Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.7K photos
4.03K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
#QulayMuhit

Nurafshon shahri markazida qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda

Nurafshon shahri markaziy shifoxonasi atrofida yo‘l va infratuzilma obyektlarini ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Shahar hokimi I.Klichxanov bunyodkorlik ishlari olib borilayotgan hududda bo‘lib, jarayon bilan yaqindan tanishdi. U mutasaddilar bilan ishlarning borishini ko‘zdan kechirib, yo‘l sifati va aholiga qulaylik yaratish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.

“Aholi uchun qulay va xavfsiz yo‘l sharoitlarini yaratish — bizning ustuvor vazifamizdir. Har bir ishga mas’uliyat bilan yondashish zarur,” — deya ta’kidladi shahar
hokimi.


Qurilish va obodonlashtirish ishlari natijasida markaziy shifoxona atrofi tobora yangilanib, zamonaviy qiyofa kasb etmoqda. Ushbu o‘zgarishlar aholiga yanada qulay, xavfsiz va shinam muhit yaratishga xizmat qiladi.

https://t.me/Nurafshonpressa
👍31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#No_comment

Shahar markaziy shifoxonasi atrofida qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda

https://t.me/Nurafshonpressa
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Nurafshon shahrining Navro‘z mahallasi hududida qurilish va obodonlashtirish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Ishlar aholiga yanada qulay sharoit yaratish va hudud infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan.

https://t.me/Nurafshonpressa
👍2
#TozalikMadaniyati

🌿 Ozoda muhit — sog‘lom hayot garovi!

Bugun ham shahrimiz ko‘chalarida obodonlashtirish va tozalik ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Mehnatkash obodonlashtirish bo'limi xodimlari erta tongdan shahrimizning har bir go‘shasini ozoda saqlash uchun sidqidildan mehnat qilmoqdalar.

🧹 To‘kilgan barglar yig‘ilib, ko‘chalarimiz tozalanmoqda.
🚛 Yig‘ilgan chiqindilar maxsus texnika yordamida olib chiqilmoqda.
🌳 Atrof-muhit tozaligini saqlash — nafaqat xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning, balki har birimizning insoniy burchimizdir!

Shahrimizning har bir ko‘chasi, har bir go‘shasi toza va go‘zal bo‘lishi uchun barchamiz birgalikda harakat qilaylik!
Ozoda muhit — madaniyatimizning yorqin ko‘zgusidir!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#FarovonHayot

💡 Ko‘chalarimiz yanada yorug‘ bo‘ladi!

Shahar obodonchiligi va elektr tarmoqlari xizmati xodimlari tomonidan ko‘chalardagi tungi yoritgichlar ta’mirlanmoqda va yangilariga almashtirilmoqda.

Mazkur ishlar aholi uchun qulay, xavfsiz va yorug‘ kechalarni ta’minlash maqsadida muntazam davom ettirilmoqda. 🌙

⚙️ Mutaxassislarimiz tomonidan elektr tarmoqlari sinchiklab tekshirib chiqilib, mavjud nosozliklar bartaraf etilmoqda.

Yorug‘ va xavfsiz ko‘chalar — tinch va farovon hayotimiz garovidir!

https://t.me/Nurafshonpressa
1
#hamkorlik

Toshkent viloyati shifokorlari Koreyada zamonaviy tibbiyot tajribasini o‘rganmoqda

Toshkent viloyati hokimligi hamda Koreya Respublikasining Kyongido provinsiyasi gubernatorligi o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolangan.

Unga muvofiq hamda provinsiya gubernatori Kim Dong Yongning taklifiga ko‘ra, joriy yilning oktyabr–noyabr oylarida viloyatimizning bir guruh tibbiyot mutaxassislari malaka oshirish va tajriba almashish maqsadida Koreyaga jo‘nab ketishdi.

Jami yetti nafar shifokor Kyongido provinsiyasidagi ikki yirik tibbiyot markazi rahbariyati tomonidan samimiy va do‘stona kutib olindi.

Ayni paytda ular neyroxirurgiyaning eng murakkab operatsiyalarini o‘rganish bilan birga, laparoskopik va robot yordamidagi endoprotez qo‘yish amaliyotlarida ham faol ishtirok etmoqdalar.

So‘nggi ikki yil davomida viloyat tibbiyot mutaxassislari xorijda orttirgan bilim va tajribalar asosida angiografiya, spinal neyroxirurgiya, laparoskopik hamda torakoskopik amaliyotlarni yo‘lga qo‘yishga erishgan bo‘lsalar, mazkur safar davomida jarrohlik, travmatologiya, intervension kardiologiya va neyroxirurgiya yo‘nalishidagi shifokorlarimiz zamonaviy usullarni yanada takomillashtirib, amaliyotga joriy etishni rejalashtirmoqdalar.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Diqqat, e'lon!

⚡️1-noyabrdan 100 foiz elektrga chiqindi qarzdorligi bogʼlanadi.

Ma'lumki, fuqarolarning elektr energiyasi va chiqindi tashish hamda olib ketish uchun to'lov qilish muddatlari ko'p tilga olinmoqda. Xususan, chiqindi tashish va olib ketish xizmatida foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida yangi “Toza Makon-billing” dasturiy kompleksi ishga tushirilgani munosabati bilan tizimdagi qator o'zgarishlarda inson omili ishtirok etmayabdi.

Raqamli texnologiyalar rivojlanishi aholining iste'mol madaniyatini hamda ularning to'lov qobiliyatini oshirish, ya'ni elektr va chiqindidan to'planib qoladigan qarzdorliklarga yo'l qo'ymaslikni taqozo etadi.

Shu munosabat bilan iste'molchilar diqqatiga:
1- noyabr sanasidan boshlab aholining elektr energiyasi hisobiga chiqindidan bo'lgan qarzdorlik ko'rsatkichi bog'lanadi. Ya'ni fuqaroning chiqindi uchun ham, elektr uchun ham ma'lumot almashish imkoni yaratiladi. Bundan kelib chiqib, 1- noyabr sanasidan e'tiboran iste'molchilar ham chiqindi uchun, ham elektr uchun to'lovlarni o'z vaqtida amalga oshirishlari muhimdir.

Agar chiqindidan bo'lgan qarzorlik aniqlansa, elektr energiyasi hisobida pul mablag'i yetarli ekaniga ishonch hosil qiling. Yoki oldindan to'lovni amalga oshiring. Mablag' tugab qolganidan keyin esa elektrga to'lov qilish aynan 1-5-noyabr kunlari cheklanishi mumkin. Chunki, chiqindidan bo'lgan qarzdorlik sababli tizim bir-biriga integratsiya qilingan va shu muddatlarda tizimda profilaktika ishlari amalga oshirilishi aytib o'tildi.

2025-yil 31-oktabr kuni soat 23:50 dan 5-noyabr soat 24:00 gacha “Toza Makon-billing” dasturiy kompleksida profilaktika ishlari olib boriladi. Shunday ekan, elektr uchun toʼlov qilish imkoniyati cheklanishi mumkin, ungacha toʼlov qilib oling!

https://t.me/Nurafshonpressa
E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Ko'chmas mulklarni sotib oling!

🔹Angren shaharida 7 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 7 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 19 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 8 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 9 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 13 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 3 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 16 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 23 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 11 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 11 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 26 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 19 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 20 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 11 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 12 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 37 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 21 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#birdamlik

MO‘YNOQ YOSHLARI TOSHKENT VILOYATIDA


So‘nggi yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini har tomonlama rivojlantirish, aholi turmush darajasini yuksaltirish, Orolbo‘yi mintaqasida ekologik muvozanatni tiklash yo‘lida Prezidentimiz rahbarligida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu jarayonda viloyatlarni tegishli hududlarga  biriktirish amaliyoti o‘zining samarali natijalarini bermoqda.

Xususan, Toshkent viloyati hokimligi tomonidan Mo‘ynoq tumanida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil olib borilmoqda. Hudud aholisi bilan muntazam muloqot o‘rnatilgan, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🟢Shu maqsadda, Mo‘ynoq tumaninig bir guruh faol yoshlari Toshkent viloyatida bo‘lib, viloyat yoshlari bilan o‘zaro tajriba almashdilar. Tashrif davomida yoshlar delegatsiyasi viloyatda faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning ilg‘or ish tajribalari bilan tanishdi.

Jumladan, O‘rta Chirchiq tumanining “Do‘stlik” mahallasida faoliyat yuritayotgan qo‘ziqorin yetishtirish korxonasi delegatsiya a’zolarida katta qiziqish uyg‘otdi. Natijada mazkur tajribani Mo‘ynoq tumanida joriy etish va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida kelishuvga erishildi.


Tashrif doirasida Nurafshon shahridagi “Vatanparvar” bog‘i hamda xotira muzeyiga sayohat uyushtirildi. Shuningdek, yoshlar Chirchiq shahridagi o‘quv markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Viloyatning tabiiy go‘zalliklari va turizm salohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida Bo‘stonliq tumaniga sayohat ham tashkil etildi.

Ushbu tashrif yoshlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, hududlararo tajriba almashuvini kuchaytirish va yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM