti tinglandi.

Sessiyada deputat Fayziyeva Sayyora Mavlonovna Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi etib saylandi.

Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari roʻyxatdan oʻtkazilib, viloyat Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

Maslahatlashuvda Prezident tomonidan Toshkent viloyati hokimi lavozimiga Zoyir Mirzayev nomzodi koʻrsatilganligi bildirildi.

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining qarori bilan Mirzayev Zoyir Toirovich Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM