Nurafshon shahri hokimligi
3.11K subscribers
44.4K photos
4.1K videos
61 files
12.6K links
Download Telegram
📌 #Muloqot

Nurafshon shahrida tadbirkorlar bilan ochiq va samarali muloqot bo‘lib o‘tdi

Nurafshon shahrida tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq va amaliy muloqot uchrashuvi yuqori saviyada tashkil etildi. Unda shahar hokimligi mutasaddilari, tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari, bank vakillari hamda faol tadbirkorlar ishtirok etdi.

Tadbirni shahar hokimi I. Klichxanov ochib berib, bugungi kunda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, hududlarda yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirish eng ustuvor vazifalardan biri ekanini alohida ta’kidladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llangan Murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.

Ta’kidlanganidek, hududlarda qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, investitsiyalarni faol jalb etish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish bugungi islohotlarning muhim tarkibiy qismidir.

Shuningdek, shahar soliq inspeksiyasi rahbari, savdo-sanoat palatasi rahbari S.Tursunov hamda adliya bo‘limi boshlig‘i G.Rahmoqulov tomonidan tadbirkorlar uchun qonunchilikda belgilangan imkoniyat va imtiyozlar, soliq yengilliklari, davlat xizmatlari va huquqiy kafolatlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbirda viloyatdan biriktirilgan vakil sifatida Xalq banki vakili Feruza Mirsaidovna ishtirok etib, kredit olish tartibi, imtiyozli moliyalashtirish dasturlari hamda xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha tushuntirish berdi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan muammo va takliflar ochiq muloqot tarzida tinglanib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi hamda ijrosini ta’minlash bo‘yicha “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilishi belgilandi.


🔹 Mazkur muloqot davlat va biznes o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, tadbirkorlarning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda Nurafshon shahrining iqtisodiy salohiyatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Yurtboshimiz ta’kidlaganidek:
“Asosiy maqsadimiz – odamlarimizni doimiy daromadli qilishdan iborat. Bu yo‘lda tadbirkorlarimiz eng katta tayanchimiz va suyanchimizdir.”


Ana shu ezgu maqsad yo‘lida Nurafshon shahrida ham tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi loyihalarni amalga oshirish va aholi farovonligini oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.


✍️ Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
👍2🔥1👏1
Pensiya tayinlashda hisobga olinmagan ish stajlaringiz to‘g‘risida bilishni xohlaysizmi?

🖥 Unday bo‘lsa, Pensiya jamg‘armasi tashabbusi bilan my.gov.uz portalida yo‘lga qo‘yilgan yangi xizmat orqali bu to‘g‘risida ma’lumotnomani onlayn olishingiz mumkin.
Shuningdek, ushbu xizmat orqali siz:

🔵 pensiyangizning aniq miqdori;

🔵 umumiy ish stajingiz
qanchaligi;

🔵 aniqlangan o‘rtacha ish haqingiz va hisobga olingan miqdori;

🔵 pensiyangizning tayanch miqdori;

🔵 ortiqcha ish stajlaringiz uchun pensiyangizga qo‘shimcha to‘lov miqdori kabi ma’lumotlarni ham ko‘rishingiz mumkin.

⏱️ Navbat kutmaysiz — barchasi bir necha soniyada amalga oshadi!

🔗 Xizmatdan foydalanish uchun havola: https://my.gov.uz/uz/service/1354

❤️ Ushbu yangilikni pensioner yaqinlaringizga yuborib qo‘ying!
#onlayn_xizmat #pensiya_miqdori

✍️ Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
#o‘quvseminari

Mahallalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan onlayn seminar o‘tkazildi

2026-yil 18-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili doirasida, shuningdek “O‘zbekistonda 2030” strategiyasini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan onlayn o‘quv seminari tashkil etildi.


Mazkur seminar Nurafshon shahri Mahalla uyushmasi rahbari va barcha mahalla raislarining faol ishtirokida o‘tib, mahallalarning rivojlanishi va jamiyat farovonligini oshirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan muhim ma’lumotlar taqdim etildi.

Bu kabi tadbirlar mahalla boshqaruvidagi samaradorlikni oshirish, aholi bilan yaqindan ishlash hamda Prezident tashabbuslarini yanada keng jamoatchilikka yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Mahallalarimiz — ijtimoiy birdamlik, barqarorlik va taraqqiyotning poydevori. Har bir mahalla ahli o‘z farovonligini oshirish uchun birgalikda harakat qilishi lozim.”

✍️ Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
#hamkorlik

Zoyir Mirzayev Tatariston Respublikasi Raisi bilan uchrashdi

Rossiya Federatsiyasiga safar chog‘ida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar doirasida hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Rustam Minnixanov so‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan hamkorlik izchil va jadal sur’atlarda rivojlanayotgani, xususan, qo‘shma loyihalar soni ortib borayotgani, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalar mustahkamlanayotgani va o‘zaro tashriflar faollashganini alohida qayd etdi.


Bu borada, ayniqsa, Toshkent viloyati bilan amalga oshirilayotgan izchil hamkorlik samaralari har ikki tomon uchun manfaatli bo‘layotgani, Toshkent viloyati bilan amaliy aloqalarni yanada kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi.


Uchrashuv chog‘ida sanoat kooperatsiyasi, mashinasozlik, neft-kimyo, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish va logistika sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik, mutaxassislar tayyorlash va tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari ham muhokama qilindi.

Rustam Minnixanov Tataristonga  va uning iqtisodiy salohiyatiga e’tibor uchun minnatdorlik bildirib, birodar O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali sheriklikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini e’tirof etdi.


O‘z navbatida, Zoyir Mirzayev samimiy uchrashuv va do‘stona muloqot uchun mezbon tomonga minnatdorlik bildirib, o‘zaro ishonch va do‘stlikka asoslangan, real natijalar berayotgan  yangi tashabbus va loyihalarni hamisha qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi.


Tomonlar hamkorlikda hayotga tadbiq etilayotgan loyihalar yuzasidan ham fikr almashib, ularni yanada jadallashtirish bo‘yicha kelishib oldilar.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Muborak Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik

Поздравление народу Узбекистана с наступлением священного месяца Рамазан

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Ko'chma savdo joylarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 514 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 247 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 514 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 123 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 291 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 147 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 130 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 90 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 28 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 190 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 92 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 131 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 33 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 131 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 107 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 175 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 53 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 11 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
📌 “Adliya kuni” doirasida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

2026-yil 19-fevral kuni Nurafshon shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Obod” MFY hududida “Adliya kuni” tadbiri tashkil etildi.


Tadbir davomida aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida keng qamrovli huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi. Shuningdek, sayyor qabul tashkil etilib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

✔️ 4 nafar fuqaroga joyida huquqiy tushuntirish berildi;
✔️ 3 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Tadbir jarayonida ishtirokchilarga
O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–937-sonli qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-sonli qarori, “Mulk huquqlari kafolatlari” hamda boshqa yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati keng tushuntirib berildi.


Bundan tashqari, fuqarolarga oilaviy nizolarni oldini olish, ajrimlarning salbiy oqibatlari, oila mustahkamligini saqlash masalalari yuzasidan huquqiy va profilaktik tushuntirishlar berildi.

Tadbir aholining huquqiy madaniyatini oshirish va fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida ochiq muloqot tarzida tashkil etildi.


✍️ Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
2