Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
48.1K photos
4.68K videos
63 files
13.8K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Nurafshon
#bunyodkorlik
#obodlik

Toshkent viloyatining maʼmuriy markazi, Nurafshon shahri bugun ulkan qurilish maydoniga aylangan.

Manba: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
👍4🔥1👏1
#Nurafshon
#shahar_ozodaligi
#obodlik

Sariq nimcha kiygan shahar bekasi,
U ham xuddi bizdek ko‘ngil egasi.
Issiqdan ham qochmas, qorda berkinmas,
Ozodalik uchun hech joni tinmas,
Har kim ham tanlamas bunday hunarni,
Balki bizdan ko‘proq sevar shaharni...

✍️ Ikrom NARZULLO

Suratda: Nurafshon shahar 3-sektor hududida joylashgan "Taraqqiyot" va "Yuksalish" MFY larda shahar ozodaligi ishlarida mehnat qilayotgan obodonlashtirish xodimlari.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
👍5🏆2🔥1👏1
#obodlik
#kun_tartibi

📌 Obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi

🔹 Bugun 3-sektor rahbari podpolkovnik M.Sottiyev va shahar hokimi o'rinbosari F.Shomurodov  mutasaddi rahbarlar bilan birgalikda shahardagi amalga oshirilayotgan qurilish ishlari va ko'p qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirildi.

🔹 Shuningdek, mahalla ahli bilan suhbatlashib, ularning muammolari va takliflarini eshitdilar.

Kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati.

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

https://t.me/Nurafshonpressa
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Obodlik

Ayni kunlarda dolzarb boʻlgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish ishlari Toshkent viloyatida Milliy gvardiya nazorati ostida qizgʻin davom ettirilib, aholi bilan uchrashuvlar davomida ularning turmush tarzi bilan bogʻliq murojaatlari ham tinglanib, yaqindan yordam berish choralari koʻrilmoqda.

Bu kabi murojaatlarning ijrosini Nurafshon shahri "Taraqqiyot" mahallasida qurib bitkazilgan va foydalanish uchun topshirilgan zamonaviy koʻrinishdagi "Yoshlar maydonchasi" misolida koʻrish mumkin.

Batafsil "Oʻzbekiston 24" telekanali lavhasida

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#jarayon
#obodlik

Shahar Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi xodimlari tomonidan Nurafshon shahrining markaziy ko‘chasi (Toshkent yo‘li)da obonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Obodlik

Tozalik va ozodalik oyligi davom etmoqda

Nurafshon shahar Obodlashtirish boshqarmasi xodimlari tozalik va obodonlashtirish ishlarini keng miqyosda olib borishmoqda.

Shahar bo'ylab bo‘ylab tashkil etilgan obodonlashtirish tadbirlarida "mahalla yettiliklari", Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari, turli tashkilot va korxonalar jamoalari hamda shahrimizning barcha fuqarolari faol ishtirok etmoqda.

Bugun erta tongdanoq mas'ullar ana shunday xayrli ishlar bilan mashg'ul. Bu orqali ariq va zovurlar tozalanyapti, ko‘chalar supurilib, chiqindilar maxsus joylarga olib chiqilmoqda.


Mazkur ishlar yon-atrofimizni yanada toza, obod va fayzli bo'lishiga xizmat qiladi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2👍1👎1
#obodlik

Tozalik - obod hayot mezoni

"Ma'rifat" MFY hududida obodonlashtirish ishlari avjida. Mazkur jarayonda Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari faol ishtirok etmoqda.

Mahalla ahli va mutasaddi tashkilotlar birgalikda hududda tozalik va obodlikni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratmoqda. Daraxt va gullar ekilib, yo‘laklar tozalanmoqda, yashil hududlar kengaytirilmoqda. Ushbu ezgu ishlar natijasida mahalla ahli uchun yanada qulay va fayzli muhit yaratilmoqda.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#obodlik
#tabarruk_manzillar

Xabar qilganimizdek, bugun — Qurbon hayiti arafasida navqiron shahrimiz Nurafshonning yana bir qadimiy maskani — "Mushuk ota" ziyoratgohi qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3


Avval xabar berganimizdek, Nurafshon shahrida "Obodlik ostonadan boshlanadi!" shiori ostida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.

Bugungi kunda shahar ko‘chalarida manzarali daraxt va gullarni parvarishlash, yashil hududlarni sug‘orish, yo‘l chetidagi bordyurlarni bo‘yash, binolar fasadlarini tartibga keltirish hamda infratuzilma obyektlarini ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, obodonlashtirish xizmati xodimlari tomonidan hududlarni yanada ozoda va ko‘rkam holatga keltirish maqsadida ko‘chat ekish, gulzorlarni soyabonlar bilan himoyalash hamda yashil maydonlarni muntazam parvarishlash ishlari amalga oshirilmoqda.


Mazkur ishlar Mustaqilligimizning 35 yilligini munosib kutib olish, shahrimizning zamonaviy qiyofasini yanada yaxshilash hamda aholi uchun qulay va fayzli muhit yaratishga xizmat qilmoqda.

Birgalikdagi sa'y-harakatlar tufayli shahrimiz kundan-kunga yanada ko‘rkam va yashash uchun qulay maskanga aylanib bormoqda.

#Hashar
#Mustaqillik_35_yil
#Obodlik_ostonadan_boshlanadi

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2👎2


Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Toshkent viloyati bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida Nurafshon shahrida ham keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Xususan, Nurafshon mahallasidagi Nurafshon–Ohangaron markaziy chorrahasi atrofi zamonaviy qiyofa kasb etmoqda.

Hududda yirik LED monitor o‘rnatilmoqda, manzarali daraxt va buta ko‘chatlari, rang-barang gullar ekilmoqda. Shuningdek, yashil hududlarni samarali parvarishlash maqsadida suvni tejovchi zamonaviy sug‘orish tizimlari barpo etilmoqda.

Mazkur bunyodkorlik ishlari shahar infratuzilmasini yanada obod va ko‘rkam etish, ekologik muhitni yaxshilash hamda aholi va mehmonlar uchun qulay, zamonaviy sharoit yaratishga xizmat qilmoqda.

#Mustaqillik_35_yil
#Obodlik_ostonadan_boshlanadi

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1


Nurafshon shahri hududidan oqib o‘tuvchi ariq va zovurlarda tozalash hamda obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar doirasida suv oqimiga to‘sqinlik qilayotgan turli maishiy chiqindilar, loyqa va begona o‘simliklar tozalanmoqda.

Shu bilan birga, ariq va zovurlarning chet qismlarida beton qoplama yotqizilib, ularning mustahkamligi va uzoq muddat xizmat qilishi ta’minlanmoqda. Mazkur ishlar suvning erkin oqishini ta’minlash, sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash, hududning obod va ozoda qiyofasini saqlash hamda mavsumiy yog‘ingarchiliklar davrida suv toshqinlarining oldini olishga xizmat qiladi.


Obodonlashtirish ishlari belgilangan reja asosida shahar hududining turli manzillarida bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.

#Mustaqillik_35_yil
#Obodlik_ostonadan_boshlanadi

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Obodlik_oyligi

Viloyatimiz bo‘ylab “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Xususan, barcha mahallalarda aholi, mahalla faollari va jamoatchilik vakillari tomonidan uyushqoqlik bilan hasharlar tashkil etilib, hududlarni tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ezgu tashabbuslar doirasida ko‘chalar, mahalla hududlari va umumiy foydalanishdagi maskanlar tartibga keltirilib, atrof-muhit yanada obod va ko‘rkam qiyofa kasb etmoqda.

Jarayonlar Nurafshon shahri misolida.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1