Nurafshon shahar hokimligi
2.06K subscribers
36.1K photos
3.33K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
Nurafshon shahrida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Shahrimizni yanada ko‘rkam va yashil maskanga aylantirish maqsadida Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan shahar ko‘chalari bo‘ylab gul ko‘chatlari ekilmoqda. Ushbu ishlar atrof-muhitni yanada obod qilish, shahar go‘zalligini oshirish va fuqarolar uchun yanada qulay muhit yaratishga xizmat qiladi.

🌿 Bahorning iliq kunlarida ekilayotgan gullar shahrimizga yanada fayz va chiroy bag‘ishlaydi. Har bir ekilgan gul atrof-muhitni toza saqlashga ham o‘z hissasini qo‘shadi.

📍 Ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda!

#Nurafshon #Obodonlashtirish #Ko‘kalamzorlashtirish #GulKo‘chatlari #TabiatniAsraylik #ShahargaKo‘rk #YashilHudud #Ekologiya #TozaShahar #FayzliManzara

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Bildirish

“Tashabbusli byudjet”da ovoz berish bosqichi ertaga yakunlanadi


“Tashabbusli byudjet” jarayonlarining 2025-yildagi 1-mavsumida ovoz berish bosqichi ertaga, 20-mart kuni soat 23:59 da yakunlanadi.

G‘olib loyihalar ro‘yxati 21-mart — Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi.

Ma'lumot uchun, ovoz berish jarayonlari “Ochiq byudjet” portalining veb-sahifasi yoki telegramdagi rasmiy bot yordamida amalga oshirilmoqda.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt